«ўзбек м о де л и» самаралари сифатида эътироф қилинаяпти


-rasm. MDH va boshqa davlatlarga tovar va xizmatlar eksportining hajmlari dinamikasi4



Download 267,11 Kb.
bet3/3
Sana23.02.2022
Hajmi267,11 Kb.
#172070
1   2   3
2-rasm. MDH va boshqa davlatlarga tovar va xizmatlar eksportining hajmlari dinamikasi4
2020- yilning yanvar-oktabr oylari yakunida tovar va xizmatlar eksporti bo’yicha asosiy hamkor davlatlar tarkibida Xitoy Xalq Respublikasi (eksport umumiy hajmining 11,8 % i), Rossiya Federatsiyasi (8,9 %), Turkiya (5,9 %), Qozog’iston (5,5 %), Qirg’iz Respublikasi (4,7 %), Afg’oniston (4,6 %) va Tojikiston (2,4 %) davlatlari saqlanib qolmoqda hamda ularning jami eksportdagi ulushi 43,7 foizni tashkil etmoqda.
2020- yilning yanvar-oktabr oylarida, o’tgan yildagi kabi tovarlar va xizmatlar eksporti bo’yicha asosiy hamkor davlatlardan XXR etakchi mavqeini saqlab turibdi. Keyingi holatni Rossiya Federatsiyasi egalladi. Turkiyadan ozgina ortda qolgan Qozog’iston uchinchi pog’onadan to’rtinchi o’ringa tushib ketdi.
Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida hamkor mamlakatlarning tovarlar va xizmatlar eksporti bo’yicha geografiyasi 2019- yining mos davriga nisbatan 174 davlatdan 144 davlatga kamaydi.
3-jadval
O’zbekiston Respublikasining asosiy hamkor davlatlarga amalga oshirgan eksporti hajmi va o’sish sur’atlari5

Davlatlar

Mln. AQSH dollari

O’sish sur’ati, % da

O’rni

2019- y.

2020- y.

2019- y.

2020- y.

2019- y.

2020- y.

Xitoy Xalq Respublikasi

2 132,40

1 578,80

95,9

74

1

1

Rossiya Federatsiyasi

2 020,40

1 182,60

119,2

58,5

2

2

Turkiya

979,7

785,8

137,2

80,2

4

3

Qozog’iston

1 144,80

729,4

99,9

63,7

3

4

Qirg’iz Respublikasi

582,6

622,4

2,7 b.

106,8

5

5

Afg’oniston

490,9

609,5

95,7

124,2

6

6

Tojikiston

254,7

318,3

138,8

125

7

7

Eron

171,7

120

117,2

69,9

8

8

Turkmaniston

119

109,7

3,2 b.

92,2

10

9

Kanada

1

106

124,7

108,0 b.

57

10

Ukraina

103,5

95,5

123,9

92,3

12

11

Birlashgan Arab Amirliklari

112,1

88,6

2,6 b.

79

11

12

Fransiya

162,9

85

107,8

52,2

9

13

Pokiston

73

67,5

2,9 b.

92,4

14

14

Germaniya

42

59,6

119,2

141,8

16

15

Polsha

34,3

48

106,2

140,2

20

16

Ozarbayjon

39,2

45,3

153,4

115,7

18

17

Singapur

25,7

43,8

52,8

170,5

22

18

Koreya Respublikasi

84,3

38,4

107,1

45,6

13

19

Belarus

38,3

33,7

120,8

88,1

19

20

Xizmatlar eksporti hajmi 1 624,0 mln. AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 12,2 % ini tashkil etib, 2019- yilning mos davriga nisbatan 43,8 % ga kamayganligi kuzatildi. Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy ulushi transport (70,0 %) va safarlar (turizm) (14,1 %), telekommunikatsiya, kompyuter va axborot (8,6 %) hamda boshqa tadbirkorlik bilan bog’liq xizmatlar (3,0 %) hissasiga to’g’ri kelgan.


2020- yilning yanvar-oktabr oylarida import hajmi 16 730,3 mln. AQSH dollarini va 2019- yilning mos davriga nisbatan 84,0 % ni tashkil etdi.
Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (37,8 %), sanoat tovarlari (17,2 %) hamda kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga o’xshash mahsulotlar (14,0 %) hisobiga to’g’ri keldi.
4-jadval
Import tarkibi dinamikasi6

XSST tarkibi

2018- yil

2019- yil

2020- yil

Jami import

100

100

100

shu jumladan:










Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar

7

6,4

8,5

Ichimliklar va tamaki

0,1

0,2

0,2

Nooziq-ovqat xomashyo, yoqilg’idan tashqari

4,2

4,6

4,1

Mineral yoqilg’i, yog’lash moylari va shunga o’xshash materiallar

4,6

3,6

4,9

Hayvon va o’simliklar moylari (yog’lari), yog’lar va mumlar

1,1

1,1

1,3

Kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga o’xshash mahsulotlar

11,2

10,9

14

Sanoat tovarlari

18,4

16,9

17,2

Mashinalar va transport asbob- uskunalari

37,8

40

37,8

Turli xil tayyor buyumlar

3,8

6,1

6,1

Boshqa tovarlar

0,05

0,2

0,2

Xizmatlar

12

10

5,7

Joriy davrda import qilingan tovarlar va xizmatlar tarkibi tahlili shuni ko’rsatdiki, 2018- yilning mos davriga nisbatan sanoat tovarlari importining ulushi 16,7 % dan 17,0 % gacha o’sdi, mashinalar va transport asbob-uskunalari 40,7 % dan 38,6 % ga, nooziq-ovqat xomashyo importining ulushi esa 4,4 % dan 4,0 % ga kamaydi.


Xizmatlar importining tahlili shuni ko’rsatdiki, 2020- yilning yanvar-oktabr oylarida 2018- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan jami importdagi ulushi 10,0 % dan 5,7 % ga kamaydi.
5-rasm. MDH va boshqa xorijiy davlatlardan tovar va xizmatlar importi hajmlari dinamikasi7
2019- yil bilan taqqoslaganda import bo’yicha eng yuqori oltilikda o’zgarish kuzatilmadi.
2020- yilning yanvar-oktabr oylari yakuni bo’yicha O’zbekiston Respublikasi tomonidan 142 davlat bilan tovarlar va xizmatlar importi amalga oshirildi.
5-jadval
Tovar va xizmatlar importidagi yigirmata yirik hamkor davlatlar8

Davlat nomi

mln. AQSH dollari

O’sish sur’ati, % da

O’rni

2019- y.

2020- y.

2019- y.

2020- y.

2019- y.

2020- y.

Xitoy Xalq Respublikasi

4 133,40

3 550,90

146,2

85,9

1

1

Rossiya Federatsiyasi

3 254,10

3 359,20

111,2

103,2

2

2

Koreya Respublikasi

2 162,40

1 735,10

148,2

80,2

3

3

Qozog’iston

1 645,00

1 584,20

134,7

96,3

4

4

Turkiya

1 072,30

869

103,9

81

5

5

Germaniya

782,3

584

144,2

74,6

6

6

CHexiya Respublikasi

122,9

468,2

2,3 b.

3,8 b.

20

7

Litva

373,8

341,6

169,6

91,4

8

8

Hindiston

284,7

313,3

135,2

110

12

9

Italiya

321,8

276,7

149,7

86

11

10

Latviya

275,9

258,5

82,4

93,7

13

11

Turkmaniston

351,6

252,1

2,2 b.

71,7

9

12

Ukraina

211,2

249,7

75,4

118,2

15

13

AQSH

529,2

212,6

165

40,2

7

14

Belarus Respublikasi

244,5

180,6

81,9

73,9

14

15

Niderlandiya

331,5

143,1

80,1

43,2

10

16

YAponiya

105,8

137,6

103,1

130

23

17

Qirg’iz Respublikasi

119,1

113,9

107,6

95,7

22

18

Fransiya

121,6

109,2

126,7

89,8

21

19

Polsha

101,7

101

104,2

99,3

24

20

SHuni ta’kidlash kerakki, Niderlandiya, Qirg’iz Respublikasi, Fransiya va Polsha kabi mamlakatlar O’zbekiston Respublikasiga tovar va xizmatlar importidagi yirik hamkor davlatlar birinchi yigirmataligiga kirdi.
Etti yirik hamkor davlatlar (Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Koreya Respublikasi, Qozog’iston, Turkiya, Germaniya va CHexiya Respublikasi) jami importning 72,6 % ulushini tashkil qildi, bu 12 150,6 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.
Mamlakatdagi sarmoyaviy muhit yaxshilangani sari ushbu sohada amalga oshirilgan islohotlar natijasida mashina va uskunalar, shuningdek, ularning qismlari importining o’sishi tabiiydir. SHunday qilib, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Germaniya tomonidan kiritilgan katta hajmdagi investitsiyalar natijasida, mahsulotlar importi hajmida ushbu mamlakatlarning yuqori ulushi saqlanib qolmoqda.
2020- yilning yanvar-oktabr oylari yakuni bilan xizmatlar importi hajmi 951,2 mln. AQSH dollarini yoki jami import hajmining 5,7 % ini tashkil etdi va o’tgan yilga nisbatan 52,3 % ga tushgan. Xizmatlar importi tarkibining asosiy ulushi safarlar (turizm xizmatlari) (38,4 %), boshqa tadbirkorlik bilan bog’liq xizmatlar (17,2 %) transport xizmatlari (13,5 %) va telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlari (11,2 %)dan iborat bo’ldi. SHuningdek, boshqa xizmatlar ulushi jami xizmatlar importining 19,7 % ini tashkil etib, uning tarkibida yuqori ulushlarni intellektual mulkdan foydalanganlik uchun yig’imlar (7,1 %), qurilish xizmatlari (5,8 %), texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha xizmatlar (3,3 %) va boshqalar tashkil etdi.
Xulosa qilib aytganda, har bir mamlakat barqaror xalqaro iqtisodiy munosabatlarni ta’minlashga intiladi. CHunki, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, birinchidan, xalqaro darajada milliy mahsulot hajmi va ulardan olinadigan daromadning ko’payishini, ikkinchidan, bozordagi talab va taklifdan kelib chiqqan holda mavjud resurslardan samarali foydalanishni, uchinchidan, xalqaro iqtisodiy munosabatlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar nufuzining oshishiga olib keladi va eng asosiysi aholining farovon yashashini ta’minlaydi.
Tahlil natijalariga asoslangan holda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari o’rtasida eksportni yanada ko’paytirishning istiqbolli imkoniyatlari quyidagilardan iborat. Ya’ni:

  • mamlakatdagi nafaqat siyosiy barqarorlik, balki o’z navbatida iqtisodiy barqarorlikning ham ta’minlanganligi;

  • mamlakatimizda savdo-sotiqni rivojlantirishni har tomonlama qo’llab-quvvatlaydigan infratuzilmaning mavjudligi;

  • mamlakatning to’g’ridan-to’g’ri dengiz yo’llari mavjud bo’lmasada, qulay geografik joylashuvi, ya’ni SHarq va G’arb dunyosini bir-biri bilan bog’laydigan Buyuk Ipak yo’lida joylashganligi;

  • qishloq xo’jaligi va uni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish imkoniyatlarining yuqoriligi hamda mamlakatning turli xil mineral- xomashyo resurslariga boyligi;

  • eksportchi korxonalarga qo’shimcha imtiyoz va preferensiyalarning ajratilayotganligi;

  • an’anaviy bozorlardan chetlashgan holda eksport geografiyasini diversifikatsiya qilish, sanoat korxonalari faoliyatini jadallashtirish, mahalliy brendlarni ilgari surish;

  • tayyor mahsulotlar turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va boshqalar;

  • savdo munosabatlari va investitsiyalar ixtiyoriy davlat uchun iqtisodiyot rivoji manbai bo’lib kelganligi uchun tashqi savdoda turli to’siq va cheklanishlar olib tashlanishi hisobiga kengayib bormoqda. Bu jarayonda faol ishtirok etayotgan xorijiy hamkorlarimiz o’z munosabatlarini yangidan ko’rib chiqmoqda va mamlakatimiz foydasiga kengaytirmoqda;

  • O’zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarning iqtisodiy hamkorlik doirasida tovarlar va xizmatlar savdosi, sanoat hamkorligi, investitsiyalarni himoya qilish va rivojlantirish, davlat buyurtmalari, standartlash, xomashyo va tog’-kon sanoati, qishloq xo’jalik va agrosanoat majmuasi, energetika, transport, atrof-muhit himoyasi, telekommunikatsiya, xususiylashtirish, ijtimoiy sohada, kichik korxonalar, istemolchi huquqini himoya qilish, bojxona ishi va ayniqsa turizm kabi sohalar o’z aksini topgan.




1 www.stat.uz сайти маълумоти асосида тайёрланди

2 www.stat.uz сайти маълумоти асосида тайёрланди

3 www.stat.uz сайти маълумоти асосида тайёрланди

4 www.stat.uz сайти маълумоти асосида тайёрланди

5 www.stat.uz сайти маълумоти асосида тайёрланди

6 www.stat.uz сайти маълумоти асосида тайёрланди

7 www.stat.uz сайти маълумоти асосида тайёрланди

8 www.stat.uz сайти маълумоти асосида тайёрланди

Download 267,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish