milliy
va
umuminsoniy qadriyatlarimiz asosida, o ‘z fikru tafakkuri va
zamonaviy bilimga ega bo ‘Igan vatanparvar etib voyaga
yetkazish barchamizning otalik va onalik burchimizdir20 ».
Bu dunyoda har bir inson o‘z qalbida Vatan, Vatanni
sevish kabi his tuyg‘ularga ega. Vatan - insonning kindik qoni
to‘kilgan tuproq, uni kamolga, voyaga yetkazgan, hayotiga
m a’no va mazmun baxsh etadigan tabarruk maskandir. U
ajdodlarimiz tomonidan asrab-avaylanib, avlodlarga qoladigan
buyuk meros, eng aziz ne’mat, unutilmas xotiradir. Vatan -
www.ziyouz.com kutubxonasi
ota-boblarimizning tabarruk hoklari jo bo‘lgan, vaqti-soati
yetib, har birimiz bosh qo‘yadigan muqaddas zamindir. Vatani
bor insonning g‘urur-iffixori, yuksak maqsadlari, o ‘z xalqiga
xizmat qilishdek tuyg‘usi qalbida jo bo‘ladi. Bunday inson
butun hayoti davomida faqat ezgu maqsadlar, o‘z xalqi va
Vataniga doimo sodiq, uning ravnaqiga jon fido aylaydi hamda
hayotning barcha sinovlarini iroda bilan yengib o‘tadigan
- shaxslardir.
Bu haqda Prezidentimiz I.A.Karimov «...Aql-zakovatli,
yuksak та ’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakgina, oldimizga
qo ‘ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va
taraqqiyot kamol topadi21» — degan edi.
Vatanimiz
kelajagi
bo‘lgan
yoshlaming
tafakkuri,
m a’naviy-axloqi,
mustaqil
fikrlashi,
ijtimoiy-iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga munosabatiga bevosita bog‘liqdir.
Mana shunday ijobiy xislatlarga boy insonni tarbiyalash, ularga
zamon talabi darajasida bilim berish hamda kelajakda yuksak
m a’naviyatli, raqobatbardosh kadrlar qilib voyaga yetkazish -
bugungi kunda ta ’lim muassasalarining asosiy vazifasi
hisoblanadi.
Tarbiya ishlari - jamiyatdagi ijtimoiy hayotning har kuni,
har soatida olib boriladi. U faqat ishlab chiqarish munosabatlari
ta’sirida emas, balki turli tarixiy davrlarda ijtimoiy-siyosiy
tizim tomonidan ilgari suriladigan u yoki bu tarbiya
nazariyasining g‘oyaIari ta’sirida aniq mazmunga ega bo‘ladi.
Tarbiya ishlarinmg samaradorligida - ko‘p jihatdan fidoyi,
m a’rifatparvar,
o‘z
sohasining
professionali
bo‘lgan
mutaxassislar va pedagoglar faoliyati natijasi muhim aha
miyatga ega. Bu sohadagi muammolami yechish, vazifalarni
amalga oshirishda - soha mutaxassislarining olib borayotgan
ilmiy-amaliy hamda uslubiy faoliyatlarining o ‘m i katta.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Chunki tarbiya alohida mustaqil vazifa sifatida insoniy jamiyat
pay do bo‘lishi bilan birga tarkib topib, jamiyat hayotining
kelajagini o‘zida qamrab olgan.
Ijtimoiy-siyosiy talablardan kelib chiq-ib, asta-sekin tarbiya
jamiyat hayotida muhimroq ahamiyatga ega bo‘la boshladi.
Natijada, jamiyatda tarbiya jarayonida to‘plangan tajribani
umumlashtirib, voyaga yetayotgan yosh avlodni ma’naviy-
axloqiy
tarbiyalab,
ijtimoiy-siyosiy
hayotga
maqsadli
yo‘naltirish zaruriyati paydo bo‘ldi. Bu esa tarbiya jarayonida
psixologik-pedagogik tizimli yondashuvning rivojlanishini
boshlab berdi.
Ibtidoiy jamoa davrida ham samarali tarbiyaviy uslublar va
tajribalami ommalashtirishga urinish harakatlari bo‘lgan.
Bularning
natijasida,
kattalar
va
yoshlar
o ‘rtasidagi
munosabatlarda, keyinroq boshqa ijtimoiy munosabatlarda
tarbiyaning ba’zi bir shakllari paydo b o ia boshlagan.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyani yo‘naltirishda: «davr, hayot
mazmuni, insonning jamiyatdagi o ‘mi va roli, odamlaming
hayotda belgilangan vazifasi»ni amalga tatbiq etish jarayonlari
muhim ahamiyatga ega.
Tarixdan m a’lumki, har bir mamlakat o‘z mustaqilligini
mustahkamlashi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, barqarorlikka
erishuvi uchun, avvalo yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash,
ulaming dunyo qarashini davlat manfaatiga yo‘naltirish o‘z
dolzarbligiga egadir.
Shu o‘rinda ta’kidlab o ‘tish kerakki, Vatanning ravnaqi,
avvalo uning farzandlari kamoliga, ulaming tarbiyasiga
bog‘liqdir. Bu esa har birimizning farzandlarimiz, yosh
avlodning m a’naviy-axloqiy kamoloti, g‘oyaviy chiniqishiga,
har xil buzg‘unchi g‘oya va mafkuralarga qarshi murosasiz
kurashchi ruhida tarbiyalashga m as’uliyat bilan yondashishga
undaydi. Aynan farzandlaming kamoloti - ertangi kunda
www.ziyouz.com kutubxonasi
barchamizning tinch hayotimizni ta’minlaydi. Buning uchun
ulami milliy g ‘oya va mafkura ruhida tarbiyalash - bugungi
kunda ta’lim muassasalarining oldidagi dolzarb vazifadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |