A. Egasi boMmagan yoki egasi nom a’lum boMgan ashyo egasiz ashyo
hisoblanadi.
B. Barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan ashyo yoki mulk egasiz ashyo
hisoblanadi.
C. Mulk egasi vafot etsa,undan qolgan barcha m ol-m ulk egasiz ashyo
hisoblanadi.
D. Yer, suv, havo va tog‘lar egasiz ashyo hisoblanadi.
5.
N a tsio n a liza tsiy a — b u
..................
?
A. Fuqarolar hamda yuridik shaxslar m ol-mulkini qonun hujjatlariga
muvofiq haq to ‘lash asosida davlat ixtiyoriga o ‘tkazilishi.
B. Tabiiy ofatlar,avariyalar,epedemiyalar,epizootiyalar yuz bergan taqdirda
va favqulodda vaziyatlarda jamiyat manfaatini ko‘zlab davlat hokimiyati
organining qaroriga muvofiq, mulkdorga mol-mulkni haqqini to‘lagan holda
olib q o ‘yilishi.
C. Qonun hujjatlariga muvofiq m ol-m ulkning mulkdordan sudning
qaroriga m uvoflq jinoyat yoki o ‘zga huquqbuzarlik qilgani uchun haq
to ‘lamasdan olib qo‘yish.
D. Shaxsga tegishli b o‘la olmaydigan m ol-m ulkni qonun hujjatlariga
muvofiq mulkdordan olib q o‘yilishi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
I-§. Xususiy mulk tushunchasi va uning ahamiyati
0
‘zbekiston Respublikasi FKning 207-moddasiga asosan xususiy
mulk huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo‘lga
kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf
etish huquqidir. Ya’ni u meros tariqasida ishlab chiqarishda o‘z mehnati
bilan shaxsan ishtirok etish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish,
bitimlar tuzish, yollanma mehnatdan foydalanish tartibida hamda
qonunda taqiqlab qo‘yilmagan boshqa asoslarda olgan huquqidir.
Xususiy mulk huquqi bilan bog‘liq muhim qoida shuki, xususiy mulk
bo‘lgan mol-mulk miqdor va qiymat jihatdan cheklanmaydi. Mulkchilik
munosabatlari azaldan insonlar hayoti bilan bog‘liq boMib, u hozirgi
kunga qadar har bir kishini qiziqtirib kelgan. Bu munosabatlarda mulk
tushunchasi, uning shakllari va turlari to‘g‘risida fikrlar rivojlanib bordi.
Xususiy mulk — bu xususiy shaxslarga tegishli mulk boMib, mulkdor
o‘z mulkiga xususiy tarzda egalik qiladi, undan foydalanadi va tasarruf
etadi.
Amaldagi qonunchilikka asosan, xususiy mulk xususiy shaxslarga
tegishli boMgan, har xil asoslarda o‘zlashtiriladigan mol-mulklardir.
Xususiy mulk huquqi to‘g‘risida juda ko‘plab sivilist olimlar tadqiqot
olib borganlar, jumladan: X. Rahmonqulov, I. Zokirov, Sh. Ro‘zina-
zarov, X. Azizov, R. Ro‘ziyev, V. Ergashev va boshqalar.
Xususiy mulk huquqi — bu daromad olish maqsadida o‘z mol-
mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish huquqidan
iboratdir.
Xususiy mulk huquqi subyektlari turli-tuman va keng doirada boMsa
ham ularni birlashtiruvchi belgi mulkning vujudga kelishi, undan
foydalanish, boshqarish, tasarruf etish, uning natijalaridan bahramand
boMishda jismoniy shaxs (xususiy shaxs)ning u yoki bu darajada ishtirok
etishi, ishtirok etganida ham ommaviy mulkdagi kabi fuqaro (davlatga
mansub shaxs) yoki maxsus vakolatli mansabdor shaxs sifatida emas,
balki mulkdor shaxs sifatida ishtirok etishidir. Bunday ishtirok etish
bevosita (masalan, fuqarolarga tegishli mol-mulk bo‘yicha mulkdor
www.ziyouz.com kutubxonasi
vakolatlarini amalga oshirishda) yoki bilvosita (masalan, yuridik
shaxsni ta’sis etuvchisi yoki yuridik shaxs mol-mulkidan bahramand
bo‘luvchi subyekti sifatidagi huquqlarni amalga oshishida) namoyon
bo‘ladi. Har ikkala ko‘rinishda ham xususiy shaxsga ma’lum mulkiy
huquqlar tegishli bo‘ladi va u bu huquqlarni o‘ziga xos tarzda ro‘yobga
chiqaradi.
2-§. Xususiy mulk huquqining vujudga kelishi va
bekor bo‘lishi
Mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo‘lish asoslari deganda,
mulk huquqining olinishi yoki yo‘qotilishi bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik
faktlar nazarda tutiladi. Mulk huquqining olinishi asoslarida jamiyatning
iqtisodiy tizimi o‘z ifodasini topadi. Mulk huquqining olinishi: dastlabki
va hosila asoslarga bo‘Iinadi. Mulk huquqining vujudga kelishini
bildiradigan dastlabki asoslar bo‘yicha mulkka nisbatan egalik huquqi
ilgari hech kimga tegishli bo‘lmagan mulkka nisbatan yoki awalgi
mulk egasining huquqi bilan bog‘liq bo‘lmagan holda vujudga keladi.
Mulk huquqining dastlabki asosda vujudga kelishi:
— birinchidan, tabiat ne’matlarini o‘zlashtirish;
— ikkinchidan, ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirish natijasida yangi ashyolarni vujudga keltirish;
— uchinchidan, egasiz mulkning sud qarori bilan davlat ixtiyoriga
olinishi;
— to‘rtinchidan, egasi boMmagan mulkka yoki egasi boMsa ham
xo‘jasizlik bilan saqlanayotgan mulkka, egalari tomonidan belgilangan
muddatlarda talab qilib olinmagan mulklarga, shu jumladan, topilgan
ashyolar, xazinalar (boshqa usulda yashirilgan narsalar) topilishi hol-
larida yuz beradi.
Mulk huquqining vujudga kelishida egalik huquqini vujudga kelti-
ruvchi muddat o‘ziga xosdir. Mulkdor boMmagan, lekin ko‘chmas
mol-mulkka o‘n besh yil davomida yoki boshqa mol-mulkka besh yil
davomida o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs
bu mol-mulkka nisbatan mulk huquqini oladi, ya’ni toMa ma’noda
mulkdor huquqlariga ega boMadi (FKning 187-moddasi).
Mulk huquqining bekor boMish usullari ham xilma-xil. Bu usullarni
quyidagicha turkumlashtirish mumkin:
1)
mulkdorning o‘z erki-irodasi bo‘yicha mulk huquq bekor boMishi
(masalan, mol-mulkni sotish, hadya qilish va h.k.);
www.ziyouz.com kutubxonasi
2
) mol-mulkni tugatish va hisobdan chiqarish (yo‘q qilib tashlash)
yoki nobud bo‘lishi natijasida mulk huquqining bekorbo‘lishi (FKning
198-inoddasi);
3) mulkdorning erki-irodasidan tashqari mol-mulkning olib qo‘yi-
lishi orqali mulk huquqining bekor bo‘lishi. Mol-mulkni mulkdordan
olib qo‘yishga qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda mulk-
dorning majburiyatlari bo‘yicha undiruv ana shu mol-mulkka qaratil-
gan taqdirda, shuningdek, natsionalizatsiya qilish, rekvizitsiya va muso-
dara qilish tartibida yo‘l qo'yiladi (FKning 199-moddasi).
Agar qonunga asosan shaxsga tegishli bo‘la olmaydigan mol-mulk
uning mulki bo‘lib qolsa, ushbu mol-mulkka nisbatan mulk huquqi
sud tartibida bekor qilinib, olib qo‘yilgan mol-mulkning qiymati shaxsga
to‘lanadi (FKning 199-moddasi, 2-bandi).
Ashyolarga nisbatan egalik huquqi ba’zi hollarda mulk egasining
erkidan tashqari ham bekor bo‘lishi mumkin. Masalan, ashyolar tabiiy
ofatlar, yong‘in, suv toshqini, zilzila natijasida tasodifan nobud bo‘li-
shida mulk huquqi mulk egasining erkiga bog‘liq bo‘lmagan holda
bekor bo‘ladi. Ba’zi hollarda, jumladan, qarzni qoplash uchun ijro
varaqasi bo‘yicha haq undirilishida yoki mol-mulkning musodara
qilinishida egalik huquqi mulk egasining erkiga bog‘liq bo‘lmagan holda
bekor bo‘lishi murnkin.
3-§. Xususiy mulk huquqi subyektlari
Xususiy mulk huquqining subyektlari fuqarolar, xo‘jalik shirkatlari
va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar
va davlatga qarashli boMmagan boshqa yuridik shaxslardir (FKning
208-moddasi). Xususiy mulk huquqi fuqarolar va nodavlat yuridik
shaxslar mulki ko‘rinishida uchraydi. Fuqaro mulki xususiy mulkning
o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lib, mulkning boshqa turlariga nisbatan quyidagi
afzalliklarga ega:
Birinchidan, mulkdor har doim konkret shaxs boMadi;
Ikkinchidan, mulkdor mulkka nisbatan eng yaqin boMadi va unga
ta’sir qilishda q^tor ustunliklarga ega;
Uchinchidan, bunday mol-mulk tashmachilik, o‘g‘rilik, xo‘jasizlik-
ning qurboni boMish ehtimolidan uzoqdir.
Boshqacha aytganda, xususiy mulkning bu turini fuqarolarga yakka
tartibda tegishli boMgan mol-mulk ma’nosida tushunish mumkin. Bu
mulkning eng asosiy belgilari mol-mulkka nisbatan mulkdor yakka
www.ziyouz.com kutubxonasi
shaxs, ya’ni fuqaro ekanligi va u mol-mulkka nisbatan o‘z huquqlarini
xususiy tarzda amalga oshirishga haqli ekanligidir. Xususiy tarzda
amalga oshirish deyilganda, mulk sohibi bo‘lgan shaxsning boshqa
har qanday shaxslardan ruxsat olmay, o‘z xohishiga ko‘ra mulkiy hu-
quqlarni e’tirof etish yollanma mehnatni qoMlash asosida foyda olish
maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish vositalariga, korxonalarga egalik
qilish imkoniyatlariga yo‘l ochdi. Ayni vaqtda xususiy mulk huquqini
fuqarolarning o‘ziga yakka tartibda tegishli mol-mulkka nisbatan erki
va irodasini amalga oshirishda mutlaq xohishni ro‘yobga chiqarish
ma’nosida tushunmaslik lozim. Xususiy mulk egasi o‘z huquqlarini
amalga oshirishda atrof-muhitga zarar yetkazmasligi va boshqa shaxslar-
ning manfaatlarini buzmasligi lozim. Yuqorida ta’kidlanganidek, barcha
mulk turlari ichida faqat fuqarolar mulkida mulkdor o‘z mulkiga eng
yaqin turadi. Qachonki mulkdor aniq va muayyan bo‘lsa, o‘z mol-
mulkiga bevosita tez va oson ta’sir ko‘rsatishga, nazorat qilishga imkon
tug‘iladi, bunday mol-mulk esa, xo‘jasiz qolmaydi. Aksincha, mulk-
dorning doimiy nazorati, boshqaruvi, g‘amxo‘rligi ostida ko‘payib,
rivojlanib boradi. Fuqarolar mulki sifatidagi bunday xususiy mulk bozor
munosabatlari tizimida tadbirkorlik faoliyatining moddiy negizi mo‘l-
koMchilik va farovonlik manbai sifatida o‘ziga xos mavqega ega bo‘ladi.
Shu bilan birga mulkdorning o‘z mulkiga yaqin turishi, bozor iqtiso-
diyoti sharoitida o‘zgarib turuvchi talab va taklifga tez moslashish
imkonini beradi.
Fuqarolarga qarashli mol-mulk oila mulki ko‘rinishida ham bo‘lishi
mumkin. Oila — kishilarning bir-birlari bilan qon-qarindoshlik yoki
nikoh asosida birgalikda yashab, umumiy xo‘jalik yurituvchi uyush-
masidir. Oilaviy mulkning tarkibiga quyidagilar kiradi:
— er-xotinning birgalikdagi mulki;
— oila a’zolarining har biriga shaxsan tegishli bo‘lgan mulk, shu
jumladan, nikohgacha bo‘lgan mulk ham;
— oilaviy umumiy mulk — oila mulki oila a’zolarining umumiy
kelishuvi asosida boshqariladi. Umumiy qoidaga ko‘ra oila yuridik
shaxs emas, biroq oila zamirida dehqon xo‘jaligi tashkil etilsa, u yuridik
shaxs huquqidan foydalanadi. Biroq, bu yerda oila bilan dehqon xo‘ja-
ligini aslo aralashtirib yubormaslik kerak.
Xususiy mulk huquqining ikkinchi ko‘rinishi — nodavlat yuridik
shaxslarning mulk huquqidir.
Nodavlat, ya’ni davlatga qarashli bo‘lmagan yuridik shaxslar mulki-
ning iqtisodiy mazmuni tashkiliy jihatdan uyushgan kishilar guruhiga
www.ziyouz.com kutubxonasi
moddiy ne’matlarning tegishli ekanligida ifodalanadi. Ba’zi iqtisodiy
adabiyotlarda yuridik shaxslar mulki shu jamoa a’zosi hisoblangan
shaxslarning umumiy hissali mulki deb ko‘rsatiladi. Bu noto‘g‘ri.
Mazkur mulkning subyekti faqat yuridik shaxs hisoblanadi.
Yuridik shaxslar mulkida umumiy mulkdagi kabi ko‘p subyektlilik
emas, balki bir subyektlilik mavjud. Yuridik shaxslar mulkining quyidagi
turlari mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |