'Ф
ц
ф.
‘m w l
12.16—rasm. Ikki modulli tashqi devor panelini sinash sxemasi va
o'lchash asboblarini joylashtirish:
1—montaj qorishma choklari; 2—panel; 3—gidravlik domkrat; 4—temirbeton taqsimlash
yostig'i; 5—kuch plitasi; M —messuralar; P—progibomerlar (solqilik o'lchagichlar).
boMadigan nuqtalarga o'm atiladi; oMchash asboblari sinalayotgan
konstruksiyaning ikki tomoniga simmetrik ravishda o‘matilishi lozim.
U yoki bu asboblami o‘matish zarurati to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib
o‘tamiz.
Konstruktsiyada yoriqlar paydo boMish vaqtini bilish maqsadida
konstruksiyaning cho'zilish zonasidagi betonga tenzorezistor o'matiladi.
Tenzorezistorlami egilishga yoki nomarkaziy cho'zilishga ishlaydigan element
kesimining balandligi bo'yicha bir necha tolalarga o'rnatish qulay, chunki
deformatsiya kesimning balandligi va kengligi bo'yicha bir xil emas.
Tenzorezistorlarning bunday joylashtirilishi deformatsiyalaming taqsimlanish
epyurasini qurish imkoniyatini beradi. Tenzorezistorlami bevosita armatura
karkasiga o'matilishi konstruksiya ishini aniqroq bilish imkoniyatini yaratadi.
191
12.17-rasm .
Yopma panelini sinash
sxemasi va o'lchash
asboblarini
joylashtirish:
M —messura; P—
progibomer.
12.18-rasm. Temirbeton ustunni
sinash sxemasi va o'lchash
asboblarini joylashtirish:
M—messuralar;P—
progibomerlar;
D—tenzorezistorlar.
Konstruktsiya tugunlari ishini o‘rganishda
kuchlanishlarni qay tarzda taqsimlanishi
va yoriqlar hosil boMish xarakteri oldindan
m a’lum boMmaydi. Shuning uchun
asboblar turli yo‘nalishlarda o‘matiladi.
Ikki o‘qli kuchlanish holatida, agar
bosh kuchlanishlar yo‘nalishi noma’lum
boMsa, rozetka-tenzorezistorlardan
foydalanish maqsadga muvofiq boMadi.
To‘rt komponentli tenzorozetka alohida
e ’tiborga sazovor. Bunda to ‘rtinchi
tenzorezistor zaxira rezistor rolini o‘ynaydi.
Konstruksiyalami sinash jarayonida,
konstruksiya ishini xarakterlovchi, quyidagi
deformatsiya va solqilik oMchanadi:
l.Solqiliklar tayanchlaming cho‘kishi
va ogMrligi hisobga olgan holda oMchanadi.
Konstruksiya ikki uchidan tayangan boMsa,
uning o‘rtasidagi solqilik, shuningdek,
tayanchlaming cho‘kishi oMchanadi. Bir
uchi mahkamlangan konsollami sinashda
konsolning erkin uchi solqiligi bilan
tayanchning cho‘kishi va og‘ishi
oMchanadi.
Sinalayotgan konstruksiyaning kengligi
100 sm dan kichik boMsa, solqilik element
192
kengligining o'rtasida o'lchanadi. Kenglik katta bo'lsa, solqilik elementining
chekkalaridan o'lchanadi.
2. Cho'ziluvchi armaturaning deformatsiyasi zo'riqish maksimal bo'lgan
nuqtalarda o'lchanadi. O'lchashlami mexanik tenzometrlar, indikatorlar
yoki tenzorezistorlar orqali amalga oshiriladi.
3. Konstruksiyalami sinashda mavjud zo'riqishlarning ekssentrisitetlari
o'matilgan indikatorlar yoki tenzorezistorlar yordamida aniqlanadi.
4. Yukning o'zgarishi bilan konstruksiya materiali nisbiy deformatsiyani
yuz beradigan o'zgarishlar indikatorlar va tenzorezistorlar yordamida
aniqlanadi.
5. Vertikal va gorizontal deformatsiyalar indikatorlar va menzorezistorlar
yordamida o'lchanadi.
6. Yoriqlaming hosil bo'lishi va ularning kengayishida o'lchash asboblari
vositasida aniqlanadi.
Temirbiton konstruksiyalarining yorilish bardoshligi masalalariga
(трещиностойкость) jiddiy e’tibor beriladi. Beton va armaturaning xossalari
sinalayotgan konstruksiya bilan bir vaqtda tayyorlangan standart namunalami
sinash orqali aniqlanadi. Bundan tashqari, betonning mustahkamligini
(ultratovush va mexanik usullar yordamida) bevosita konstruksiyaning o'zida
ham aniqlash mumkin. (Bu haqida 5-bobda batafsil so'z yuritilgan.)
Po'lat armatura namunasini uzilishga sinash orqali uning mustahkamlik
va oquvchanlik chegaralari aniqlanadi va me’yoriy talablar bilan qiyoslanadi.
Payvand choklaming sifati va nuqsonlari defektoskopiyaning alohida
usullari, payvandlangan namunalami mexanik sinash va payvand choklar
zichligini aniqlash yo'li bilan tekshiriladi.
Agressiv muhit yoki yuqori darajadagi namlik sharoitida ishlaydigan
egiluvchan konstruksiyalarga qo'yiladigan yorilishbardoshlik talablari,
mustahkamlik talablaridan kam emas. Yoriqlaming rivojlanishi konstruksiya
bikirligini keskin pasaytiradi. Shunga ko'ra harbirsinovda dastlabki yoriqlaming
paydo bo'lishi va rivojlanishini sinchiklab kuzatib borish lozim bo'ladi.
Yoriqlarni ilg'ash oson bo'lishi uchun namuna sinovlardan oldin
b o 'r yoki ohak bilan oqlanadi. Oqlangan sirtlarda yoriqlar ko'zga tez
tashlanadi, m aydaroqlari katta diam etrli (8-12sm ), 2-4 m arta
kattalashtiradigan lupa yoki MPB-2 mikroskopi yordamida aniqlanadi.
Yoriqlaming kengayishi oynasida o'lchov chiziqlari bo'lgan lupa
yordamida aniqlanadi. Lupa konstruksiya sirtiga zich o'm atiladi va
yoriqni 10 marta kattalashtirib ko'rsatadi. Yoriqlarni o'lchash har
safar muayyan bir joyda bo'lishligi uchun, lupa oynasi qo'yilgan joy
qalam bilan chizib belgilab olinadi. Keyingi o'Ichovda lupa aynan
o'sha joyga qo'yiladi.
193
Do'stlaringiz bilan baham: |