Ideografik yozuv(ideograficheskoe pismo – ideographic writing)– so’zning ma’nosining tushuncha orqali ifodalanishi. Ieroglifik yozuv(ieroglificheskoe pismo – hieroglyphic writing) – logografik yozuvning rivojlangan, mukammal ko’rinishi.
Yig’ma-qiyosiy matn(sobiratelno-sopostavitelno’y tekst – collectively-comparative text) – iatnlarni o’zaro qiyoslash natijasida tuzilgan muallif matnining nisbatan to’liq varianti.
Ilmiy apparat(nauchno’y apparat – scientific apparatus) – matn tarkibini detallashtirib, har bir qismni ilmiy ko’rsatkichlar orqali izohlash. Ilmiy apparatning konstruktsiyasi va uning ichki tarkibi jarayonning ilmiy ko’lami haqida bir butun tasavvur uyg’otadi, balki tadqiqotning yakuniy ko’rgazmali maketi vazifasini o’taydi.
Ilmiy-ommabop (akademik) matn(nauchno – populyarno’y tekst – popular science text) – yagona, yangi topilgan asarni e’lon qilish uchun yoki ilmiy-tanqidiy, shuningdek, yig’ma-qiyosiy matn asosida matnning soddalashtirilgan variantini tuzish.
Ilmiy-tanqidiy matn(nauchno-kriticheskiy tekst – scientific-critical text) – matn tarixining muallif matniga yaqin variantini ilmiy tekstologik dalillar asosida asliyat yozuvida taqdim qilish. Ko’p nusxaga ega manba matni ustida ishlash, uning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash butun “injiqlik”lari bilan o’ta nozik va mas’uliyatli, to’xtovsiz aniqlik va intizom talab etuvchi “zahmat”lari bilan mashaqqatli, ammo samarali mehnatdir.
Interiorizatsiya(interiorizatsiya – interiorization) - tashqi real ishdan ichki ideal ishga o’tish jarayoni.
Interpolyatsiya(interpolyatsiya – interpolation) – hoshiyadagi bitiklarning asosiy matnga qo’shib yuborilishi. Matnshunos asosiy matnning o’ziga xos uslubi va strukturasini jiddiy o’rganish orqali interpolyatsiyani aniqlash mumkin. Shuningdek, qo’lyozma matnining ilgari o’chib ketishi, yirtilishi natijasida ma’no mavhumligiga sabab bo’lgan o’rinlarini va ayni shu nusxadan ko’chirilgan keyingi nusxalardagi matn bo’laklarini qiyoslash orqali interpolyatsiyani ajratib olish mumkin.
Ichki unvon(voennoe zvanie – military rank) – asosiy matnning turli rangdagi to’q siyohlar bilan jadvalga olinishi. Matnlar turli shakllarda – sidirg’a, ikki ustun, to’rt ustun, zina, romb, qiya holda joylashtirilishi mumkin. Bezak vazifasini o’tovchi bu shakllar ko’proq she’riy matnlarda qo’llangan.
Kolofon(kolofon – colophon) – kotibning qo’lyozma so’nggida keltiradigan ma’lumotnomasi. Unda kotib nomi, qo’lyozmaning ko’chirish sanasi va kotib mulohazalari beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |