‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Qarang: A. 0 ‘lmasov, M. Sharifho‘jayev, Fqtisodiy nazariya.. — T



Download 13,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/325
Sana25.01.2023
Hajmi13,55 Mb.
#902197
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   325
Bog'liq
Fuqarolik huquqi. Umumiy qism (R.Ruziyev, V.Topildiyev)

 
Qarang:
A. 0 ‘lmasov, M. Sharifho‘jayev, Fqtisodiy nazariya.. — T.,
Mehnat», 1995 йил, 133-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


tarlibga solish va mustahkamlash uchun xalq manfaatlarini ko‘zlab 
belgilangan tadbirlarni ifodalovchi huquq normalari yig‘indisi nazarda 
tutiladi. Jumladan, mulk to‘g‘risidagi umumiy qoidalar obyektiv huquq 
normalari hisoblanadi.
Subyektiv ma’nodagi mulk huquqi deb ayrim shaxslar, ya’ni huquq 
subyektlarining (davlat, yuridik shaxslar va fuqarolarning) obyektiv 
huquq normalari asosida kelib chiqadigan mulkni egallash, undan 
foydalanish va uni tasarruf qilish huquqlariga aytiladi.
Mulkni o‘z xohishiga ko‘ra va o‘z manfaatini ko‘zlab egallash, 
undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek, mulk huquqini 
har qanday buzilishlardan bartaraf etishni talab qilish huquqi tushun- 
chalari mulk huquqining mazmunini tashkil etadi. Subyektiv mulk 
huquqining mazmunini taslikil etadigan elementlar mulk egasiga qonun 
bilan belgilangan doiralarda beriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining «Mulkchilik to‘g‘risida»gi qonunida 
belgilanishicha, mulkdor o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ixtiyoriga 
ko‘ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Shu 
ma’noda mulkdor o‘z mulkiga bo‘lgan huquqlarini ixtiyoriy ravishda 
o‘z xohisliiga ko‘ra amalga oshiradi. Mulkdorning o‘z xohishi deganda, 
uning o‘z erki, irodasi bilan o‘zining manfaatlarini ko‘zlab, birovning 
(uchinchi shaxslarning) tazyiqisiz, zo‘rlashsiz harakat qilishi nazarda 
tutiladi. Agar mulkdorga nisbatan bunday holatda zo‘rlik, tazyiq 
ko‘rsatilgan bo‘lsa, qonun mulkdorning xohish-irodasini erkin amalga 
oshirishini kafolatlaydi va muhofaza qiladi. Ayni vaqtda mulkdorning 
o‘z xohishiga ko‘ra ish tutishi qonun, insof va adolat doirasida amalga 
oshirilishi lozim.
Mulkdor mulkiy huquqini o‘z xohishiga ko‘ra amalga oshirishda 
uning manfaati yotadi. Bu manfaat bevosita uning o‘ziga, yaqinlariga 
yoki boshqalarga taalluqli bo‘lishi mumkin. Masalan, ota-ona voyaga 
yetmagan farzandi nomiga bankka omonat pul mablag‘i qo‘yganda 
ham, garchi bunda uchinchi shaxsning manfaati ko‘zlaganday bo‘lsa 
ham, aslida mulkdorning harakati zamirida ota-ona sifatidagi burchi 
yotadi. Mulkdorning o‘zi xohishiga ko‘ra yoki manfaatiga zid ravishda 
mulkiy bitimlar tuzishiga majbur qilishi, umumiy qoida bo‘yicha 
bunday bitimlar haqiqiy sanalmasligiga sabab bo‘ladi.
Yuqorida aytganimizdek, mulk huquqi uch element — mulkka 
egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishdan iborat.
Mulkni egallash huquqi mulkni qo‘lda yoki unga nisbatan o‘z 
huquqlarini amalga oshirishga imkon beruvchi biron joyda saqlab
www.ziyouz.com kutubxonasi


turishdir. Mulkni qonunga muvofiq ravishda o‘z qo‘lida yoki o‘z 
erki-irodasi ta’siri ostida saqlab turgan shaxs mulkni egallash huquqiga 
ega. Bunday huquq, awalo, mulk egasiga tegishli bo‘ladi. Ya’ni, 
mulkni egallash huquqi qonun yoki shartnomaga asosan boshqa shaxsda 
ham bo‘lishi mumkin. Masalan, mulk shartnoma bo‘yicha ijaraga 
qo‘yilishida, vaqtincha tekin foydalanish uchun topshirilishida, omonat 
qo‘yilishida yoki ma’muriy dalolatnomalarga binoan vaqtincha saqlash 
uchun biron tashkilot yoki fuqarolarga o‘tkazilishida egalik huquqi 
mulk egasi hisoblanmagan shaxsda ham bo‘lishi mumkin.
Mulkni qonun talablariga muvofiq qo‘lda saqlab turishga qonuniy 
egallash deb aytilsa, qonuniy asoslar bo‘lmay turib birovlarga qarashli 
mulkni egallash, masalan, birovning o‘g‘irlatgan yoki yo‘qotgan mulkini 
qo‘lda saqlashga qonunsiz egallash deb aytiladi.
Mulkdan foydalanish huquqi — mulkning foydali xususiyatlarini 
o‘zlashtirish, mulkdan iqtisodiy ma’noda foydalanishdir. Mulkdan 
qonunga muvofiq ravishda foydalanuvchi shaxs shu mulkdan foy- 
dalanish huquqiga ega bo‘ladi. Mulkdan foydalanish huquqi shu mulkni 
egallash huquqi bilan chambarchas bog‘liqdir. Mulkni egallamay, 
qo‘lda saqlamay turib undan foydalanib ham bo‘lmaydi. Mulkdan 
ishlab chiqarishda yoki kundalik hayotda foydalanishda bu mulk 
butunlay iste’mol qilinadi yoki birmuncha vaqt davomida asta-sekin 
eskiradi.
Agar birovning mulkidan foydalanish qonun yoki shartnoma bilan 
belgilangan asoslar bo‘lmay turib foydalanilsa, bunda foydalanish 
qonunsiz foydalanish hisoblanadi. Masalan, o‘g‘irlangan yoki yo‘qo- 
tilgan mulkdan foydalanish.
Mulkni tasarruf etish huquqi mulkning yuridik taqdirini belgilash, 
ya’ni mulk yuzasidan boshqa shaxslar bilan bo‘ladigan huquqiy 
munosabatni belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan hu- 
quqdir.
Mulk egasi tasarruf etish huquqiga binoan rnulk yuzasidan xilma- 
xil bitimlar, shartnoinalar, jumladan, ashyoni sotish, hadya qilish, 
ijaraga qo‘yish to‘g‘risida shartnomalar tuza oladi. Agar ashyo butunlay 
keraksiz bolib qolsa, mulk egasi bunday ashyoni tashlab yuborishi, 
o‘zidan biron-bir usul bilan soqit qilishi mumkin. Bu huquq mulkdorga 
o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday 
harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan, mol-mulkdan garov narsasi 
sifatida foydalanishi yoki unga boshqacha yo‘llar bilan vazifa yuklash, 
uni begonalashtirish yoki mol-mulkni boshqacha usul bilan tasarruf
www.ziyouz.com kutubxonasi


etishga imkon beradi. Bu huquqning qo‘ldan ketishi bilan mulkka 
nisbatan bo‘lgan egalik huquqi ham qo‘ldan ketadi. Masalan, mulkni 
omonatga qo‘yishda ashyoni egallash huquqi, ijaraga qo‘yishda ashyoni 
egallash va undan foydalanish huquqi birovga o‘tsa, ashyoning sotiiishi 
yoki hadya qilinishida esa subyektiv mulk huquqining har uch elementi 
egallash, foydalanish va tasarruf etish huquqlari ham butunlay boshqa 
shaxsga o‘tadi.
Ayrim hollarda, jumladan, mulkni yo‘qotish, o‘g‘irlatish hollarida 
mulk egasi o‘z mulkini egallash, foydalanish va uni tasarruf etish 
imkonlyatidan mahrum bo‘lsa ham, egalik huquqini qonunda belgi- 
langan hollarda va muddatlarda o‘zi saqlab turadi. Fuqaroga tegishli 
mulk o‘g‘irlatilganida uning kimning qo‘lida bo‘lishi aniqlanganidan so‘ng 
qonun bilan belgilangan uch yillik da’vo muddati davomida talab qilib 
olinishi mumkin. Aks holda mulkka nisbatan bo‘lgan egalik huquqi 
yo‘qoladi. Mulk egalari o‘zlariga tegishli mulk huquqidan g‘ayriqonuniy 
maqsadlarda, birovning zarariga foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mulkdor huquqlarining, vakolatlarining chegarasi 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasiga asosan mulkdor o‘z 
huquqlarini amalga oshirishda ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, 
fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun 
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.
Bu konstitutsiyaviy norma FKning 172-moddasida batafsil talqin 
qilingan. Ushbu moddaga asosan mulk huquqini amalga oshirish 
shartlari quyidagilardan iborat:
1. Mulkdoming o‘z huquqlarini amalga oshirishi boshqa shaxslaming 
huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi 
shart;
2. Qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, shartlarda va doirada 
mulkdor boshqa shaxslar uning mol-mulkidan cheklangan tarzda 
foydalanishiga yo‘l qo‘yishga majbur (masalan, ko‘chmas mulk — yer 
uchastkasi egasi qo‘shni yer uchastkasining egasidan zarur hollarda, 
boshqa yer uchastkalarining egalaridan ham o‘zganing yer uchastkasidan 
cheklangan holda foydalanish (servitut) huquqini berishni talab qilishga 
haqli. Odatda, servitut piyodalar va transport yo‘li, elektr, aloqa, gaz 
yoki suv quvurlari o‘tkazish uchun zarur bo‘lishi mumkin. Yer 
uchastkasida servitut belgilanishi yer egasini mulk huquqidan aslo 
mahrum qilmaydi. Servitutdan foydalanuvchi bilan yer uchastkasi egasi 
o‘rtasida servitut haqida bitim tuzilib, u ko‘chmas mulkka oid bitimlar 
kabi ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Servitut belgilangan uchastkaning egasi
www.ziyouz.com kutubxonasi


agar qonunda boshqa tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, servitut kimning 
foydasini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxsdan uchastkadan 
foydalanganlik uchun mutanosib haq talab qilishga haqlidir (FKning 
173-moddasi);
3. Mulkdor o‘zining ustunlik mavqeini suiiste’mol qilishga, boshqa 
shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini 
kamsitadigan o‘zga harakatlarni qilishga haqli emas;
4. Mulkdor o‘z huquqini amalga oshirganda fuqarolaming sog‘lig‘iga 
va atrof-muhitga zarar yetkazishning oldini olish choralarini ko‘rishga 
majbur.
Mulk huquqining mazmunida nafaqat mulkdorning huquqlari, balki 
mol-mulkni saqlab turish burchi ham yotadi. FKning 174-moddasiga 
asosan, o‘ziga qarashli mol-mulkni saqlash, agar qonun hujjatlarida 
yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, mulk 
egasining zimmasida bo‘ladi. Agar mulkdor bu majburiyatni bajarmasa, 
ba’zi hollarda uning mulkiy huquqlari chegaralab qo‘yilishi yoki mol- 
mulk undan olib qo‘yilishi haqida da’vo oldindan ogohlantirmasdan 
ham qo‘zg‘atilishi mumkin.
3
-§. Mulk huquqining vujudga kelish va 
bekor boMish asoslari
Mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo‘lish asoslari deganda, 
mulk huquqining olinishi yoki yo‘qotilishi bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik 
faktlar nazarda tutiladi. Mulk huquqining olinishi asoslarida jamiyat- 
ning iqtisodiy tizimi o‘z ifodasini topadi.
Mulk huquqining olinishi: dastlabki va hosila asoslariga boiinadi. 
Mulk huquqining vujudga kelishini bildiradigan dastlabki asoslar 
bo‘yicha mulkka nisbatan egalik huquqi ilgari hech kimga tegishli 
boimagan mulkka nisbatan yoki awalgi mulk egasining huquqi bilan 
bogiiq boimagan holda vujudga keladi. Mulk huquqining dastlabki 
asosda vujudga kelishi:

birinchidan, tabiat ne’matlarini o‘zlashtirish;
— ikkinchidan, ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirish natijasida yangi ashyolarni vujudga keltirish;
— uchinchidan, egasiz mulkning sud qarori bilan davlat ixtiyoriga 
olinishi;
— to‘rtinchidan, egasi boimagan mulkka yoki egasi boisa ham 
xo‘jaliksiz bilan saqlanayotgan mulkka, egalari tomonidan belgilangan
www.ziyouz.com kutubxonasi


muddatlarda talab qilib olinmagan mulklarga, shu jumladan, topilgan 
ashyolar, xazinalar (boshqa usulda yashirilgan narsalar) topilishi 
hollarida yuz beradi.
Mulk huquqining vujudga kelishida egalik huquqini vujudga 
keltiruvchi muddat o‘ziga xosdir. Mulkdor bo‘lmagan, lekin ko‘chmas 
mol-mulkka o‘n besh yil davomida yoki boshqa mol-mulkka besh yil 
davomida o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs 
bu mol-mulkka nisbatan mulk huquqini oladi, ya’ni to‘la ma’noda 
mulkdor huquqlariga ega boMadi (FKning 187-moddasi).
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 29-avgustdagi 
«O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksini amalga kiritish tartibi 
to‘g‘risida»gi qarorida belgilanishicha, ushbu 187-moddaning qoidalari 
mulkka egalik qilish 1997-yilning 1-martiga (ya’ni, yangi FK amalga 
kiritilgunga) qadar boshlangan va kodeks amalga kiritilayotgan vaqtda 
davom etayotgan hollarga ham tadbiq etiladi. Demak, ushbu holati 
bo‘yicha FK normasi orqaga qaytish kuchiga ega bo‘ladi.
Mulk huquqi vujudga kelishining dastlabki asoslaridan yana biri 
hamma yig‘ib olishi mumkin bo‘lgan ashyolarni mulkka aylantirishdir. 
FKning 189-moddasida ko‘rsatilishicha, qonun hujjatlarida yowoyi 
mevalar, yong‘oq, zamburug‘lar, rezavor mevalar hamda o‘simlik, 
hayvonot dunyosi va jonsiz tabiatning hamma olishi mumkin bo‘lgan 
boshqa obyektlarini yig‘ish yo‘li bilan fuqarolar mulkiga aylantirish 
tartibi va shartlari belgilab qo‘yilishi mumkin. Bunday tartibda mulk 
huquqi o‘rmonlardan qo‘ziqorin, mevalar terish, dashtu tog‘lardan 
dorivor giyohlar to‘plash, daryo va koMlardan baliq ovlash orqali 
vujudga kelishi mumkin. Biroq maMumki, ushbu mulk obyektlari o‘sgan 
mavjud hudud xususiy mulk huquqi asosida boshqaga tegishli boMmas- 
ligi lozim. Mulk obyektlarining ba’zilarini ovlash uchun vakolatli davlat 
organida ruxsat (litsenziya) olingan boMishi talab etiladi. Ayni vaqtda 
baliq va boshqa jonivorlarni ovlash ovga ruxsat berilgan mavsum- 
dagina yo‘l qo‘yiladi, aks holda ovlangan jonivorlar musodara qilinib, 
ov qurollari olib qo‘yilishi va ularga nisbatan tegishli jazo choralari 
qoMlanilishi mumkin.
Egasiz ashyoga nisbatan mulk huquqi ham dastlabki asosda vujudga 
keladi. Egasi boMmagan yoki egasi nomaMum ashyo egasiz ashyo 
hisoblanadi. Egasiz ko‘char ashyolarga nisbatan egalik qilish huquqini 
vujudga keltiruvchi muddat asosida qoMga kiritilishi mumkin. Bunday 
ashyo tegishli davlat organi yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi 
arizasiga muvofiq ko‘chmas mol-mulkni davlat ro‘yxatiga oluvchi
www.ziyouz.com kutubxonasi


organda hisobga olinib, uch yil o‘tgach tegishli davlat organi talabi 
asosida sud tomonidan davlatga o‘tkazilishi mumkin.
FKning 192-moddasida topilmaga nisbatan mulkiy huquqlarning 
vujudga kelishi xususiyatlari belgilangan. Unda ko‘rsatilishicha, yo‘qol- 
gan ashyoni topib olgan shaxs bu haqda uni yo‘qotgan shaxsni yoki 
ashyo egasini yoxud uni olish huquqiga ega bo lgan o‘zga ma’lum 
shaxslardan birortasini darhol habardor etishi hamda topilgan ashyoni 
shu shaxsga qaytarishi shart. Basharti, ashyo binoda yoki transportda 
topilgan bo‘lsa, u shu binoning yoki transport vositasining egasi bo‘lmish 
shaxsga topshirilmog‘i lozim. Topilma topshirilgan shaxs ashyoni topib 
olgan shaxsning huquqlarini qo‘lga kiritadi va uning majburiyatlarini 
o‘z zimmasiga oladi. Basharti, topilgan ashyo qaytarilishini talab qilish 
huquqiga ega bo‘lgan shaxs nomaMum bo‘lsa yoki uning manzili 
bo‘lmasa, ashyoni topib olgan shaxs topilma to‘g‘risida militsiyaga, 
tegishli davlat organlariga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organiga ma’lum qilishi shart.
FKning 193-moddasiga asosan olti oy mobaynida topilmaning egasi 
aniqlanmasa, ashyoni topib olgan shaxs unga egalik huquqini qo‘lga 
kiritadi (agar u bu huquqdan voz kechsa, topilma davlat mulkiga o‘tadi).
FKning 196-moddasida xazinaga nisbatan mulk huquqini vujudga 
kelishi xususiyatlari belgilab qo‘yilgan. Xazina deb egasini aniqlash 
mumkin boMmagan yoki u qonunga binoan huquqlarini yo‘qotgan, 
yerga ko‘milgan yoki boshqacha usulda yashirilgan pul yoki 
qimmatbaho buyumlarga aytiladi. Yashirib qo‘yilgan mol-mulk (yer 
uchastkasi, imorat va sh.k.) mulkdori bo‘lgan shaxsga va xazinani 
topgan shaxs mulkiga agar ular o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq 
boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, teng ulushlarda tegishli bo‘ladi.
Xazina u yashirib qo‘yilgan yer uchastkasi yoki boshqa ntol-mulk 
egasining mulkdorining roziligisiz qazish ishlarini olib borgan yoki 
boylik qidirgan shaxs tomonidan topilgan taqdirda, bu xazina u topilgan 
yer uchastkasining yoki boshqa mol-mulkning egasiga topshirilishi 
shart. Tarix va madaniyat yodgorliklari jumlasiga kiradigan ashyolardan 
iborat xazina topilgan taqdirda, ular davlat ixtiyoriga o‘tadi. Biroq 
xazina topilgan yer uchastkasi egasi va xazinani topgan shaxs xazina 
qiymatining ellik foizi miqdorida mukofot olishga haqli.
Xazina topish uchun qazish va qidiruv ishlarini olib borish mehnat 
yoki xizmat vazifalariga kiradigan shaxslar (masalan, arxeologlar, 
geologlar) ga nisbatan yuqoridagi qoidalar qo‘llanilamaydi (FKning 
196-moddasi, 5-bandi).
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mulkka nisbatan egalik huquqini vujudga keltiruvchi hosila usuli 
deganda muayyan shaxs tomonidan mulk huquqining olinishi dastlabki 
mulk egasining huquqiga bogMiq bo‘lgan usul nazarda tutiladi. Bu 
usulda mulk huquqining ma’lum ashyoga nisbatan paydo boMishi yoki 
bu ashyoga nisbatan mulk huquqining ilgari ma’lum shaxsga tegishli 
blishi bilan bogMiqdir. Shu ma’noda mulk huquqining boshqa shaxsga 
o‘tishi haqida so‘z yuritiladi. Binobarin, hosila usuli bo‘yicha mulk 
huquqi vujudga kelganda bu mulkka nisbatan boMgan huquqni bir 
shaxsdan ikkinchi shaxsga ko‘chirilishi to‘g‘risida so‘z boradi.
Masalan, oldi-sotdi shartnomasi tuzilishi yoMi bilan o‘zlariga 
tegishli ashyoga nisbatan egalik huquqi bir shaxsda, ya’ni sotib oluv- 
chida paydo boMadi.
Mulk huquqining hosila usulida vujudga kelishiga misol qilib oldi- 
sotdi, hadya, ayirboshlash, qarz shartnomalari, shuningdek, qonun 
va vasiyat bo‘yicha meros olish, davlat mulkini xususiylashtirish orqali 
olinishini ko‘rsatsa boMadi.
Fuqarolik kodeksining 185-moddasida ko‘rsatilganidek, shartnoma 
asosida mol-mulk oluvchida mulk huquqi, agar qonun hujjatlari yoki 
shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boMmasa, ashyo top- 
shirilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Agar ashyoni birovga 
o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma notarial guvohlantirilishi yoki davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim boMsa, egalik huquqi bunday shartnoma 
notarial guvohlantirilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytidan e’tiboran 
vujudga keladi.
Qonunda uy-joy (kvartira) ga mulk huquqining vujudga kelishi 
belgilangan tartibda ajratib berilgan yer uchastkasida ko‘rilayotgan 
yangi uy-joyga mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan 
boshlab vujudga kelishi belgilangan.
Bir yoki bir necha shaxslar tomonidan ko‘rilayotgan uy-joy qurilish 
tamom boMguncha va ro‘yxatdan o‘tkazilguncha mahalliy hokimiyat 
organlarining ruxsatisiz boshqa shaxsga berilishi mumkin emas. 
Davlatga qarashli uy-joy (kvartira) ga mulk huquqi qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan xususiylashtirish tartibida vujudga keladi.
Kooperativ uy-joyga, kvartiraga, garajga, chorboqqa va boshqa 
binolarga mulk huquqi kooperativ a’zosi pay badallarini batamom 
toMab boMgandan keyin vujudga keladi (FKning 210-moddasi). Ba’zi 
ashyolarga nisbatan esa egalik huquqi ashyo topshirilishidan so‘ng 
yoki ashyoning qiymati toMa yoki qisman toMangandan so‘ng vujudga 
kelishi belgilanishi mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyolar bir shaxsdan ikkinchi 
shaxsga o‘tkazilgan holda, agar bunday o‘tkazish tegishli organlardan 
ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart bo‘lsa, ashyoga nisbatan egalik huquqi 
shartnomaning qayd qilinishi paytidan e’tiboran vujudga keladi.
Mulkka nisbatan egalik huquqining o‘tish payti qonunda muqarrar 
belgilanishi birovga o‘tkazilayotgan ashyolarning tasodifan nobud 
bo‘lishi yoki buzilishi xavf-xatari, ya’ni buning natijasida kelgan zarar 
kimning zimmasida bo‘lishligini belgilash ham katta ahamiyatga egadir.
FKning 175-moddasida belgilangan qoida bo‘yicha mol-mulkning 
tasodifan nobud bo‘lishi yoki buzilishi xavfi, agar qonun hujjatlarida 
yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, kelgan 
zarar mulk egasining zimmasida boiadi.
Agar ashyolarni birovga o‘tkazuvchi shaxs topshirishni yoki oluvchi 
ularni qabul qilishni kechiktirsa, ashyolarning tasodifan nobud boiishi 
yoki buzilishi xavf-xatari kechiktirgan tarafda boiadi. Masalan, sotib 
oluvchi qurilish materiallarini qabul qilishni kechiktirsa, ashyolarning 
tasodifan nobud boiishi yoki buzilishidan kelgan zararni o‘z zimmasiga 
oladi.
Mulk huquqining bekor boiish usullari ham xilma-xil. Bu usullami 
quyidagicha turkumlashtirish mumkin:

Download 13,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish