‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Download 3,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/63
Sana10.04.2022
Hajmi3,04 Mb.
#541656
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   63
Bog'liq
O\'zbek terminologiyasi. Dadaboyev H. (1)

aksiyador-
lik ja m iya ti
(aksionem oye obshestvo), 
erkinlashtirish
(liberalizatsiyaj, 
tijorat banki
(komm ercheskiy bank), 
muzyorar
(ledokol), 
kichik biznes
(maliy biznes), 
soliq stavkasi
(nalogovaya stavka), 
tadbirkor
(predprin- 
imatel), 
xususiy sektor
(chastniy sektor), 
infratuzilma
(infrastruktura), 
ekologik xavfsizlik
(ekologicheskaya bezopastnost), 
siyosiy ekstremizm
(politicheskiy ekstremizm ), 
potensial xavf-xatar
(potensialnaya ugroza), 
mintaqaviy mojaro
(regionalniy konflikt), 
nevrojarohat
(tib.nevrologi-
49


ya), 
tabofalajlik
(tib.taboparalich), 
ekspert kengashi
(ekspertnaya kom is- 
siya), 
y u rid ik shaxs
(yuridicheskoye litso), 
p la stik kartochka
(plastiko- 
vaya kartochka), 
kichik biznes subyektlari
(subyekti malogo biznesa), 
moliyaviv organlar
(finansoviye organi), 
raqamli tarmoq
(digital net­
work), 
m anzil niqobi
(address mask), 
alfa-sinov
(alpha testing), 
vashil
kom pyuter
(green computer), 
elektron hamvon
(electronic purse) va sh.k. 
shular jum lasidandir. 0 ‘zlashm a term inlam i muqobili bilan alm ashtir­
ish ham faol sanaladi: 
burun chig 'a n o g 'i
(tib. nosovaya rakovina), 
miya
oyoqchalari
(tib. nojki m ozgoviye), 
logistik markaz
(logisticheskiy sen- 
tr), 
suyaklanish
(tib.okosteneniye), 
betoblik
(tib.nedomoganiye), 
so ‘roq
(komp.polling), 
tuynuk
(komp.hatch), 
sukut
(komp.default) va sh.k.
Chet tili terminlarini so‘z yasalishi usullari (so‘z yasovchi modellar) 
asosida yangidan yuzaga kelgan yasamalar bilan almashtirish jarayonida 
o ‘zbek tili lug‘at fondidan 
oluvchi
(adresat
), jo'natuvchi
(adresant), 
tav-
siyanoma
(xarakteristika), 
buyurtma
(zayavka), 
narxnoma
(preyskurant), 
m a ’lumotnoma
(spravka^ 
fuqarolik
(poddanstvo), 
daxlsizlik
(immunitet), 
ishbilarmon
(predprenimatel), 
ta 'mirchi
(restavrator), 
tiriltirish
(tib. ojiv- 
leniye), 
jism o niy shaxs
(fizicheskoye litso), 
g 'aznachi
(kassir), 
aqlli tar­
moq
(komp. smart network), 
kalitli nomlash
(komp. indexing) 
singari 
ko ‘pgina terminlar m ustahkam o ‘m im topdi.
0 ‘zbek tili term inologiyasi tizimida muayyan tushunchalam ing 
muqobili b o ‘lmaganligi bois ulami bitta so‘z bilan ifodalashning imkoni- 
yati cheklangan. Chetdan kirib kelayotgan tushunchani bir qancha so‘zlar 
yordamida izohlash yoki tavsiflash terminologiya talablariga ziddir. M ana 
shunday holatlarda ruscha-baynalmilal term inlar donor tilda qanday shak- 
lda b o ‘lsa, o ‘zbek tiliga ayni shu shaklda tayyor tarzda qabul qilinadi. 
Masalan: 
budjet
- budjet, 
kredit -
kredit, 
atom
- atom, 
gidrolokatsiya
- gidrolokatsiya, 
deduksiya -
deduksiya, 
gerb -
gerb, 
auditor
- auditor, 
repatriatsiya -
repatriatsiya, 
fraksiya
- fraksiya, /;ra/zV,v//-pr()fitsit, 
inte-
grafszya-integratsiya, 
diplom atiya-
diplomatiya, 
texnologiva-
texnologiya, 
solyari-
solyari, 
stom atologiya-stomatologiya, tim id
in-timidin, 
gers-
gers, 
vo//-volt, 
amper-
amper, 
mentalitet-mcnXal
i tet, A: z'v /о га с/- к i s 1 о г о d, 
uglerod-
uglerod va sh.k. Ayni holatni tilshunoslik terminlari sistemasida ham 
kuzatamiz: 
aksent, artikulyatsiya, fonetika, fonerna, diftong, reduksiya,
metateza, dissimilyatsiya, logografiya, ajfiks, pragmatika, sintagmatika,
semantika, idioma, infinitiv, gerundiy, semiotika, sinergetika, mental-
ingvistika, morfologiya, konsept, geshtalt, biolingvistika, diskurs
va sh.k.
50


Ilm-fan, texnika va ishlab chiqarishning shiddat bilan rivojlanayotgan- 
ligi, jahonning taraqqiy etgan mamlakatlarida sodir b o ‘layotgan global­
lashuv va integratsiya jarayonlari tillam ing o ‘zaro jips aloqalarga kirishi 
ularga xos leksik fondning boyishiga zamin yaratdi. Chunonchi, bugungi 
hayotni zamonaviy axborot kommunikatsiya tarmoqlari, xususan, internet 
va ushbu sohada qo‘llanuvchi tenninlar sistemasisiz tasavvur etishning 
aslo imkoni yo‘q. 0 ‘zbek tili terminologiyasi tarkibiga kirib kelayotgan in­
ternet terminlari asosan o‘zlashmalardan ib o ratb o ‘lib, ulami ikki, ya’ni in- 
gliz tilidan aynan o ‘zlashgan 
overley, paket, pevdjing, trakt, petebayt, ping,
piksel, plagin, gigabayt, terabayt, exabayt, kross-brauzer
va sh.k. hamda 
rus tilidan o ‘zlashgan 
yakor, massiv, magistral, shlvuz, shrift, adaptatsiya
kabi guruhlarga ajratish o ‘zini oqlaydi. Shu joyda 
yakor
o ‘m ida 
langar,
shlyuz
o‘m ida 
to ‘g ‘on, shrift
o ‘m ida 
h a r f magistral
o‘rnida 
shoxyo
7 lek- 
semalarini qo ‘llashni tavsiya etish mumkinligini qayd qilamiz.
0 ‘zbek tili terminologiyasining hozirgi holatida o ‘z hamda o ‘zlash- 
m alaming yonma-yon qo‘llanayotganiga shohid b o ‘lamiz. Ushbu jarayon 
avvalgi terminologiya tizimidagi m e’yor va yangi leksik birlik o ‘rtasida- 
gi qarama- qarshilik, “yashash uchun kurash”dan guvohlik beradi. Tabiiy, 
raqobatalashayotgan terminlardan qaysi biri o ‘zbek tili terminologiyasi 
tarkibidan munosib o ‘rin egallashini lisoniy hayot, nutqiy amaliyot va vaqt 
k o‘rsatadi. Hozircha ikki dubletli terminlar jum lasiga 
aksiya - harakat, ak-
siya; arxeolog- qadimshunos, arxeolog; blok - ittifoq, blok (deputatlik);
veto - veto, ta ’qiq; ofitser- zobit, ofitser; reanimatsiya -jonlantirish, rean-
imatsiy; termin - atama, termin; embargo — embargo, ta ’qiqlash; sivilizat-
siya - sivilizatsiya, tamaddun; kollegiya
-
hay ’at, kollegiya; denonsatsiya
- denonsatsiya, bekor qilish; t i f - t if terlama; transplantatsiya-transplan-
tatsiya, ко ‘chirib о ‘tkazish; mikrokredit - mikrokredit, mikroqarz; terapiva
- terapiya, davolash; smeta-smeta, xarajatlar loyihasi; kliyent-server - kli-
yent-server, mijoz-xodim; agent-vakil, agent; anketa - so ‘rovnoma, anke-
ta; apellyatsiya - shikoyat, apellyatsiya; akklamatsiya-olqish, akklamatsi-
>>a(yur.) va sh.k. kiritilmoqda.
B a’zi vaziyatlarda, mobodo biron bir tushuncha ikki, ya’ni o‘z va 
o ‘zlashma (ruscha-baynalmilal) termin bilan ifodalansa, shubhasiz, afzallik 
o ‘zbekcha terminga beriladi -
tilshunoslik
(lingvistika), 
nazoratchi
(inspek- 
tor), 
qalam haqi
(gonorar), 
nizom
(ustav), giyohvandlik (narkomaniya), 
za-
hira
(rezerv), 
tenglik
(paritet), 
hokim
(mer
),jarroh
(xirurg), 
sil
(tuberkulez), 
dorishunos
(farmatsevt), 
dorishunoslik
(farmatsevtika), 
tasn if
(klassifikat-
51


siya), 
imlo
(orfografiya), qatag‘on (repressiya), 
sayyora
(planeta), 
tirkama
(pritsep), 
tovon
(reparatsiya) va sh.k.
Kimyo terminologiyasida faol qo ‘llanuvchi 
oltin-aurum, kumush-ar-
gentum, margimush-arsen, oltingugurt-sulfur, temir-ferrum
singari ter­
m inlam ing lotincha dubletlaridan kimyoviy reaksiyalar formulalarini 
o ‘qishda istifoda etiladi (Madvaliyev, 2017, 22).
0 ‘zlashma terminlaming m a’lum gum hi o ‘zbek tili qonunlariga 
b o ‘ysungan tarzda uning fonetik va grammatik xususiyatlariga mosla- 
shadi. Chunonchi, o ‘zlashma term inlam ing o ‘zbek tili fonetikasiga mo- 
slashuvi quyidagi jihatlari bilan oydinlashadi:
1) 
fonem alam ing qisqarishi: 
avinos
(avianosets), 
raketanos
(raketa- 
nosets), 
minanos
(m inonosets
), fa rm atsevtik
(farmatsevticheskiy, 
akustik
(akusticheskiy)); 2) fonemalardagi tovush almashinuvi: 
mayoq
(mayak), 
о ‘choq
(ochag), 
plashch-palatka
(plash-palatka) va sh.k.
0 ‘zbek tilida qurilishi jiddiy o ‘zgarishlarga uchragan o ‘zlashma ter­
minlar kategoriyasiga 
qo'mita
(komitet), 
bombardimon
(bombardirovka), 
qo ‘mondon
(komanduyushiy), 
pudrat
(podryad) kabilami kiritish o ‘rinlidir.
0 ‘zbek terminologiyasi tizimida o ‘zlashmalardan 
o ‘zbekcha so‘z 
yasovchi affikslar ishtirokida yangi hosil qilingan terminlar keng miqyos- 
da qo‘llanishga kirib kelgan. Xususan, 
bombardimonchi
(bombardirovshik), 
dozimetrchi
(dozimetrist), 
generallik
(generalskiy), 
raketasozlik
(raketos- 
troyeniye), 
patronli
(patronniy), 
giisenitsali
(gusenichniy), 
betonlash
(bet- 
onirovaniye), 
ionlanish
(ionizatsiya); 
modernizatsiyalash
(modamizatsiya), 
kodlash
(kodirovaniye), 
kompyuterlashtirish
(kompyuterizatsiya), 
avtomat-
lashtirish
(avtomatizatsiya) kabi ashyoviy misollar qayd etilgan fikmi tas- 
diqlashga xizmat qiladi.
Mustaqillik yillari o ‘zbek tili lug‘at 
fondining boyib borishida res- 
publika xalq xo‘jaligi uchun mutlaqo yangi sohalaming shiddat bilan shakl- 
lanishi va rivojlanishi kabi favqulotda muhim omillar sezilarli ta’sir ko‘rsat- 
di. 1996 -yilda Andijon viloyati Asaka shahrida Janubiy Koreyaning “DEU 
(DAEWOO)” avtomobil korporatsiyasi bilan hamkorlikda “0 ‘zDEUAvto” 
qo‘shma korxonasining ishga tushirilishi natijasida 0 ‘zbekiston dunyoda- 
gi 28 ta avtomobilsozlik davlatlari qatoridan munosib o ‘rin oldi. 1999-yil- 
da Samarqand shahrida “SamKochAvto” o‘zbek-turk qo‘shma korxonasi 
avtobuslar va yuk mashinalami ishlab chiqarishga kirishdi. Hozirgi paytaa 
Yaponiya va Germaniya avtokompaniyalari hamkorligida “Isuzu” avto- 
buslari hamda “Man” yuk mashinalarini ishlab chiqarish y o ig a qo‘yilgan.
52


“0 ‘zDEUAvto” qo'shm a korxonasining amerika avtomobil ishlab 
chiqarish giganti “Jeneral Motors”(General Motors) tarkibiga singdirilishi 
oqibatida bugungi talablarga to ‘la javob beradigan, yuqori tezlikka ega, har 
tomonlama qulay hamda yoqilg‘ini tejaydigan yengil avtomobillaming yan­
gi rusumlarini ishlab chiqarish maqsad qilib qo‘yilgan. Buning natijasida 
o ‘zbek tilida ushbu soha terminologiyasi tubdan takomillashdi. 0 ‘zbek ter­
minologiyasi “Tiko” (Tiko,) “Damas” (Damas), “Neksiya” (Neksia), “La- 
setti” (Lacetti), “Matiz” (Matiz), “Spark” (Spark), “Epika” (Epika), “Kapti- 
va” (Kaptiva), “Malibu” (Malibu), “Kobolt” (Cobolt) singari Respublikada 
konveyyerga qo‘yilgan yengil avtomobillaming tijoriy nomini anglatuvchi 
atamalar hisobiga yana ham boyidi.
Sobiq sho‘rolar davlatining tanazzulga uchrashi va qulashidan keyin 
kommunistik mafkura bilan bog‘liq barcha tushunchalar, ulami ifodalovchi 
so‘z hamda terminlar o ‘zbek tili lug‘at tarkibidan batamom barham topdi.
0 ‘zbekiston mustaqil va suveren davlat sifatida jam iyatni tom m a’noda- 
gi demokratiya asosida taraqqiy toptirish y o ‘lini tanladi. Demokratik jam i­
yatni va davlatni barpo etishda milliy davlatchilik an’anlariga alohida e ’ti- 
bor qaratildi. M illiy tiklanish va o ‘zlikni anglash yo ‘nalishi ustuvor, deb 
e ’lon qilindi.
Turmushda tubdan sodir bo ‘lgan ijtimoiy-siyosiy, m a’naviy-madaniy 
o ‘zgarishlar yangi tushunchalar, yangi nomlanishlaming voqelanishiga 
olib keldi. 0 ‘zbek tilining leksik xazinasi mustaqil mamlakat yuritayot- 
gan milliy siyosatni aks ettimvchi rang-barang so‘zlar va term inlar bilan 
kengaydi. Bunday term inlar safiga tubandagi faktik misollami kiritamiz: 
milliy о ‘zlik, milliy davlatchilik, milliy siyosat, siyosiy islohot, та 'naviy
qadriyat, Harakatlar strategiyasi, “Obod mahalla ”, M a ’naviyat va та ’ri-
f a t markazi, yo

xaritasi
va sh.k.
B o‘linish tamoyillari negizida yangi davlat boshqamvi organlarining 
tuzilishi va faoliyat olib borishi pirovard natijada 
Oliy Majlis, senat, Vazir-
lar Mahkamasi, qonun chiqaruvchi organ, ijro etuvchi organ, nazorat qi-
luvchi organ, sud hokimiyati, departament, konsern, xolding, kompaniya,
hokimlar instituti, nodavlat ijtimoiy birlashma, mas ’uliyati cheklangan ja -
moa, Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo ‘mitasi
kabi k o ‘pdan k o ‘p terminlam- 
ing muomalaga kirishiga turtki berdi.
0 ‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o ‘tilishi asosida ter­
minologik leksika 
milliy valyuta, kichik biznes, о ‘rta biznes, xususiy tad-
birkorlik, qimmatli qog ‘ozlar bozori, tadbirkorlar palatasi, konsalting, in-
53


jiniring, lizingfirma, biznes-inkubator, biznes-reja, diller, makler, demping,
davlat boji, mulk dahlsizligi, likvid aksizlar, fyuchers bitimlar, majburiy ijro
singari qator yangi terminlar bilan tag‘in ham kengaydi.
M a’lumki, 0 ‘zbekiston kamdan kam uchraydigan ulkan yoqilg‘i-ener- 
getika manbalariga egaligi bilan dong chiqargan. Neft, gaz va kondensat- 
ning g ‘oyat katta zahiralari nafaqat ichki ehtiyojni to ‘la qondirish, balki 
ulam i xorijga eksport qilish imkonini yaratdi.
Ushbu sohaga taalluqli 
neft zaxirasi, neft koni, neft mahsulotlari, gaz
kondensati, metan, o g ‘ir neft, propan, butan, polim er materiallar, po-
lietilen, polivinilxlorid, nitrilakril kislota, suvultirilgan gaz, xom neft
sing­
ari turfa terminlar darsliklar, o ‘quv qo‘llanmalari, ilmiy-ommabop adabiy- 
ot hamda mahalliy matbuot sahifalarida faol q o ila n ib kelmoqda.
M illiy istiqloldan so‘ng 0 ‘zbekistonda kechgan agrar islohat, so‘zsiz, 
qishloq xo‘jaligini qayta qurishda yetakchi ahamiyatga ega b o ‘ldi. Sobiq 
sho‘rolardan qolgan kolxoz va sovxozlar tugatildi. Qabul qilingan “Yer 
kodeksi”ga muvofiq dehqon va fermer yer mulkdoriga aylandi. Fermer 
x o ‘jaliklari o ‘zlariga bildirilgan umid va ishonchni sharaf bilan oqladilar. 
Respublika agrar sektorida olib borilayotgan islohatlar 
mulkdor, mulk-
dorlar sinfi, ferm er xo jaligi, ко ‘p ukladli iqtisodiyot, tomorqa xo ‘jaligi,
subsidiya, pay, investitsiya, investor, innovatsiya, ijara pudrati, yangicha
x o ja lik y u ritish
singari mutlaqo yangi tushuncha va realiyalaming yuzaga 
chiqishini ta ’minladi.
M a’lumki, o ‘tgan asm ing oxiri-yangi XXI asm ing boshida jahon ahli 
o ‘ta jiddiy va xavfli bir jihat, y a’ni inson va tabiat o ‘rtasidagi asimmetrik 
munosabat, to‘g ‘rirog"i, insonning tabiat qonuniyatlariga bepisandlik bilan 
aralashuvi natijasi oqibatida tabiatdagi muvozantning izdan chiqishi, azon 
qatlamining yemirilishi, haroratning m e’yordan ko‘tarilishi, muzliklaming 
erishi bilan chambarchas bog‘liq ekologik hodisalarga o ‘z diqqatini qa- 
ratishga majbur b o ‘ldi. Chunonchi, nafaqat Markaziy Osiyo, balki Yevro- 
pa mamlakatlari uchun ham katta xavf tu g‘dirayotgan Orol fojiasi shular 
jumlasidandir. Orol dengizining hozirgi sathini saqlab qolish, suvning 
qochishi oqibatida dengiz o ‘zanidan osmonga ko ‘tarilayotgan tuz va qum 
bo‘ronlarining oldini olish, suv qochgan yerlarga turli daraxtlar ekish, iho- 
talar barpo etish orqali dengiz b o ‘yida hayot kechirayotgan aholi turmush 
tarzini yaxshilash, so g iig in i himoyalash singari ustuvor maqsadlami ha- 
yotga tatbiq etish maqsadida mamlakatimizda Ekologiya harakati tashkil 
etildi. Ushbu ekstralingvistik omil, tabiiy, ijtimoiy xarakterga ega tilda
54


ham aksini topdi, y a’ni boshqa tillarda b o ‘lgani kabi o ‘zbek tili ekologik 
terminologiyasi o ‘z taraqqiyotining navbatdagi bosqichiga qadam qo‘ydi. 
Bir necha asrlik shakllanish jarayonini boshidan kechirgan ekologik ter­
m inlar sistemasi ayni vaqtda 
ekologik vaziyat, ekologik fojia, ekopoyezd,
ekosistema, global ekologiya, geoekologiya, biosfera, antropogen iflosla-
nish, agroekologiya, chang konsentratsiyasi, chiqindilarni qayta ishlash,
chuchuk suv
singari nisbatan yangi termin yoki termin-birikmalar hisobiga 
kengayib bormoqda.
Hozirgi vaqtda fan va texnika sohlarida yuz berayotgan shiddatli 
rivojlanish, innovatsiya respublika aholisi faoliyatining turli qirralariga 
samarali ta’sir o ‘tkazmoqda. Fan va texnika qo‘lga kiritgan eng oxirgi 
muvaffaqiyat va yutuqlar asosidagi yangi texnika vositalariga egalik qilin- 
moqda. Ushbu texnika va texnologiya vositalari nomlarini anglatuvchi 
terminologik leksika o ‘zbek tili lug‘at tarkibining kundan kunga boyib, 
kengayib borishida munosib ulush bo‘lib qo‘shilmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda ta ’kidlash lozimki, M ustaqillik davri 
o ‘zbek terminologiyasi o ‘z qaror topish y o ‘lining boshlanish nuqtasida tu- 
ribdi. U o ‘zbek tilshunosligining muhim sohasi sifatida yillar davomida 
yig ‘ilgan tajribalar zaminida taraqqiy etmoqda, takomillashmoqda va ken- 
gaymoqda.

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish