‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-§. Neustoyka — majburiyatlaming bajarilishini



Download 12,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/320
Sana22.04.2022
Hajmi12,36 Mb.
#571687
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   320
Bog'liq
Fuqarolik huquqi (Umumiy qism).Рўзиев

2-§. Neustoyka — majburiyatlaming bajarilishini
ta’minlash usuli sifatida
Neustoyka qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilangan 
qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan 
taqdirda kreditorga toMashi shart boMgan pul summasidir (FK, 260- 
modda). Neustoyka jarima va penya shaklida boMadi.
Majburiyatning bajarilishini ta’minlash usullari sifatida ko‘rilgan 
jarima bilan penya o‘rtasida hech qanday muhim farq yo‘q. Ular faqat 
hisoblashish usullari jihatidangina bir-biridan farq qiladi. Penya maj- 
buriyatning bajarilishi kechiktirilganda qoMlaniladi va muayyan vaqt 
masalan, o‘n, yigirma, o ‘ttiz kun davomida hisoblanadi. Penya majbu- 
riyatning bajarilishi kechiktirilganida kechiktirishning barcha muddati 
davomida hisoblanib bajarilmagan summasi yuzasidan belgilangan 
foizlar bilan undiriladi. Majburiyatning bajarilishini kechiktirish vaqti 
oshib borgan sari penya summasining ham o‘sib borishi majburiyatni 
mumkin qadar tezroq bajarishga qarzdorni majbur qiladi.
Agar penya muayyan kunlar, masalan, o ‘ttiz kun davomida hisob- 
lansa, mazkur kunlar o ‘tgandan so‘ng uning hisoblanishi to ‘xtatiladi. 
Odatda, keyinchalik kreditorga qarzdordan birdaniga 2 foizdan 5 foiz- 
gacha neustoyka olish huquqi paydo boMadi. Tor m a’nodagi neustoyka 
majburiyatni butunlay bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik 
uchun, shu jumladan shartnoma majburiyatlarining ijrosini kechik- 
tirganlik uchun undiriladi va yetkazib berilmagan mahsulotning yoki 
pudrat shartnomasi bo‘yicha bajarilmagan ishlar summasidan hamda 
shu kabi boshqa summalarga nisbatan foiz bilan, masalan, 2, 3, 4, 5 
foiz miqdorida neustoyka olinadi. Neustoykaning xususiyati shundaki, 
u majburiyatning bajarilishi buzilishida har qaysi fakt uchun undiriladi 
va uning miqdori majburiyat kechiktirilishining qanchalik uzoqroq 
boMish boMmasligidan qat’i nazar belgilanadi. Fuqarolik qonunchiligi 
neustoykaning ikki huquqiy asosini: qonun va shartnomadan kelib 
chiqishini belgilaydi.
Qonuniy neustoyka deganda, majburiyatlarning muayyan turlari 
uchun qonun bilan maxsus belgilangan neustoyka tushuniladi. Bu holda 
qonun neustoykaning miqdori, uning undirilish tartibi va shartlarini 
belgilaydi. Qonun bilan belgilanadigan neustoyka uchun shu narsa 
xarakterliki, uni toMash taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan yoki 
tutilmaganligidan qat’i nazar kreditor qonunda belgilangan neustoyka 
(qonuniy neustoyka)ni toMashni talab qilishga haqli. Qonuniy neus-


toykaning miqdori, agar qonun taqiqlamasa, taraflaming kelishuvi 
bilan ko‘paytirilishi mumkin (FK, 263-modda).
Qonunda nazarda tutilgan neustoykani undirishdan taraflar bosh 
torta olmaydilar, uning miqdorini ham kamaytira olmaydilar. Agar 
shartnomada bunday shartlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, ular haqiqiy sanal- 
maydi. Qonuniy neustoyka xo‘jalik tashkilotlari o‘rtasidagi munosabat- 
larda ancha ko‘p qo‘llaniladi va maxsus normativ hujjatlarda nazarda 
tutiladi. Xususan, taraflar tomonidan o‘z majburiyatlarini buzganliklari 
uchun jarima shaklidagi neustoykaning ko‘p miqdorda va har xil hollarda 
olinishi transport qonunchiligida va ustavlarida nazarda tutiladi.
Shartnomali neustoyka taraflarning o ‘zaro kelishuvi bo‘yicha belgi- 
lanadi. Bunday neustoyka asosiy majburiyatning neustoyka bilan 
ta ’minlanishi yoki ta’minlanmasligi to‘g‘risidagi masala, uning miqdori, 
undirish tartibi va shartlari faqat taraflarning o ‘zlari tomonidangina 
belgilanadi. Masalan, ikkita xo‘jalik subyekti bir-biriga qurilish uchun 
g‘isht yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma tuzganlarida majburiyatni 
buzganlik uchun neustoykaning to‘lanishini ko‘rsatishlari mumkin. 
Ba’zi hollarda shartnomaga neustoyka undirish to‘g‘risidagi shartning 
qo‘shilishi zarurligi qonun yoki shartnoma bilan belgilanishi mumkin. 
Bunday holda neustoykaning miqdori va undirilish shartlari, odatda, 
mazkur qonunda belgilanadi. Ammo bunday neustoykani qonun bilan 
belgilangan neustoyka, deb hisoblash mumkin emas, chunki taraflar 
neustoyka to ‘g‘risidagi shartnomani shartnomaga kiritmaganliklari 
sababli majburiyat bajarilmagani uchun neustoyka to ‘lashga majbur 
bo‘lmaydi.
Neustoyka 
( j a r i m a ,
penya) to‘g‘risidagi kelishuv FKning 262-mod- 
dasida ko‘rsatilganidek, yozma shaklda tuzilishi kerak. Bunday kelishuv 
maxsus shartnoma yoki asosiy shartnomaga qo‘shimcha kelishuv 
shakllarida rasmiylashtirilishi mumkin. Kelishuvning yozma shaklda 
blishiga rioya qilmaslik neustoyka (jarima, penya) to ‘g ‘risidagi 
kelishuvning haqiqiy sanalmasligiga sabab bo‘ladi.
Amaldagi fuqarolik qonunchiligiga asosan neustoyka quyidagi tur- 
larga bo‘linadi:
• hisobga o‘tkaziladigan neustoyka;
• jarimali neustoyka;
• alohida neustoyka;
• muqobil neustoyka.
Hisobga o ‘tkaziladigan neustoyka FKning 325-moddasida ko‘rsa- 
tilganidek, agar majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada


bajarm aganlik uchun neustoyka belgilangan b o ‘lsa, zararning 
neustoyka bilan qoplanmagan qismi toManadi. Bunday neustoyka 
ko‘pincha tashkilotlar o‘rtasida tuziladigan, masalan, mahsulot yetkazib 
berish, qurilish pudrati shartnomalarida qo‘llaniladi.
Jarimali neustoyka kreditorga qarzdordan neustoykaning o ‘zini, 
shuningdek, neustoykadan tashqari zararni ham to ‘la hajmda undirish 
huquqini beradi. FKning 325-moddasida nazarda tutilgan bunday 
neustoyka shunday xususiyatga egaki, u qarzdorga butunlay bajarma- 
ganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun belgilanganidan boshqa 
turdagi neustoykalarga nisbatan qo‘shimcha javobgarlik belgilaydi. 
Neustoykaning shunday tarzda qo‘shilib, ya’ni neustoykaning ham, 
zaraming ham qo‘shilishi va bir vaqtda undirilishi majburiyatni bajaruv- 
chi qarzdorga kuchli ta ’sir etish chorasi bo‘lib ko‘riladi. Masalan, 
mahsulot oluvchiga sifatsiz yoki but bo‘lmagan mahsulot yetkazib beril- 
gan hollarida mahsulot yetkazuvchining neustoyka (jarima) to‘lash, 
bunday mahsulot yetkazib berish natijasida ko‘rilgan zararni (neustoy- 
kani bu hisobga kiritmasdan) undan undirib olish bunga misol bo‘la 
oladi.
Alohida neustoyka shu bilan xarakterlanadiki, bunda FKning 325- 
moddasida ko‘rsatilganidek, kreditorga zararni undirmasdan, balki 
neustoykani undirib olish huquqi beriladi. Majburiyatning bajarilishini 
kechiktirganlik uchun undiriladigan alohida neustoyka — penya shaklida 
belgilanadi. Masalan, kvartira haqining to ‘lanishi yoki boshqacha pul 
to ‘lovlari kechiktirilganda, odatda, alohida neustoyka undiriladi. Bun- 
day neustoyka jarim a shaklida transport korxonalari faoliyatidan 
shartnomaviy reja majburiyatlarining buzilganligi uchun ham undirilishi 
mumkin.
Muqobil neustoyka yuqorida ko‘rsatib o ‘tilgan neustoykalardan 
shu bilan farq qiladiki, bunda kreditorga qarzdordan belgilangan neus- 
toyka (jarima, penya) ni undirish yoki majburiyatning bajarilmasligi 
tufayli ko‘rilgan zararlarni undirish huquqi beriladi. Neustoykaning 
bunday turi rag‘batlantirish ahamiyatiga ega boMishidan tashqari, yana 
awaldan summada belgilanishi mumkin boMgan zararni qoplash im- 
koniyatini ham beradi. Shuning uchun bunday neustoyka ba’zi hollarda 
baholanadigan neustoyka, deb ham ataladi. Muqobil neustoyka kredi- 
toming krgan zararlarini qoplashga qaratilgan. Agar neustoyka kredi- 
torga yetkazilgan zararning miqdoridan oshib ketgan boMsa, kreditor 
neustoykani undirishdan bosh tortishga va ko‘rgan zararlarining toMa- 
nishini talab qilishga haqli. Bu holda kreditor qarzdorning o‘z maj-


buriyatini bajarmasligi tufayli qanday zarar ko‘rganligini isbotlashga 
majbur bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi mazkur neus- 
toyka kamdan-kam tatbiq etiladi. Majburiyatlarni buzganlik uchun, 
jumladan, sifatsiz mahsulot yoki tovar yetkazib berganlik uchun mahsu- 
lot yetkazuvchilardan neustoykani undirish mahsulot oluvchining 
huquqigina bo‘lib qolmay, balki uning davlat oldidagi majburiyati ham 
hisoblanadi. Neustoykani undirishdan asosiy maqsad majburiyatning 
bajarilishini ta ’minlashdir. FKning 261-moddasida ko‘rsatilganidek, 
neustoyka faqat pul bilan belgilanadi. Neustoyka miqdori yo qonun 
bilan yoki shartnoma bilan belgilangan bo‘lishi lozim. Odatda, neus- 
toyka bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan majburiyat sum- 
masiga nisbatan foiz bilan yoki qat’iy summa bilan belgilanadi. Penya 
deb ataladigan neustoyka quyidagicha ta’riflanishi mumkin:

Download 12,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish