‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 13,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/325
Sana25.01.2023
Hajmi13,55 Mb.
#902197
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   325
Bog'liq
Fuqarolik huquqi. Umumiy qism (R.Ruziyev, V.Topildiyev)

100
-moddasi, 
9
-bandi).
Bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda fuqarolar va yuridik 
shaxslarning sha’ni, obro‘si, qadr-qimmati, shuningdek, ishchanlik 
faoliyati obro‘sini tiklash, ijtimoiy munosabatlarda ularning faoliyatiga 
odilona baho berish, ayniqsa, katta hayotiy ahamiyatga ega.
ll-§ . Fuqaroning ismga bo‘lgan huquqi va 
uni fuqarolik-huquqiy himoya qilish
Nomga bo‘lgan huquq muayyan ismning sohibi sifatida tanilishiga 
bo‘lgan subyektiv fuqarolik huquqidir. Mazkur nom vositasida fuqaro 
jamiyat a’zosi sifatida boshqa fuqarolardan ajralib turadi, individual- 
lashadi. Fuqaroning ismi deganda uning ismini ham, ota ismi va 
nasabini (urug‘-avlodi nomini) ham nazarda tutiladi.
Yuqorida aytilganidek, nom olish, ya’ni nasab, ism va ota ismini 
olish, nomni o‘zgartirish maxsus qonunlar bilan, jumladan, O‘zbekiston 
Respublikasining Oila kodeksi va fuqarolik holati dalolatnomalarini 
qayd qilish tartibi to‘g‘risidagi qoidalar bilan tartibga solinadi.
FKning I9-moddasida fuqaroning ismi bilan bog‘liq qator normalar 
belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, agar qonundan yoki milliy odatdan 
boshqacha tartib kelib chiqmasa, fuqaro o‘z familiyasi va nomidan, 
shuningdek otasining ismi bilan huquq va burchlarga ega bo‘ladi hamda 
ularni amalga oshiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qonunda nazarda tutiigan hollarda va tartibda fuqaro tahallusdan 
foydalanishi mumkin.
Fuqaro fuqarolik muomalasida yashirin tarzda harakat qilishga 
faqat qonunda yo‘l qo‘yilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi (masalan, mamla- 
katimizda muallif o‘z asarining nomini ko‘rsatmasdan, anonim tarzda 
nashr etishga haqli, tijorat banklarida xorijiy valyutalar ko‘rinishida 
omonatlar qo‘yishga haqli).
Fuqaro qonunda belgilangan tartibda o‘z ismini o‘zgartirishga 
haqli. Fuqaroning o‘z ismini o‘zgartirishi awalgi ismi bilan olgan 
huquq va burchlarini bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun asos 
bo‘lmaydi.
Fuqaro o‘z ismini o‘zgartirganligi haqida qarzdorlari va kreditor- 
lariga xabar berishi uchun zarur choralarni ko‘rishi shart va u mazkur 
shaxslarda fuqaroning ismi o‘zgarganligi haqida ma’lumot yo‘qligi 
tufayli kelib chiqishi mumkin oqibatlar xavfini o‘z zimmasiga oladi.
Ismni o‘zgartirgan fiiqaro o‘zining awalgi ismiga rasmiylashtirilgan 
hujjatlarga o‘z hisobidan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini talab qilishga 
haqli. Masalan, shaxs nikohga kirishi munosabati bilan eri (xotini) 
familiyasini olishi uning awalgi hujjatlari (diplomi, omonat daftarchasi, 
xizmat guvohnomasi va shu kabilar)ni ham tegishli ravishda o‘zgartirib 
berish haqida tegishli idoralardan talab qilish huquqini beradi. Biroq 
bu o‘zgartirishlarni amalga oshirish xarajatlari manfaatdor shaxs 
zimmasiga tushadi.
Ayrim hollarda subyektlarni, (masalan, tergovda, sudda ayb- 
lanuvchi, sudlanuvchi sifatida qatnashayotgan shaxs, bankrotlik 
bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan yakka tadbirkor yoki tadbirkorlik subyekti 
muassisi bo‘lgan jismoniy shaxsni) muayyan vaqtinchalik belgilangan 
muddatda o‘z ismini o‘zgartirish haqidagi murojaati rad etilishi 
mumkin.
Fuqaro tug‘ilgan vaqtida olgan ismini, shuningdek o‘zgartirilgan 
ismini ftiqarolik holati hujjatlarini qayd etish uchun belgilangan tartibda 
ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.
Boshqa shaxs ismidan foydalanib huquq va burchlarga ega bo‘lishiga 
yo‘l qo‘yilmaydi.
0
‘z ismi bilan yashash huquqiga e’tiroz bildirilayotgan yoki ismidan 
qonunsiz foydalanilayotganligi munosabati bilan manfaatlari buzilayot- 
gan shaxs manfaatlarini buzuvchidan bunday harakatlarga chek 
qo‘yishni, raddiya berishni talab qilishi mumkin. Agar manfaat qasddan 
buzilayotgan bo‘lsa, jabrlangan shaxs qo‘shimcha sur'atda zarami qoplashni
www.ziyouz.com kutubxonasi


talab qilishi mumkin. Zarami qoplash uchun manfaati buzilgan shaxsning 
daromadini berish talab qilinishi mumkin. Manfaat qasddan buzilganida 
jabrlanuvchi ma’naviy zaraming qoplanishini ham talab qilishga haqli. 
Masalan, bir shaxs o‘zini mashhur san’atkorlardan birini nomi bilan 
ko‘rsatib, chekka qishloqlarda konsertlar beradi. Bundan xabar topgan 
san5atkor uning nomidan foydalangan shaxsga nisbatan FKning 20- 
moddasida belgilangan tartibda va asoslarda da’vo qilishga haqli.
Ism yoki shaxsiy sha’n egasi bo‘lmagan, lekin oilaviy mavqeiga 
ko‘ra bundan manfaatdor boMgan shaxs ham FKning 20-moddasi 2- 
qismiga asosan o‘zganing ismidan g‘ayriqonuniy foydalanayotgan 
shaxsdan bu harakatlarga chek qo‘yishni va raddiya berish haqidagi 
talablarni qo4yishi mumkin. Bu shaxs boshqa shaxsning oiimidan 
keyin ham uning ismini va sha’nini himoya qilishga qaratilgan talab- 
larning bajarilishiga harakat qilishi mumkin. Ismni va sha’nini buzish 
tufayli keltirilgan zararni qoplash talabi oMimdan keyin tan olinadi.

Download 13,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish