XII bob.
MULK HUQUQI УА BOSHQA ASHYOVIY
HUQUQLAR
l-§. Mulk va
mulk huquqi tushunchalari
Mamlakatimizda bozor munosabatlari qaror topganidan so‘ng
hayotimizda bir qator yangi fuqarolik-huquqiy munosabatlar vujudga
keldiki, bu holat ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan voz kechib, erkin
iqtisodiy munosabatlar amal qilishini ta’minladi. Bu esa, o‘z navbatida,
mulkiy munosabatlar tizimida bir qator yangi qoidalar vujudga kelishiga
zamin yaratdi. Ayniqsa, bozor munosabatlari qonuniyatlari hisoblangan
talab va taklif, raqobat qonuniyatlari bilan hamohang bo‘lgan mulk
shakllarining tengligi, mulkning daxlsizligi,
har kimning mulkdor
bo‘lishga haqliligi, mulkdorning o‘z mulkidan o'z xohish va manfaat-
larini ko‘zlab harakat qilishi kabi tamoyillarning huquqiy jihatdan
kafolatlanganligi xususiy mulkchilik va tadbirkorlik faoliyatiga keng
yo‘l ochib berdi. Jamiyatning iqtisodiy negizi - mavjud mulkchilik
munosabatlariga asoslanadi.
Shu sababli mulk nafaqat yuridik mazmunga,
balki iqtisodiy
ma’noga ham ega. Kishilar mehnati bilan yaratilgan yoki tabiat
tomonidan insonlarga o‘ziga xos tarzda «taqdim etilgan» boyliklar
har doim mulk bo‘lib kelgan. Mulk egasi bo‘lish yoki boMmasligiga
qarab, kishilarning jamiyatdagi mavqei, aniqrog‘i ijtimoiy-iqtisodiy
maqomi vujudga keladi.
Mulkchilik munosabatlari-jamiyatdagi boyliklarni o‘zlashtirish
xususidagi iqtisodiy munosabatlardir.
Mulkchilik —
birinchidan, insonning boyligi bo‘lmish ashyo,
buyum yoki boshqa narsaga nisbatan egalik his-tuyg‘usi bilan bog‘liq
munosabat, ikkinchidan, ana shu boylik, ne’mat xususida kishilar
o‘rtasida vujudga kelgan munosabatdir. Kishilar buyumlarni,
ne’matlarni o‘ziniki qilib olgandagina o‘zlashtirishlari mumkin, chunki
jamiyatda o‘zganiki bo‘lgan ne’matlarni o‘zlashtirib bo‘lmaydi. Mulk
sohibi o‘z mulkiga mustaqil tayanib ish ko‘radi. Mulksiz o‘zganing
mulkini ijaraga oluvchi yoki mulkdorga yollanib ishlovchi shaxs mustaqil
emas. Ne’matlar ikki yo‘sinda: ishlab chiqarish resurslari, ya’ni
vositalari va ishlab chiqarish natijalari sifatida o‘zlashtiriladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Mulkchilik bu — mas’uliyat bilan
manfaatning uzviy birligi
hisoblanadi. Mulkchilik real bo‘lishi uchun mulkdoming iqtisodiy
manfaati uning boylik egasi sifatidagi hayotiy ehtiyoji bo‘lib, xatti-
harakat, fe’l-atvorini iqtisodiy motivasiyasi (sababini) yuzaga chiqaradi1.
Mamlakatimizda bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilik
munosabatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi. Shaxsni
mulkdan begonalashuviga asoslangan ijtimoiy alohida imtiyozli
mavqega barham berildi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
53-moddasida bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan mam-
lakatimiz iqtisodiyotining negizini xilma-xil
shakllardagi mulk tashkil
etishi mustahkamlab qo‘yildi.
Tabiat boyliklari va kislii mehnati natijalari shaxslar tomonidan
ayrim-ayrim holda o‘zlashtirilmay, balki birgalashib va o‘zaro hamkorlik
bilan o‘zlashtiriladi. Binobarin, mulk tabiat narsalarini o‘zlashtirishda
kishilar va ularning jamoalari o‘rtasida bo‘lgan munosabatni, ya’ni
ijtimoiy munosabatni, ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini bil-
diradi.
Yuqorida aytilganlardan ma’lum bo‘lishicha, mulk ishlab chiqarish-
ning zarur sharti va ishlab chiqarilgan boyliklarning o‘zlashtirilishi
natijasi hisoblanadi.
Mulk ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni
egallash, foydalanish va ularni tasarnif etish sohasida bo‘ladigan ijtimoiy
munosabatlarning majmui sifatida ham ta’riflanishi mumkin.
Yuridik ma’nodagi «mulk» tushunchasi to‘g‘risida to‘xtalib
shuni
aytish kerakki, shaxslar tomonidan tabiat boyliklarini, ashyolarini
o‘zlashtirishda bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan
va mustahkamlaydigan huquqiy normalar tizimi-yuridik ma’nodagi
«mulk» tushunchasida qo‘llaniladi. Bu ma’nodagi mulk mulk huquqi
sifatida ko‘riladi.
2-§. Mulk huquqining mazmuni
Mulk huquqi ikkiga obyektiv va subyektiv ma’nodagi mulk huquqiga
boMinadi.
Obyektiv ma’nodagi
mulk huquqi, deganda tabiat ashyolarini
ijtimoiy o‘zlashtirishning mavjud zahiralarini, usullarini belgilash,
1
Do'stlaringiz bilan baham: