1
) mulkdorning o‘z erki-irodasi bo‘yicha mulk huquqini bekor
boiishi (masalan, mol-mulkni sotish, hadya qilish va sh.k.);
2
) mol-mulkni tugatish va hisobdan chiqarish (yo‘q qilib tashlash)
yoki nobud boiishi natijasida mulk huquqining bekor boiishi (FKning
198-moddasi);
3) mulkdorning erki, irodasidan tashqari mol-mulkning olib
qo‘yilishi orqali mulk huquqining bekor boiishi. Mol-mulkni mulk-
dordan olib qo‘yishga qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda
mulkdoming majburiyatlari bo‘yicha undiruv ana shu mol-mulkka
qaratilgan taqdirda, shuningdek, natsionalizatsiya qilish, rekvizisiya
va musodara qilish tartibida yoi qo‘yiladi (FKning 199-moddasi).
Agar qonunga asosan shaxsga tegishli boia olmaydigan mol-mulk
uning mulki boiib qolsa, ushbu mol-mulkka nisbatan mulk huquqi
sud tartibida bekor qilinib, olib qo‘yilgan mol-mulkning qiymati
shaxsga toianadi (FKning 199-moddasi, 2-bandi).
Ashyolarga nisbatan egalik huquqi ba’zi hollarda mulk egasining
erkidan tashqari ham bekor boiishi mumkin. Masalan, ashyolar tabiiy
ofatlar, yongin, suv toshqini, zilzila natijasida tasodifan nobud boii-
shida mulk huquqi mulk egasining erkiga bogiiq boimagan holda
www.ziyouz.com kutubxonasi
bekor bo'ladi. Ba’zi hollarda, jumladan, qarzni qoplash uchun ijro
varaqasi byicha haq undirilishida yoki mol-mulkning musodara
qilinishida egalik huquqi mulk egasining erkiga bog‘liq bo‘lmagan
holda bekor boiishi mumkin.
4-§. Mulk huquqining asosiy tamoyillari
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (36, 53, 54-moddalar),
fuqarolik kodeksi (164, 165, 172, 228, 231-moddalari) va boshqa
qonunlarda mulk huquqining quyidagi asosiy tamoyillari o‘z ifodasini
topgan:
1
. 0 ‘zbekiston Respublikasida mulk daxlsiz, mukldorning mulkiy
huquqi qonun bilan kafolatlanadi va mulkdor bu huquqlardan faqat
qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mahrum etilishi
mumkin;
2. Iqtisodiyot samarali amal qilishiga va xalq farovonligining o‘sishiga
yordam beradigan har qanday shakldagi mulkchilik boiishiga ruxsat
beriladi.
3. Mulkchilikning hamma shakllari himoya qilinishi qonun bilan
kafolatlanadi va ularning teng rivojlanishiga sharoit yaratib beriladi.
4. Mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid boimagan har
qanday xatti-harakatlarni o‘z xohishiga ko‘ra sodir etishga haqli.
5. Mulkiy huquqning amalga oshirilishi atrof-muhitga zarar yetkaz-
masligi, fuqarolar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va davlat
huquqlarini buzmasligi hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaat-
larga putur yetkazmasligi shart.
6
. Har kim mulkdor boiishga haqli.
5-§. Mulk shakllari
Iqtisodiy ma’nodagi mulk shakllari deyilganda moddiy ne’matlarni
o‘zlashtirish usullarining yigindisi tushuniladi. Bunday usullar yakka
tartibda yoki jamoat boiib yoxud davlat tomonidan amalga oshirilishi
mumkin. Yuridik ma’nodagi mulk shakli-moddiy ne’matlarni muayyan
subyektlarga tegishli boiishini (biriktirib qo‘yishni) mustahkamlovchi
va tegishli mulkning huquqi rejimini belgilovchi huquqiy me’yorlar
yigindisidan iborat.
0 ‘zbekiston Respublikasi FKning 167-moddasiga asosan 0 ‘zbekis-
ton Respublikasida mulkchilikning quyidagi shakllari mavjud:
www.ziyouz.com kutubxonasi
1
. Xususiy mulk;
2. Ommaviy mulk.
Davlat mulk shakllarini rivojlantirish uchun zarur huquqlarning
tengligini ta’minlaydi va uning himoya qilinishini kafolatlaydi Mulk
shakllarini bunday turkumlashtirish uchun mulk subyekti maqomi va
mol-mulk rejimining uzviy birligi asosiy mezon hisoblanadi. 0 ‘z
navbatida, xususiy mulk shakli quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi:
a) yakka shaxsga tegishli mulk (fuqarolar mulki);
b) nodavlat yuridik shaxslar mulki;
Ommaviy mulk tarkibiga quyidagilar kiradi:
a) 0 ‘zbekiston Respublikasi mulki;
b) ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulki (munisipal mulk).
5-§. Ashyoviy huquq tushunchasi va turlari
Ashyoviy munosabatlarni tartibga solish FKning 2-bo‘limida batafsil
ifodalangan bo‘lib uning nomi «Mulk huquqi va boshqa ashyoviy
huquqlar» deb nomlanadi hamda 7 bob (13-19-boblar) va 70 modda
(164-233-moddalar) ni tashkil etadi. Fikrimizcha, bu me’yorlar obyektiv
ashyoviy huquq sifatida ko‘rilishi kerak.
Ushbu institutda markaziy o ‘rinni mulk huquqi egallaydi. Chunki
boshqa ashyoviy huquqlar ushbu «kuchli» huquq (mulk huquqi)dan
kelib chiqqan hisoblanadi. Bir qator sabablarga ko‘ra, mulk huquqiga
tegishli belgilarni boshqa ashyoviy huquqlarga har doim ham qoMlab
boMmaydi. Shuning uchun ham qonun chiqaruvchi FKning bu boMimini
«ashyoviy huquqlar» deb nomlashdan voz kechadi. Zero, kodeks loyi-
hasini tayyorlovchilar turli yo‘nalishli mulk huquqi va boshqa ashyo-
viy huquqlarning umumiy belgilarini ajratib bera olmadilar. Ushbu
boMimni «mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar» deb nomla-
nishidan kelib chiqib, «shaxs» ashyoga nisbatan mutloq hukmronlikni
rasmiylashtiruvchi mulk huquqining o‘zi asosiy va toMiq ashyoviy
huquqni tashkil etadi. Shuning uchun ham qonun chiqaruvchi nuqtayi
nazaridan ashyoviy huquq obyektiv ma’noda fuqarolik huquqining
instituti sifatida o‘z ifodasini topmagan.
Rim huquqi ildizlariga ega kontinental huquq tizimi tamoyillariga
muvofiq, ashyoga nisbatan faqatgina bitta huquq «mulk huquqi» mav-
jud, boshqa huquqlar esa, to‘liq huquqlar hisoblanmaydi, bular
«boshqa ashyoviy huquqlar»dir. Ashyoviy huquqlarning qonunchilik
modeli quyidagi unsurlardan tashkil topadi:
www.ziyouz.com kutubxonasi
birinchidan, mulk tegishliligining bu shakli (mulk huquqi va boshqa
ashyoviy huquqlar) va ulaming tizimi (ashyoviy huquqlar turlari va
ashyoviy huquqlar tasnifi (turlarga bo‘linishi);
ikkinchidan, ashyoviy huquq subyektining obyektga bevosita ta’siri
bo‘yicha huquqdorligining mazmuni;
uchinchidan, ashyoviy huquq obyektlarining huquqiy tartibi;
to‘rtinchidan, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning
vujudga kelish va bekor bo‘lish asoslari hamda usullari;
beshinchidan, ashyoviy huquqlarni himoya qilish fuqarolik-huquqiy
usullari va ularning kafolatlari.
Ushbu unsurlarga taalluqli FK normalari boblar bo‘yicha quyidagi
tuzilishni hosil qiladi: umumiy qoidalar, xo‘jalik yuritish va operativ
boshqarish huquqi, mulk huquqining vujudga kelishi va bekor bo‘lishi,
xususiy mulk, ommaviy mulk, umumiy mulk, mulk huquqi va boshqa
ashyoviy huquqlami himoya qilish. Ushbu me’yorlarning katta qismi
mulk huquqiga bag‘ishlanganligini anglash qiyin emas. Ashyoviy huquq
institutining umumiy qurilishi va ashyoviy huquqiy munosabatlarini
tartibga soluvchi normalaming tahlili mamlakatimizda ashyoviy huquq-
lar to‘g‘risidagi qonun normalariga nisbatan bir qator salbiy xulosalarni
chiqarishga imkon beradi.
Birinchidan, FKning 2-bo‘limi ma’muriy qoidalar ta ’sirini
kamaytira olmagan. Buning natijasida ashyoviy huquqlar ommaviy
huquq ta’sirdan yetarli darajada himoyalanmagan. Bu holat «xalq
xo‘jaligini sovet davrida boshqamvi»dan kelib chiqqan xo‘jalik yuritish
va operativ boshqarav huquqida o‘z ifodasini topadi. Shuningdek,
ommaviy va xususiy mulk bo‘yicha subyektga nisbatan turli huquqiy
tartibda mustahkamlangan normalarda davlatning ommaviy mulk
subyekti sifatida maxsus imtiyozga ega bo‘lishini ta’minlaydi.
Ikkinchidan, mazkur bobning 12-moddasidan faqatgina 1 tasi,
165-modda haqiqatan ham umumiy me’yorlarni ifodalaydi. Bu o‘rinda
ashyoviy huquqlar to‘g‘risidagi umumiy qoidalarga yaqqol misol
Yaponiya Grajdanlik kodeksi bo‘lib, undagi ashyoviy huquqlar haqidagi
umumiy qoidalar bobi haqiqatan ham barcha ashyoviy huquqlar uchun
xos bo‘lgan umumiy qoidalarni mustahkamlaydi.
Uchinchidan, FKning 165-moddasidagi ashyoviy huquqlar turlari
boshqa qonunlarga havola etilgan namunaviy turlardir. Hali ashyoviy
huquqlarning qat’iy belgilari o‘rnatilmagan. Faqatgina qonunda
ulaming yopiq ro‘yxati berilgan ekan, balki ularga qandaydir o‘zgartirish
kiritish kerakdir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ashyoviy huquqlarning mavjud ro‘yxati ashyoviy huquqlarning
kontinental huquq oilasiga mansubligini xarakterlaydi, garchi turli
milliy huquq tizimlarida bir xil bo‘lmasa-da.
To‘rtinchidan, ashyoviy huquq normalari juda noqulay joylashgan.
Ya’ni, ashyoviy huquqlar tizimida servitutlar umumiy qoidalarda
ifodalangan bo‘lsa, xo‘jalik yuritish va operativ boshqarish huquqi
mulk huquqiga bo‘lgan bobda, garov majburiyat huquqi bobida uy-
joy va tabiiy resurslarga nisbatan ashyoviy huquqlar esa, FKdan
tashqarida (o‘zga qonunlarga havola qilish orqali) ifodalanganki, bu
holat ashyoviy huquqlar qurilishini buzadi.
Beshinchidan, FKda ashyoviy huquqlar subyekt (fuqarolar, unitar
korxonalar)ni yoki obyekt (yer uchastkasi, uy-joy) ni ko‘rsatish orqali
ifodalanadiki, bu xalqaro yuridik esperanto (tilshunoslik) ni tashkil
etuvchi sivilistikaning an’anaviy atama (uzus, uzufrukt, emfitevzis,
xabitasio, superfisiy)larga xos bo‘lmagan jumlalar orqali bayon etilishiga
sabab bo‘ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ashyoviy huquqlar deganda ashyoviy
huquqlar tizimini, ular subyektlarining vakolatlari mazmunini va
obyektlaming huquqiy tartibi (rejimi)ni ularning vujudga kelish va
bekor bo‘lish asoslarini, shuningdek, ashyoviy huquqlami himoya qilish
usullari va kafolatlarini mustahkamlovchi normalar yig‘indisi tushu-
niladi.
Subyektiv ma’nodagi ashyoviy huquqlar. Odatda, mulk ikki xildagi
munosabat orqali ifodalanadi.
Birinchidan, vakolatli shaxs bilan obyekt o‘rtasidagi bogMiqlik;
ikkinchidan, vakolatli shaxs hamda o‘zga shaxs o‘rtasidagi bogMiqlik.
Tovar muomalasida bu bogMiqlik shaxsning obyektga bevosita huquqi
ma’nosida tushuniladi; yoxud bevosita huquqiy bogManishda boMgan
shaxsga nisbatan talab qilish huquqidir.
Agar birinchi holatda shaxsning huquqi obyektga bogMiq holda
amalga oshirilsa, ikkinchi holatda, shaxsning o‘ziga bogMiq boMgan
obyektga nisbatan shaxsiy majburiyati asosida amalga oshiriladigan
harakatlari natijasida mavjud boMadi. Bunday boMinishning huquqiy
oqibati shunda ko‘rinadiki, birinchi vaziyatda subyektning huquqi
barchaga va har kimga qarshi qaratilgan va barcha hamda har kim
uchun ahamiyatli (erga omnes); huquq predmeti obyektning o‘zida
ifodalanar ekan, da’vo orqali himoya birinchi navbatda obyektga
nisbatan huquqni tiklashga qaratiladi. Ikkinchi vaziyatda esa, huquq
faqatgina bajarilishi huquq predmetini tashkil etadigan harakatni
www.ziyouz.com kutubxonasi
amalga oshirish majburiyatini bergan muayyan subyektga qaratiladi.
Shuning uchun ham bu erda da’vo orqali himoya qilish qarzdorda
bo‘Iadi hamda agar majburiyat ijro etilmaganda so‘z zarami undirish
to‘g‘risida boMadi.
Huquqiy munosabatlarning ikki turini ifodalovchi Birling Konven-
siyasining bunday uyg‘unlashuvi birinchi holatda huquq predmeti
sifatida obyektning o‘zida ifodalansa, ikkinchi holatda esa, majburiyat
obyektga qaratilgan bo‘ladiki, bu huquqni mutlaq va nisbiyga ajratish
imkonini beradi.
Ashyoviy huquqiy munosabatlar, odatda, obyektiv munosabatlar
sifatida xarakterlanadi, ya’ni: barcha uchinchi shaxslar mutloq huquqni
buzishdan tiyilishlari lozim. Ushbu qoida asosida ko‘pchilik sivilistlar
mutloq huquqning belgilaridan kelib chiqib, ashyoviy huquq tushun-
chasini berishga harakat qiladilar.
Bunda shu holatni hisobga olish lozimki, birinchidan, huquqiy
munosabatni mutloq va nisbiy turlarga bo‘linishga shartli xarakterga
egaligi munosabati bilan amaliyotda har doim ham qo‘llab-quwat-
lanmaydi. Zero, nisbiy huquqiy munosabatlarda vakolatli shaxsning
huquqlarni buzishdan tiyilish majburiyati nafaqat u bilan shaxsiy
munosabatlar asosida bogMangan muayyan kontragent zimmasida balki,
har qanday uchinchi shaxs zimmasida ham bo‘ladi. Ikkinchidan,
ashyoviy huquqlarga nisbatan mutloq huquqlar kengroq mezon hisobla-
nadi. Shu bilan birga hamma ashyoviy huquqlar ham mutloqlik kasb
etmaydi (masalan, zakalat).
An’anaviy fuqarolik qonunchiligi subyektiv ashyoviy huquq (mulk
huquqi bundan mustasno) tushunchasini ifodalamaydi va shuningdek,
sivilistikaning an’anaviy markaziy atamalaridan biri sifatida ashyoviy
huquqlar doimiy ravishda o‘rganiladigan predmet bo‘lib kelgan. Ya’ni,
fuqarolik qonunchiligi an’anaviy ravishda subyektiv ashyoviy huquqning
desinsiyesidan qochadi va uning bahsli belgilarini ko‘rsatish bilan
chegaralanadi: huquqning davomiyligi va ashyoviy huquqiy himoya
(FKning 165-moddasi 2 va 3-qismlari).
Qonunchilikdagi bunday qat’iyatsizlikning samarasi o‘laroq sivilisti-
kada ashyoviy huquqning subyektiv huquq sifatidagi tushunchasini
aniqlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu maqsadga erishish uchun
sivilistlar mutloq huquqni ajratish xarakterli jihatlaridan foydalanishsa,
boshqalari ashyoviy huquqlarning belgilarini umumlashtirishdan
foydalanishadi. Har qanday holatda u yoki bu jihatni barcha tomonidan
o‘rganayotgan qoidalarning shartliligi ta’kidlanadi. Zero, bitta mulk
www.ziyouz.com kutubxonasi
huquqi tushunchasi bilan unga o‘xshash boshqa huquqlami kiritmasdan,
undan kelib chiqqan cheklangan ashyoviy huquqlar (masalan, zakalat)ni
qamrab olish juda mushkul. Ashyoga nisbatan «xo‘jalik hokimiyati»
yoki unga «bevosita ta’sir» kabi umumlashtiruvchi atama qonuniy
mustahkamlanmagan va o‘z-o‘zidan hech qanday oqibat tug‘dirmaydi.
Ashyoga nisbatan hokimiyatning «nisbiyligi» mutloq huquqlarda
juda ham shartli va suniy qurilma (konstruksiya) sifatida ancha oldin
shubhali fikr deb hisoblangan.
Subyektiv ashyoviy huquqlarning yuqorida ko‘rsatilgan ikki tomoni
(ashyoga ko‘rsatiladigan ta’sirning bevositaligi va uchinchi shaxslarning
bunday harakatlami amalga oshira olmasliklari) ashyoviy huquqlar
xarakteristikasi uchun yetarli emas. Ashyoviy huquq va majburiyat
huquqining cheklanganligi, ularning o‘zganing mulkiga nisbatan amalga
oshirilishida umumlashadi. Shu munosabat bilan FKning 165-modda-
sida ko‘rsatilgan belgilar yetarli bo‘lmaydi. Shu bilan birga bunday
taqsimlanish kontinental huquqda shunisi bilan ahamiyatliki, bunday
taqsimlanish fuqarolik huquqining tegishli institutlarini ajratilishi
munosabati bilan aniqlash imkonini vujudga keltiradi. Xususan, FKning
2
-moddasi 1-qismi fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan
munosabatlami ko‘rsata turib, ashyoviy huquqlar va majburiyat huquq-
larini bir-biridan ajratadi va qarama-qarshi qo‘yadiki, FKning 2 va 3-
bo‘limlari shu asosda nomlanadi. Shu sababli Yu.K. Tolstoy ashyoviy huquq
tushunchasini yoritishda asosiy e’tiborni huquqdor shaxsning majbu-
riyatlami qondirishda ushbu shaxsning aktiv (faol) harakatlari va boshqa
shaxslarning ushbu harakatlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilmaslik
qabilidagi passiv majburiyatiga qaratadi. Shunday qilib, subyektiv
ma’nodagi ashyoviy huquq deganda, vakolatli (huquqdor) shaxsning
manfaatlarini uning xo‘jalik hokimiyati ostida bo‘lgan o‘z ashyosiga
bevosita ta’sir etish yoii bilan va boshqa shaxslarning bunday ta’sir
etishini cheklash asosida qondirish tushuniladi. Agar subyektning
obyektga munosabatini anglatuvchi bevosita ta’sir ashyoviy munosa-
batlaming moddiy tomonini ko‘rsatsa, mol-mulkning xo‘jalik muo-
malasidagi o‘rnini belgilovchi, boshqa shaxslarning bunday ta’sirdan
mahrum etilganligi shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarning ijtimoiy
tizimini ko‘rsatadi.
Ashyoviy huquqlami ajratish maqsadida sivilistikada ulaming quyi-
dagi belgilari sanab o‘tiladi:
Individual belgilangan (xususiy alomatli) ashyoga bevosita yo‘nal-
tirilganlik; qat’iy belgilangan yuridik mazmun va vujudga kelish usullari,
www.ziyouz.com kutubxonasi
muddatsizlik xarakteri, davomiylik huquqi, ashyoviy-huquqiy talablami
imtiyozli qondirish, raqobatda ustunlikka ega boMish huquqi,
himoyaning ashyoviy huquqiy usullari, shuningdek, ularning mutloq
huquq sifatidagi boshqa ziga xos belgilari1. Hozirgi zamon tadqiqot-
chilari tomonidan ashyoviy huquqlarni ushbu «o‘ziga xos» belgilarini
doimiy tahlil qilish natijasida, ularning har biri shartlilik kasb etishi
aniqlangan. Ya’ni, milliy qonunchilikda yuqorida sanab ko‘rsatilgan
ashyoviy belgilar mavjud bo‘lmagan holda ashyoviy huquqqa ega
shaxslar, hamda majburiyat belgilari zimmasida bo‘lmagan lekin
majburiyat huquqiga ega shaxslarning huquqiy holati ifodalangan.
Bu holatlar adabiyotlarda majburiyat huquqi va ashyoviy-huquqiy
unsurlarning o‘zaro kirishish an’analari sifatida va aralash ashyoviy —
majburiyat huquqining vujudga kelishi sifatida qayd etiladi.
Shu bilan birga bunday ilmiy-tadqiqot kuzatishlari ashyoviy huquqiy
va majburiyat huquqiy institutlar chegarasini buzmasligi kerak. Agar
qonun bunga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa-da.
Bunda gap milliy qonunchilikning u yoki bu subyektiv huquqqa
barchaga qarshi turish xususiyati (mulk bilan ketma-ket turuvchi
imtiyozli ashyoviy huquq)ni beradimi yoki yo‘qmi hamda bunday
huquqning huquqiy-ashyoviy tabiatini tan olishning yuridik oqibati
nimada ekanligidadir. Zero, ashyoviy huquqlarning bahssiz belgilari
mavjud bo‘lsa-da, inchunin ashyoviy huquqlarning mutloq himoyasi
to‘g‘risidagi me’yorlarni qo‘llashda yagona asos kontinental huquq
tizimi uchun xos boigan ularning qonun bilan qat’iy belgilangan
(yopiq) ro‘yxatidir.
Shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi FK 165-moddasi ashyoviy
huquqlarning taxminiy ryxatini mustahkamlaydi hamda shu asosda
«mulk huquqi bilan bir qatorda, xususan quyidagilar ashyoviy huquqlar
hisoblanadi iborasining belgilanishi bu normaning yopiq qonun
emasligini ko‘rsatadi. Ashyoviy huquqlar qat’iy ro‘yxatining mavjud
emasligi amaliy natijaga ega. Birinchidan, ashyoviy huquqlarning yuri-
dik mazmuni va vujudga kelish usulining qat’iy belgilanganligini toiiq
inkor etadi hamda Kodeksda ashyoviy huquqlarning standart tarzda
ifodalanishi ashyoviy huquqlarni taraflar erkin ravishda tuzadigan
majburiyat huquqidan farqlashi lozim. Oqibatda bu yuridik jihatdan
1
Do'stlaringiz bilan baham: |