‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Qarang: Теория государство и право. - М.: Юрист. 1997. - С. 173. 2 Qarang



Download 13,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/325
Sana25.01.2023
Hajmi13,55 Mb.
#902197
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   325
Bog'liq
Fuqarolik huquqi. Umumiy qism (R.Ruziyev, V.Topildiyev)

Qarang:
Теория государство и право. - М.: Юрист. 1997. - С. 173.
2
Qarang:
Ярошенко Н.Б. Жизнь и здоровье под охраной закона. — М.: 
Юр лит. 1990. С. — 
11
.
www.ziyouz.com kutubxonasi


(berishni) ko‘zda tutadi. Jumladan, tovar belgisiga bo‘lgan huquq, 
yuridik shaxs qayta tashkil etilishi sababli boshqa yuridik shaxsga o‘tishi 
mumkin. Ba’zi shaxsiy nomulkiy huquqlar meros bo‘yicha beriladi 
(nashr qilish huquqi, asarni qayta ishlab chiqish va tarqatish, patent 
olish huquqi).
Ba’zi nomulkiy huquqlar meros sifatida o‘tmasa ham biroq huquqqa 
ega bo‘lgan shaxsning vafotidan keyin uchinchi shaxs tomonidan 
himoyalanadi. FKning 1054-moddasi «Asarning daxlsizligiga bo‘lgan 
huquq»da jumladan, shunday deyiladi. Muallifning vafotidan keyin 
asarning daxlsizligini himoya qilish vasiyatnomada ko‘rsatilgan shaxs 
tomonidan, bunday ko‘rsatma bo‘lmagan taqdirda esa, muallifning 
merosxo‘rlari, shuningdek, qonunga muvofiq, mualliflik huquqlarini 
himoya qilish majburiyati yuklatilgan shaxslar tomonidan amalga 
oshiriladi. Fuqaro vafot etgan oila a’zosining sha’ni va qadr-qimmatini 
himoya qilish to‘g‘risida da’vo bilan sudga murojaat qilish huquqiga 
ega. Agar muallif va (yoki) oluvchi adresat vafot etgan hollarda xatlar, 
kundaliklar, yozishmalar, maqolalar va ko‘rsatilgan hujjatlar marhum- 
ning xotini (eri) va bolalarining roziligi bilan chop etilishi mumkin.
Shunday qilib, ba’zi subyektiv nomulkiy huquqlarning nafaqat 
o‘zi, balki uning mazmunini tashkil qiluvchi ba’zi qismlari ham 
vorislarga o‘tishi mumkin. Shaxsiy nomulkiy huquqning keyingi belgisi- 
ularning vujudga kelishi va bekor boMishidagi o‘ziga xoslikdir. 
Nomulkiy huquqlar ba'zi yuridik fakt sifatidagi voqealar boshlanganda, 
yuridik xatti-harakatlar natijasida vakolatli organlarning hujjatlari 
asosida vujudga kelishi (yoki bekor bo‘lishi) mumkin.
Hodisalarga odamlaming erkiga bogMiq boMmagan yuzaga keladigan 
vaziyatlar kiradi (tug‘ilish, ma’lum yoshga kirish va boshqalar). Demak, 
inson tug‘ilishi bilan ism, sogMiq, sogMom atrof muhit, shaxsiy qiyofaga 
doir subyektiv huquqqa ega boMadi.
Yuridik harakatlar ma’lum huquqiy oqibatlami yuzaga keltirish 
maqsadidan qat’i nazar bajarilgan, lekin shu bilan birga ular qonun 
kuchi bilan vujudga keladigan fuqarolik huquqi subyektining qonuniy 
harakati sifatida xarakterlanadi (masalan, ilmiy asar yaratish (harakati) 
mualliflik huquqini keltirib chiqaradi).
Yuridik hujjat deganda huquqiy natijalarga erishishga yo‘naltirilgan 
vakolatli davlat organining qonuniy harakati tushuniladi. Masalan, 
tovar belgisiga boMgan huquq uni vakolatli davlat organida ro‘yxatdan 
o‘tkazilgan kundan boshlab yuzaga keladi. Alohida nomulkiy huquqlar 
bitim tuzilishi bilan yuzaga keladi (masalan, advokatlik siri huquqi-
www.ziyouz.com kutubxonasi


topshiriqnoma yoki haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasidan 
yuzaga keladi).
Ko‘pgina shaxsiy nomulkiy huquqlar uning egasi vafot etishi bilan 
to‘xtaydi, masalan, mualliflik nomi huquqi, yashash joyining daxlsizligi 
va boshqalar. Ba’zi huquqlar uchun yuridik harakatning to‘xtashi ma’lum 
muddatning o‘tishiga bogMiqdir. Masalan, adabiy asami chop etish, 
qayta ishlash va tarqatish huquqi muallifning oMimidan 50 yilgacha 
meros bo‘yicha o‘tishi hamda muomalada harakat qilishi mumkin.
Shaxsiy nomulkiy huquqlarning muhim belgilaridan biri shaxsni 
individualligi, yakkaligidir. Shaxsiy nomulkiy huquqlar instituti bir 
subyekt huquqidan ikkinchisini ajratish imkonini beradi, ularning o‘ziga 
xosligini va shubhasiz alohidaligini, individualligini ham himoya qiladi, 
har bir subyekt o‘ziga xos nomulkiy huquqlar majmuiga ega, bular 
ham uni jamiyatdan ajratib turishga imkon beradi, biroq har qanday 
holda ham nomulkiy huquqlar alohida-alohida boMganda, individual 
holatda ustunlikka ega boMadi.
9-§. Nomulkiy huquqlaming tasnifi va 
turkumlash mezonlari
Mulk bilan bog‘liq boMmagan nomulkiy munosabatlarni sivilistika 
fanining fuqarolik-huquqiy tartibga solish doirasiga kiritish mumkinligi 
to‘g'risidagi masala bahs- munozarali edi. Fuqarolik huquqi fanida mulkiy 
munosabatlarning ustuvorligi nazariyasi uzoq vaqtgacha hukmronlik qitdi.
Hozirgi paytda nomulkiy manfaatlarni shaxsning nomoddiy talab- 
larini qanoatlantirishni huquqiy ta’minlash obvektiv zarurligi sababli 
bu masala dolzarblashmoqda. Huquqiy holalini belgilash va shaxsiy 
nomulkiy huquqlarni himoya qilish huquqiy me’yorlar tariqasida qator 
tarmoqlarning huquqiy me’yorlari bilan amalga oshiriladi. Yangi 
fuqarolik kodeksida shaxsning ilgarigi qonunlardan jiddiy farq qiladigan 
huquqiy holati va shaxsiy nomulkiy huquqlarni belgilashga yo‘nal- 
tirilgan me’yorlar mustahkamlandi.
Ba’zi shaxsiy nomulkiy munosabatlarning mulkiy munosabatlar 
bilan aloqada emasligi, ularning ilmiy va uslubiy jihatidan ham, tar- 
tibga solish maqsadi va bajaradigan vazifasi jihatidan ham aynan 
fuqarolik huquqi tomonidan o‘rganishni aslo inkor etmaydi.
Shaxsiy nomulkiy huquqlarning turli ko‘rinishdagi tasniflari mavjud. 
Awalo, shaxsiy huquqning mulkiy huquqlar bilan bogMangan va 
bogManmaganlarini farqlashadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mulkiy munosabatlar bilan bolangan shaxsiy nomulkiy huquqlar 
ularni amalga oshirishda mulkiy huquqning yuzaga kelishida asos 
sifatida ko‘rinishi mumkin. Jumladan, shaxsning adabiy asarga mual- 
lifligi (shaxsiy huquq) o‘z ketidan qalam haqi olishni vujudga keltirib, 
mulkiy huquqni yuzaga keltiradi.
Mulkiy huquqlar bilan bog‘liq boMmagan shaxsiy nomulkiy huquq- 
larga, nomga, tashqi qiyofaga, sha’n va qadr-qimmatga bo‘lgan huquq 
kiritiladi. Bu nomulkiy huquqlar mulkiy huquq bilan biron tarzda 
bog‘lanishda bo‘lmaydi.
Shaxsiy nomulkiy huquq bir qator belgilar bilan tavsiflanadi. Bu 
belgilar jumlasiga nomoddiy xarakterdagi mustaqil shaxsiy nomulkiy 
huquq ekanligini va ularning huquq egasidan begonalashtirilmasligini 
kiritish mumkin.
Bu munosabatlarda jismoniy va yuridik shaxs muayyan nomoddiy 
vakolatlarga ega bo‘lgan subyekt sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda 
shuni ta’kidlash kerakki, fuqaroning muomala layoqatining cheklan- 
ganligi yoki muomalaga layoqatsizligi shaxsiy nomulkiy huquqni (sog‘- 
salomat bo‘lish huquqi, shaxsiy daxlsizlik, qulay atrof-muhitga bo‘lgan 
huquqi) amalga oshirishga xalaqit bermasligi lozim.
Ba’zi huquqshunoslar umuman shaxsdan ajratib bo‘lmaydigan 
obyektlarga nisbatan subyektiv huquqning bo‘lishini rad etadilar va bunda 
shaxsiy huquqlar to‘g‘risida emas, balki shaxsiy ne’matlar to‘g‘risida 
gapirish to‘g‘riroq deb hisoblaydilar. A.A. Hasanov bu masalada an’anaviy 
nuqtayi nazar nihoyatda maqbul degan xulosaga keladi. «Shaxs» va 
«huquq» tushunchalarini bir-biridan farqlash shak-shubhasiz lozim. Axir 
shaxs nafaqat ushbu ne’matlar bilangina emas, balki awalombor ong, 
iroda, shuningdek ijtimoiy, ma’naviy sifatlar bilan tavsiflanadi.
Yozishmalar siri, shaxsning sha’ni, qadr-qimmati, daxlsizligi va 
boshqalar—bular haqiqatan ham haqiqiy ijtimoiy ne’matlardir, ulardan 
foydalanishning davlat tomonidan kafolatlanganlik imkoniyati — bu 
subyektiv huquq, ya’ni, aytib o‘tilgan ne’matlarni himoya qilish huquqi 
va ularni buzishdan himoya qilishni talab qilish huquqidir.
Subyektiv huquqda esa huquq sohibi o‘z huquqiga rioya etilishini 
bir yoki bir necha shaxsdan talab qila oladi.
Mulkiy huquq bilan bog‘liq boMmagan ko‘pgina shaxsiy nomulkiy 
huquqlar mutlaq huquqlar hisoblanadi. Biroq, mutlaq huquq buzil- 
ganda, buzuvchiga mutlaq huquqni tiklashga yo‘naltirilgan harakatni 
sodir qilish vazifasi topshiriladi, bunda huquq sohibi huquqni buzuvchi 
bilan nisbiy huquqiy munosabatda boMadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mulkiy huquqlar bilan bog‘liq bo‘lmagan ba’zi shaxsiy huquqlar 
faqat nisbiy bo‘lishi mumkin.
Mulkiy huquq bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy huquqlar bir vaqtning 
o‘zida ham mutlaq, ham nisbiy huquqiy munosabatlarda namoyon 
bo‘lishi mumkin. Masalan, muallifning asarga daxlsizlik huquqi nash- 
riyot bilan munosabatda nisbiy xarakterga ega bo‘ladi. Muallif mual- 
liflik shartnomasiga muvofiq, uning asari qanday ko‘rinishda yaratilgan 
bo‘lsa, shunday holicha uning roziligisiz o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar, 
tuzatishlar kiritmay, nashr etilishini talab qilish huquqiga ega. Shu 
vaqtning o‘zida muallif o‘z asarining daxlsizligi xususida nomuayyan 
doiradagi shaxslar bilan mutlaq huquqiy munosabatga kirishadi, bunday 
holda uning huquqi mualliflik shartnomasiga emas, balki asami yaratish 
faktiga asoslanadi.
Mulkiy huquq bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi shaxsiy huquqlar faqat 
nisbiy hisoblanadi. Jumladan, fuqaroning tibbiy simi saqlashni talab qilish 
huquqi muayyan muassasaning tibbiy xodimiga yuklangan. Agar tashxis, 
davolash uslublari va boshqa ma’lumotlar begona shaxslarga ma’lum 
bo‘lsa, u holda ular simi saqlashga doir majburiyatga ega bo‘lmaydilar.
Shaxsiy nomulkiy huquqlarni ularning fuqarolik huquqlari 
subyektiga tegishliligi bo‘yicha farqlash mumkin. Bir xil shaxsiy 
huquqlar faqat fuqarolarga tegishli bo‘ladi (sog‘-salomatlikka bo‘lgan 
huquq, xususiy qiyofaga, tibbiy sir, farzandlikka olish siriga bo‘lgan 
huquqlar va boshqa shaxsiy huquqlar) boshqalari esa, faqat tashkilotga 
tegishli bo‘ladi, masalan, firma nomiga bo‘lgan huquq.
Fuqarolik huquqi fanida shaxsiy huquqlarni turkumlashtirish 
asoslariga turli mezonlai 
40
‘yilayotgani ham tabiiy. Fikrimizcha, 
shaxsiy nomulkiy huquqlarning turlari va doirasi keng, ularning 
«yagona, umumtan olgan o‘lchovini» ishlab chiqish bu behuda urinish. 
Fuqarolik huquqi olimlari har doim o‘z tadqiqot maqsadlaridan kelib 
chiqib, muayyan o‘lchovni ishlab chiqadilar va qo‘llaydilar. Natijada 
shaxsiy nomulkiy huquqlarni yangi qonuniyatlari ochiladi, u haqda 
bilimlarimiz boyiydi va kengayadi. Masalan, hozirga qadar ba’zi 
mualliflar shaxsiy nomulkiy huquqlarni tayinlanish maqsadi bo‘yicha 
subyektlar bo‘yicha va shaxsga ajratib bo‘lmaydigan holatda tegishli 
bo‘lgan ma’naviy ne’matlar byicha shaxsiy nomulkiy huquqlarni 
huquqiy tabiati, amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha 
turkumlashga harakat qiladilar.
Huquqshunos olim T. Fadeyeva shaxsiy nomulkiy huquqlaming 
muayyan maqsadini yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘ladi:
www.ziyouz.com kutubxonasi


1
) shaxsiy individuallashtirishga qaratilgan shaxsiy nomulkiy huquqlar: 
nomga bo‘lgan huquq (yuridik shaxsni nomlanishga bo‘lgan huquqi), 
sha’n, qadr-qimmat, ishbilarmonlik obro‘yiga bo‘lgan huquqlar;
2
) shaxsning jismoniy daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan shaxsiy 
nomulkiy huquqlar (yashash, erkinlik, istiqomat joyi, turar-joyga 
bo‘lgan huquqlar);
3) shaxsning ichki dunyosi va uning manfaatlari daxlsizligiga 
qaratilgan shaxsiy huquqlar (shaxsiy va oilaviy sirlar, xususiy ishlarga 
aralashmaslik, sha’n va qadr-qimmat).
A.A. Hasanov shaxsiy nomulkiy huquqlarni 4 guruhga ajratishni 
taklif etadi. Ulaming birinchi guruhiga, shaxsning jismoniy bardamligini 
ta’minlovchi shaxsiy nomulkiy huquqlami kiritish kerak:
- yashash huquqi;
- sog‘liq huquqi (salomatlikni muhofaza qilish);
- sog‘lom atrof-muhit huquqi.
Ikkinchi guruhga shaxsning o‘ziga tegishli bo‘lgan huquqlar kiradi:
- nomga bo‘lgan huquqi;
- xususiy qiyofa (ko‘rinish)ga bo‘lgan huquqi;
- sha’n va qadr-qimmat huquqi.
Uchinchi guruhni shaxsning muxtor (avtonom) holatini (shaxsiy 
hayot siri) ta’minlovchi huquqlar tashkil qiladi:
- advokatlik siriga bo‘lgan huquqi;
- notarial harakatlar siriga bo‘lgan huquqi;
- bank siriga bo‘lgan huquqi;
- tibbiy sir huquqi;
- farzandlikka olish siriga bolgan huquq;
- yozishmalar, telefon so‘zlashuvlari va telegraf xabarlari siriga 
bo‘lgan huquq;
- turar-joy daxlsizligiga bo‘lgan huquqi;
- shaxsiy hujjatlarning daxlsizlik huquqi.
To‘rtinchi guruh intellektual va boshqa faoliyat natijalarini himoya 
qilishga yo‘naltirilgan huquqlarni o‘z ichiga oladi:
- fan, adabiyot, san’at asarlarining, rasionalizatorlik takliflari, 
bctiro, sanoat namunalari, foydali modellar mualliflarinmg nomulkiy 
huquqlari;
- tovar belgisiga bo‘lgan huquqi.
Yuqoridagi turli turkumlash mezonlari shaxsiy nomulkiy huquqlar 
mazmunini yaxshiroq anglab yetishga va tegishli darajada himoya 
qilishga imkon beradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ushbu turkumlash mezonlari doimiy ravishda kengayib borishi 
tabiiy. Bu mezonlar asosida turkumlash shaxsiy nomulkiy huquqlar 
himoyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu shaxsiy nomulkiy 
huquqlarni yangi turlarini qonunlarda mustahkamlab qo‘yish, ular 
haqidagi normalarni takomillashtirish, fuqarolik huquqi fanini rivojlan- 
tirish uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
10-§. Sha'n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini 
fuqarolik huquqiy himoya qilish
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida har 
kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga 
aralashishdan himoyalanish huquqiga ega ekanligi mustahkamlangan 
bo‘lib, bu ko‘rsatmaga muvofiq qonunlarda tegishli qoidalarbelgilanadi. 
FKning 100-moddasiga binoan fuqaro yoki tashkilot o‘z sha’niga dog‘ 
tushiradigan va qadr-qimmatini, ishbilarmonlik obro‘sini pastga 
uradigan ma’lumotlarning, agar ana shu ma’lumotlami tarqatuvchi 
shaxs ulaming haqiqat ekanligini isbot qila olmasa, sud orqali rad 
qilinishini talab etishga haqlidir. Bunda qonun shaxsiy huquqlami 
himoya qilishda shaxsning jamiyatda o‘z mehnati bilan tutgan o‘mi, 
topgan obro‘sini nazarda tutadi.
Fuqarolik qonunchiligida bunday qoidalaming bo‘lishi shaxslaming 
huquqlari yana ham kengroq himoya qilinishiga alohida e’tibor 
berilganligini bildiradi.
Sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘siga tajovuz qilingan 
laqdirda ko‘p hollarda huquq t>ohibiga moddiy emas, balki ma’naviy 
zarar yetadi. Ma’naviy zarar huquqi buzilgan shaxsning jismoniy yoki 
ruhiy iztiroblari, qayg‘u-alam, g‘am-tashvish singari ko‘rinishlarda 
namoyon bo‘ladi. Qonunga asosan, agar fuqaroga uning shaxsiy 
nomulkiy huquqlarini buzuvchi yoxud unga tegishli boshqa nomoddiy 
ne’matlarga tajovuz qiluvchi harakatlar orqali ma’naviy zarar yetka- 
zilsa, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda sud 
huquqbuzar zimmasiga ko‘rsatilgan zararni pul orqali (moddiy 
ko‘rinishda) tovon to‘lash bilan qoplashni yuklashi mumkin.
Ma’naviy zararni qoplash xarajatlarini belgilashda sud huquq- 
buzarning aybi darajasini va boshqa e’tiborga molik holatini hisobga 
oladi. Sud shuningdek, zarar yetkazilgan shaxsni individual xususiyatlari 
bilan bog‘liq jismoniy va axloqiy qiynoqlari (iztiroblari, ruhiy azoblari) 
darajasini ham hisobga olmog‘i shart.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sha’n, qadr-qimmatni himoya qilishda ko‘p hollarda sud huquqni 
qayta tiklash yoxud huquqbuzarliklarni to ‘xtatishni ta’minlovchi 
choralar ko‘radi. Sha’n-ftiqaroning muayyan darajada tasdiqlanishi, 
uning ijtimoiy holatidir. Qadr-qimmat esa mazkur holatning sohibi 
ongida aks ettirilishi, ya’ni jamiyat tomonidan taqdirlanishiga ko‘ra 
shaxsning o‘z-o‘ziga bergan bahosidir.
Bu masala 0 ‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 
6

moddasida aytilganidek, mehnat sohasida o‘zini kamsitilgan deb 
hisoblagan shaxs kamsitishni bartaraf etish hamda o‘ziga yetkazilgan 
moddiy va ma’naviy zararni toMash to‘g‘risidagi ariza bilan sudga 
murojaat qilishi mumkin.
Ishchanlik obro‘si jismoniy yoki yuridik shaxsning fuqarolik 
muomalasida ishtirok etganidagi insofli yoki insofsiz harakat qilishini 
bildiradi. Biron-bir fuqaroning yoki tashkilotning nomiga, sha’niga 
dog‘ tushirishga, badnom qilishga, qadr-qimmatini pastga uradigan 
ma’lumotlami tarqatishga qonun yo‘l qo‘ymaydi. Bunday hollarda 
huquqlari buzilgan shaxslarning manfaatlari, jinoyat qonunchiligi 
normalari ( 0 ‘zbekiston Respublikasi JKning 139-140-moddalari) qo‘- 
riqlanishi yoki qriqlanmasligidan qat’i nazar, fuqarolik qonunchiligi 
bilan himoya qilinadi (FKning 100-moddasi).
Har qanday salbiy ma’lumotlar sha’n va qadr-qimmatni, ishchanlik 
obro‘sini pastga uradigan yoki unga dog‘ tushiradigan ma’lumotlar 
hisoblanavermaydi. Fuqarolik qonunida nazarda tutilgan ma’lumotlar, 
birinchidan, birovning sha’niga dog‘ tushiradigan yoki qadr- 
qimmatini ishchanlik obro‘sini pastga uradigan bo‘lishi, 
ikkinchidan, bu ma’lumotlarning tarqatilgan blishi, 
uchinchidan, mazkur ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan 
bo‘lishi kerak.
Shaxslarning obro‘siga dog‘ tushiradigan ma’lumotlar, degani 
qonun turmush doiralariga, jamiyatimiz axloq tamoyillariga blgan 
munosabatlarning salbiy baholanishi tushuniladi.
MaMumotlar konkret faktlarga baho berishdan yoki shaxsning 
xulqini, xatti-harakatini baholashdan iborat boMishi mumkin. Bunday 
ishlar bo‘yicha javobgar taraf faktlarning haqiqatda boMganligini 
isbotlasagina yoki keltirilgan baho va tavsif dalillariga to‘g‘ri kelishini 
isbotlasagina, da’vogar oldida javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. 
Agar javobgar da’vogar shaxsni tavsiflovchi dalillarning boMganligini 
isbotlay olmasa yoki sud javobgar bergan bahosi bilan kelishmasa, 
uni javobgarlikka tortishi mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Basharti, fiiqaroning sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga 
putur yetkazuvchi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida tarqatil- 
gan bo‘lsa, ayni shu ommaviy axborot vositalarida raddiya berilishi 
lozim (FKning 100-moddasi, 3-bandi).
Basharti, bunday ma’lumotlar tashkilotdan olingan hujjatda uchra- 
sa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi lozim (FKning 
100-moddasi, 4-bandi).
Boshqa harakatlarda raddiya berish tartibi sud tomonidan begila- 
nadi, lekin u obro‘ga putur yetkazuvchi ma’lumotlarni tarqatish usuliga 
va xarakteriga muvofiq bo‘lishi shart.
Obro‘ga putur yetkazuvchi ma’lumotlarni tarqatgan shaxs bunday 
ma’lumotlarni rad etish bilan birga ularning tarqatilishi natijasida 
yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni ham to‘lashi lozim.
Umumiy qoidaga ko‘ra, fuqaroning ishchanlik obro‘sini himoya 
qilish to‘g‘risidagi qoidalar yuridik shaxsning ishchanlik obro‘sini 
himoya etishga nisbatan ham tegishli yo‘sinda tadbiq etiladi (FKning 

Download 13,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish