Ўзбек тили ва адабиёти кафедраси шахсий режалари



Download 6,7 Mb.
bet27/109
Sana20.06.2022
Hajmi6,7 Mb.
#679352
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   109
Bog'liq
portal.guldu.uz-Matnshunoslik o`quv uslubiy majmua

Test savollari



Savollar

To’g’ri javob

Noto’g’ri javob

Noto’g’ri javob

Noto’g’ri javob

Ifoda yo’llari haqidagi ilm

bayon ilmi;



so’z yasalishi haqidagi ilm;;

she’r vaznlari haqidagi ilm;

misralarni hamohang tugatish haqidagi ilm

Mubayyin” kimning asari:

* Bobur



Fuzuliy;



Navoiy

Mashrab

Adabiy ilmlar tasnifi A.Rustamiy variantida



12 ta *

10 ta

8 ta;



4 ta.

Tarbiya adabiyotning ... ga xos xususiyat:



*shakliga;

ruhiga;



mazmuniga

tiliga

Asarning badiiy saviyasini belgilovchi sabab – bu:



tab’i nazm;

adabiy ta’lim;

qofiyadoshlik;

ma’no uyg’unligi.





MAVZU:QADIMIY TOSHBOSMA VA BOSMA KITOBLAR
Ma’ruza rejasi
1.O’zbek matbaachilik tarixi.
2.Toshbosmada kotibning o’rni.
3.Toshbosma matnlardagi tafovutlar.
4.Matn tarixini tiklashda toshbosma kitoblar debochasidagi ma’lumotnomalarning ahamiyati
Таянч тушунчалар: O’zbek matbaachilik tarixi, тoshbosmada kotibning o’rni, тoshbosma matnlardagi tafovutlar.
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Talabalarga qadimiy qo’lyozma va toshbosma kitoblar haqida ma’lumot berish
O’quv faoliyatining natijasi
Talabalar Markaziy Osiyo xattotlik san’ati tarixining o’ziga xos jihatlari xususida tushunchaga ega bo’ladilar
Talabada toshbosma kitob haqida to’la tasavvur paydo bo’ladi.
Matn tarixini tiklash faoliyatidagi turli yondashuvlardan ilmiy xabardorlik hosil bo’ladi


MA’RUZA MATNI

Dunyodagi har bir xalq o’zining yozma tarixiga ega. Bu tarixni o’rganishda hech bir manba yozma yodgorliklardek batafsillikka da’vo qilolmaydi. Ajdodlarimiz hayotini butun tafsilotlarigacha bag’riga joylagan qo’lyozma manbalar o’tmish bilan bugunni bog’lovchi ko’prik. Insoniy tamaddun tarixida qadimiy qo’lyozmalarning ahamiyati shu darajada ekan, bu bebaho ma’naviy merosga chinakam voris bo’lish uchun ularni chuqur o’rganish, o’rganilganda hosil bo’lgan bilimni ommalashtirish talab qilinadi. Ajdodlardan qolgan ma’naviy mulkni o’zlashtirish, ya’ni “o’ziniki qilib olish” ayni jarayondan – bilimning ommalashuvidan boshlanadi.


Shu ma’noda, matbaa ixtirosi nafaqat kitobat tarixida, balki insoniy fikr, insoniy madaniyat tarixida ham yangi asrni boshlab berdi. Matbaa sohasi sanoatlashgach, ilgari bitta yoki bir necha nusxadagina ko’chirish mumkin bo’lgan kitob uchun yuzlab, minglab nusxada ko’paytirish imkoni tug’ildi, keng xalq orasida qo’lyozma kitoblar asrida bo’lmagan fikrlar ommalashuvi yuzaga keldi. Tabiiyki, matbaachilik faoliyati bilan bog’liq bu holat qo’lyozma manbalarni nashr qilish qonun-qoidalarini ishlab chiqishni kun tartibiga qo’ydi.
Vazifaning og’irligi shunda ediki, matnshunoslik ishi dastavval, har xil ijtimoiy-siyosiy sabablarga ko’ra, dunyoning turli kutubxonalariga tarqalib ketgan muayyan qo’lyozma nusxalarini aniqlash, aniqlagandan so’ng keyingi tadqiqot uchun ularni jamlashni taqozo qiladi. Matnshunos o’zi o’rganayotgan qo’lyozma asarning turli nusxalarini qo’lga kiritar ekan, endi uning oldida “qaysi nusxa nashr qilishga haqliroq” degan printsipial savol tug’iladi. Qadimiyrog’imi yo zamonaviyrog’i? To’lig’imi yoki noqisi? Xushxatimi yo badxatrog’i? Ishonchlisimi yoki ishonchsizrog’i? Bu savollarga javob topish nazariy jihatdan oson ko’rinsa-da, ularning amaliy tatbiqi engil kechmaydi. Har doim ham qadimiyroq nusxa zamonaviyrog’idan yoki to’lig’i noqisidan etakchi bo’lolmaydi, balki buning aksi ham bo’lishi mumkin.
Nashr uchun muvofiq nusxa tanlandi ham deylik, eng serzahmat jarayon shundan so’ng boshlanadi, bu – matn tahqiqi masalasidir. Tahqiq jarayoni matndagi har bir so’z, har bir jumlaning muallif matniga muvofiqligini ilmiy dalillar bilan har tomonlama asoslashdan iborat. Bu faoliyat bilan shug’ullanuvchi olim sharqda “muhaqqiq” atamasi bilan nomlangan.



Download 6,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish