vakolati un in g mulkiga nisbatan qaysidir jih atd an m ulkdorning
huquqiga o ‘xshab ketadi, biroq ittifoqdosh tashkilotlarda ular chek-
langan va «ittifoq maqsadiga muvofiq» shaklan
0
‘zgarganlar1. Shunga
qaramay, biz bunday huquqiy m unosabatlarning mulkiy xarakteri
xususida so ‘z yuritishimiz mumkin, chunki ular umumiy maqsadni
ko‘zlaydi va unga erishish uchun vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Bu borada ayrim e ’tirozlar ham mavjud: notijorat korporativ tash-
kilotlarning qatnashchilari daromadga ega bo‘lish maqsadini ko‘zlamay
ishtirok etadi. Albatta, ular belgilagan yuridik shaxs mulkiy aylanmada
faqatgina tashkilotni tuzishda ko‘zlangan maqsadga erishish zarur
boMgani uchungina ishtirok etadi. Biroq agar tashkilot a ’zolari yuridik
shaxsni tuzgan ekanlar, dem ak, ularning nom ulkiy ehtiyojlarini
qondirish uchun ulardan qandaydir mulk va mulkiy aylanmada ishtirok
etish talab qilinadi. Yuridik shaxsning mulkini boshqarish va nazorat
qilishni amalga oshirish uchun qatnashchilar huquqiy m unosabatlar-
ning a ’zolik (korporativ) doirasidagi ayrim huquqlarga ega b o ‘lish-
lari zarur. Biz yana shunday xulosaga kelamizki, mulkiy m unosa-
batlarda nomulkiy huquqlar boMishi mumkin emas. D em ak, hatto
notijorat tashkilotlar doirasida ham mulkiy m unosabatlardagi a ’zolik
mulkiy xarakterga ega.
Bundan tashqari, agar bunday tashkilot a ’zolari masalan, m a’naviy
ehtiyojlarini qondirish uchun o ‘z kuchlarini birlashtirsalar, u holda,
ular o‘rtasida nafaqat fuqarolik huquqiy munosabatlari, balki, umum an
huquqiy normalar tom onidan tartibga solinmaydigan boshqacha muno-
sabatlar ham vujudga keladi. T a’bir joiz boMsa, aytish mum kinki,
ular nomulkiy xarakter kasb etadi. Masalan, diniy tashkilot a ’zolari
va dinni tartibga soluvchi normalar o ‘rtasida yuzaga kelgan m uno-
sabatlarda o ‘sha shaxslar butunlay boshqa maqomga ega boMadi.
Korporatsiya boshqaruvida faqatgina uni boshqarish uchungina
qatnashish mumkin emas. Agar kimdir o ‘zining boshqaruvchilik qo-
biliyatini namoyon qilmoqchi boMsa, u m ehnat yoki fuqarolik huquqiy
shartnomasini tuzib, boshqaruvchi boMib ishlashi mumkin.
Xo‘jalik shirkatida, masalan, toMiq ishtirokchi huquqiga ega shaxs
korporativ huquqqa ega boMib, shirkat ichidagi boshqaruv (ichki
munosabatlar)da ishtirok etishi mumkin, o‘zining tadbirkorlik qobiliyat-
larini namoyon etishi uchun esa — shirkatdagi ishlarni olib borish
hamda undan tashqari (tashqi munosabatlar)dagi ishlarda ham ishtirok
Do'stlaringiz bilan baham: