I) sportchining startdan oldingi qaltirash, jonsizlik holati;
2) sportchining startga yuqori tayyorgarlik va jangovarlik holati; 3)
sportchining ruhan tushkunlik holati.
S h u lardan startga jan g o v ar
tayyorgarlik va startdagi ta ’sirchanlik holati sporchi uchun g'alabani
ta ’m inlaydigan muhim holatlardir. Bulardan tashqari, ko'p yillik amaliy
faoliyatim iz natijalari g'alabaga erishishning yana bir m uhim omili
jamoadagi h ar bir o'yinchining maqsadi kam andaning um um iy maqsadi
bilan uzviy bog'liqlikda, yagonalikda ekanligini ko'rsatadi. Ayrim hollarda
jam oa sportchilari o'rtasida o 'zaro ijobiy m unosabatlam ing buzilishi
oqibatida paydo bo'ladigan noxushliklar jam oada turli salbiy holatlarni
vujudga keltiradi: ularda bir-biriga ishonchsizlik, bir-birining o'yinidan
qoniqm aslik, adolatsizlik, tartibsizlik kabi salbiy m unosabatlar paydo
b o 'la d i. N a tija d a kam anda o 'y in c h ila ri k e tm a -k e t m a g 'lu b iy atg a
uchrayveradi, o'yinning sifati pasayadi, o'yinchilar boshqa jam oalarga
www.ziyouz.com kutubxonasi
o'tib ketishga majbur bo'ladilar. Agar sport jamoalarida psixolog lavozimi
joriy etilib, uning faoliyati yo'lga qo'yilgan b o 'lsa, bunday salbiy
holatlarning oldi olingan yoki bunday noxushliklarga barham berilgan
b o 'lar edi.
Biz mazkur o'quv qo'llanm ada irodasi bo'sh, xarakteri zaif sportchilar
bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning alohida uslubiy jihatlarini
ilmiy nuqtayi nazardan asoslab berishga harakat qildik. Murabbiylarga
bunday sportchilar bilan ishlashda «o'zini-o'zi boshqarish», «autogencha
mashq qilish», «meditatsiya» uslublaridan foydalanish to'g'risida tavsiyalar
berdik. Jum ladan, hozirgi sportda rekordlarning muttasil yangilanib va
o'zgarib turishi sababli sportchilardan yuqori (maksimal) kuchlanish bilan
mashq qilishni talab qilish, sportchida bajaradigan har bir harakatni to'g'ri
idrok qilish malakalarini rivojlantirish (masalan, baland tog'larda mashq
qilishga moslashish to 'g'risid a fiziolog va psixolog olim larning ilmiy
tajribalari ham da am aliy izlanishlari natijalariga asoslangan nazariy
xulosalarga amal qilish yoki 800 metrga yuguruvchilarga masofani to 'g 'ri
idrok etish baro b arid a m usobaqada kuchli hayajon va vahim aga
berilmaslik) uchun maxsus mashqlarni bajarish yuzasidan tegishli uslubiy
ko'rsatm alar berdik.
Xullas, m azkur o'quv qo'llan m ad a jism oniy m adaniyat va sport
mutaxassislari tayyorlash, sohaga oid ko'plab m uam m oli masala va
vaziyatlarni to 'g 'ri hal etish; sp o rtch ilard a m a ’naviy hissiyotlarni
shakllantirishda alohida ahamiyatga ega bo'lgan muammolar ilmiy-uslubiy
va m etodik nuqtayi nazardan yoritib berildi. Shuningdek, qo'llanm ada
sport psixologiyasining ko'pgina tushunchalari mahalliy shart-sharoit va
hozirgi kunning xususiyatlari hisobga olinib, anchagina batafsil izohlandi.
Mualliflarning ko'p yillik pedagogik hamda sport m usobaqalarining
doimiy ishtirokchisi va murabbiysi sifatida orttirgan tajribalariga tayanilgan
holda respublikamiz va chet ellarda chop etilgan ilmiy, o'quv-m etodik
manbalarni o'rganish asosida tayyorlangan mazkur o'quv adabiyoti «Sport
psixologiyasi» fa n id a n o 'z b e k tilid a y a ra tilg a n d a stla b k i o 'q u v
qo'llanm alardan biri bo'lgani uchun ayrim tushunchalar etarli darajada
talqin qilinmagan bo'lishi m umkin. Shu bois mualliflar m azkur o'quv
qo'llanm aning m azmuni bo'yicha bildirilgan xolisona istak, taklif, fikr-
m ulohaza va m aslahatlarni samimiy qabul qiladilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |