«O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlarining maqomi to‘g‘risida»gi Qonun, 1990 yil 31 oktyabr.
«O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonun, 1991 yil 31 avgust.
«O‘zbekiston Respublikasi Ijroiya hokimiyati – boshqarma idoralarini tuzilishini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Qonun, 1990 yil 3 noyabr.
O‘zbekiston Respublikasi «Toshkent shahar hokimini saylash tartibi to‘g‘risida» muvaqqat Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengash Riyosatining Qarori, 1991 yil 25 noyabr va boshqalar.
1992 yil 4 yanvarda «O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Bu qonun mamlakatimizda mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organi – vakillik va ijro organlari tizimiga boshchilik qiladigan hokimlik va hokimlar lavozimi joriy etildi. 1992 yil 14 yanvarda ushbu qonunga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Konstitutsiyaviy qonun maqomini berdi. 1992 yilda Toshkent shahrida va 12 ta viloyatda, 163 ta qishloq tumani va 18 ta shahar tumanida hamda 120 ta shaharda hokimlar tayinlandi va tasdiqlandi, ularning apparati — hokimiyatlar tuzildi.
1992 yildan O‘zbekistonda mahalliy hokimiyat organlari tizimini shakllantirish sohasida qator normativ – huquqiy hujjatlar qabul qilish borasida amaliy ishlar boshlandi. Bu hujjatlar orasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi va «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonunlar, 1994 yil 5 mayda qabul qilingan «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylovlar to‘g‘risida»gi Qonun va boshqalar muhim o‘rin egallaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi «Mahalliy davlat hokimiyati asoslari» deb nomlanib, unda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tizimi, mavqei, vazifalari, tuzilish tartibi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlandi. Konstitutsiyaga ko‘ra avvalgi mahalliy vakillik organlarining nomini Kengashlar deb o‘zgartildi. Ularning samarali ishlashini ta’minlash uchun viloyat, tuman va shahar Xalq deputatlari Kengashlari vujudga keltirildi.
SHuni ta’kidlash lozimki, amaldagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinguncha mahalliy vakillik organlarining uch bo‘g‘inli tizimi mavjud bo‘lib, ular:
1) viloyatlar hamda Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari (Sovetlari) — yuqori bo‘g‘in hisoblanardi.
2) tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari — o‘rta bo‘g‘in;
3) qishloq, posyolka, ovul xalq deputatlari Kengashlari — quyi bo‘g‘in;
Konstitutsiya mahalliy vakillik organlarining ikki bo‘g‘inli tizimini mustahkamladi, ya’ni quyi bo‘g‘in olib tashlandi. Ular o‘rniga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tuziladigan bo‘ldi. Bu qoida «Mahalliy davlat hokimiyati asoslari to‘g‘risida»gi Qonunda o‘z ifodasini topdi.
SHunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyada mahalliy davlat hokimiyati hokimiyat organlari ikki mustaqil organlarga – vakillik va ijroiya hokimiyatiga bo‘lindi.
Ushbu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, mahalliy vakillik organlariga – xalq deputatlari Kengashlari kiradi. Ular o‘z faoliyatini jamoaviy (kollegial) asosda olib boradi. Xalq deputatlari Kengashlari ishining asosiy tashkiliy – huquqiy shakli sessiya hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |