O‘zbekiston Respublikasidagi barcha fuqarolar bir xil huquq
va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib
chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar qonun
oldida tengdirlar. Ushbu qoidaga asoslangan holda fuqarolik huquqida
fuqarolar huquq layoqatida teng hisoblanadilar. Ya’ni, barcha
fuqarolarga bir xildagi huquq va burchlar belgilanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquq layoqatining mazmuni
Konstitutsiyaning «Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari
va burchlari» nomli ikkinchi bo‘limidagi qator moddalarda keng
ta’riflangan va mustahkamlangan. Ularda fuqarolarning mol-mulkka
ega bo‘lishi, meros olishi, meros qoldirishi, kasb va turar-joy tanlash,
fan, adabiyot, san’at asarlari yaratish, tadbirkorlik faoliyati bilan va
umuman qonunda taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shu-
g‘ullanish, shuningdek, boshqa keng mulkiy va shaxsiy nomulkiy hu-
quqlarga ega boMishlari mumkinligi aytilgan va asosiy qonun darajasida
mustahkamlangan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning fuqarolik huquq layoqati
mazmuni FKning 18-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan.
Unga asosan fuqarolar:
— mulk huquqi asosida mol-mulkka ega bo‘lishlari;
— mulkni meros qilib olishlari va vasiyat qilib qoldirishlari;
— bankda jamg‘armalarga ega bo‘lishlari;
— tadbirkorlik, dehqon (fermer) xo‘jaligi bilan hamda qonunda
taqiqlab qo‘yilmagan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishlari;
— yollanma mehnatdan foydalanishlari, o‘zlari mustaqil ravishda
yoki boshqa fuqarolar va yuridik shaxslar bilan birgalikda yuridik
shaxslar tashkil etishlari;
— qonunga zid bo‘lmagan har qanday bitimlar tuzishlari va majbu-
riyatlarda qatnashishlari;
— boshqa shaxslar tomonidan yetkazilgan zaraming to ‘lanishini
talab qilishlari;
— mahsulot turini va yashash joyini tanlashlari;
— fan, adabiyot va san’at asarlarining, ixtirolarning, qonun bilan
qo‘riqlanadigan boshqa intellektual faoliyat natijalarining muallifi hu-
quqiga ega blishlari;
— shuningdek, boshqa mulkiy va shaxsiy huquqlarga ega bo‘lishlari
mumkin.
Qonunda belgilangan hollar va tartibdan tashqari, hech kimning
huquq va muomala layoqati cheklanishi mumkin emas.
Fuqaroning huquq va muomala layoqatidan to ‘la yoki qisman
voz kechishi haqidagi, shuningdek, o ‘z huquq va muomala layoqa-
tini cheklashga qaratilgan bitim lar o ‘z-o ‘zidan haqiqiy emas, deb
hisoblanadi (qonun yo‘l qo‘ygan hollardan tashqari) (FKning 23-mod-
dasi).
0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 43-moddasi ayrim
fuqarolik huquqlaridan, jumladan: xizmat bo‘yicha cheklash, mol-
mulkni musodara qilish, muayyan huquqdan mahrum qilishni ko‘zda
tutadi. Jinoyat qonunida huquqdan mahrum qilish vaqtincha chora
sifatida ko‘zda tutiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 45-moddasida ko‘rsa-
tilganidek, muayyan huquqdan mahrum qilish bir yildan besh yilgacha
muddatga tayinlanishi mumkin.
Bu muddat tgach fuqaro yana o ‘zi mahrum qilingan o ‘sha
huquqni qonuniy asoslarda qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |