‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-§. Fuqarolik-huquqiy normalarni sharhlash va



Download 13,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/325
Sana25.01.2023
Hajmi13,55 Mb.
#902197
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   325
Bog'liq
Fuqarolik huquqi. Umumiy qism (R.Ruziyev, V.Topildiyev)

4-§. Fuqarolik-huquqiy normalarni sharhlash va
ularning turlari
Fuqarolik-huquqiy normalarni tadbiq etish va sharhlash to ‘g‘risida 
to‘xtalib shuni aytish kerakki, huquqiy normalarni tadbiq etish deganda, 
konkret fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tegishli huquq normasiga 
muvofiq holda qilinishi va bu munosabat yuzasidan majburiy kuchga 
ega bo‘lgan qaror qabul qilinishi tushuniladi. Huquq normalari tadbiq 
etishga vakolatli bo‘lgan davlat organlari tomonidan, jumladan, sud, 
prokuratura, xo‘jalik sudi va boshqa organlar, shuningdek, b a’zi hollar- 
da jamoat tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Huquq normalarini tadbiq etish tushunchasidan ularga rioya qilish 
tushunchasi farq qiladi. Huquq normasini yuqorida aytilganidek, faqat 
muayyan vakolatli organlargina tadbiq etishlari mumkin bo‘lsa, huquqiy 
normalarga rioya qilishga har bir shaxs (fuqaro va tashkilot) majburdir.
Huquq normasining to ‘g ‘ri qoMlanilishi uning hozirgi vaqtda 
amalda bo ‘lish-bo‘lmasligini, ya’ni, uning bekor qilingan-qihnma- 
ganligini yoxud o ‘zgartirilgan-o‘zgartirilmaganligini, uning qanchalik 
majburiy bo‘lish-bo‘lmasligini va haqiqiy matnini aniqlash imkoniyatini 
beradi. Huquq normasini tegishli fuqarolik huquqiy munosabatga tadbiq 
etish uchun uning aniq mazmunini, m a’nosini va ahamiyatini belgilash 
zarur. Huquq normasi m a’nosini belgilash va tushuntirishga qonunni 
sharhlash deyiladi.
Fuqarolik huquqi normalarini sharhlash sharhlovchi subyektlar, 
sharhlash usullari, shuningdek, hajmiga qarab bo‘linadi.
Normani sharhlovchi subyektlar huquq normalariga rasmiy va 
norasmiy sharh beruvchilarga bo‘linadi. Rasmiy sharh vakolatli bo‘lgan 
hokimiyat organlari tomonidan berilib, ma’lum darajada majburiy 
kuchga ega bo‘ladi. Bunday sharh Oliy Majlis tomonidan beriladi. 
Ular Respublika doirasida barcha fuqarolar va tashkilotlar uchun 
majburiy hisoblanadi. Shuningdek, mahalliy Kengashlar tomonidan 
beriladigan sharhlar ham rasmiy ayni paytda majburiy hisoblanadi.
Rasmiy sharhning turlaridan biri sud sharhlashidir. M a’lum bir 
ishni hal qilishda sud tomonidan berilgan sharh chiqarilgan qarorning 
qonuniy kuchga kirganidan so‘ng mazkur ish bo‘yicha majburiy 
hisoblanadi. Ammo kelajakda shunga o‘xshash boshqa ishni hal qilishda, 
boshqa sudlar, jumladan, shu sudning o‘zi ham awalgi ishning hal 
qilinishiga qarab masalani echa olmaydi. Chunki, umumiy xarakterda 
bo‘lgan ba’zi sharhlar Oliy sud Plenumi tomonidan beriladi. «Sudlar 
to ‘g‘risida»gi qonunda Oliy sud Plenumi rahbariy tushuntirishlar 
berishligi ko‘rsatildi. Shu tartibda qabul qilinadigan qarorlar sudlarda 
ishlaming bir xilda ko‘rilishini ta ’minlashga qaratilganligi sababli sudlar 
uchun majburiydir.
Norasmiy sharh 
deb, majburiy kuchga ega bo‘lmagan sharhga, 
masalan, ilmiy asarlarda, darsliklarda, ma’ruzalarda beriladigan sharh- 
larga aytiladi. Bunday sharhlar yuridik kuchga ega bo‘lmasa ham 
qonunning m a’nosini aniqlashga yordam beradi. U lar imloviy, 
mantiqiy, tizimli va tarixiy sharhlashga bo‘linadi.

Download 13,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish