Nazorat va muhokama uchun savollar
Pu! nima?
Pul funksiyalari va ularga tavsif bering.
Pul multiplikatori qanday hisoblanadi?
Pul massasi va uning tuzilishini aytib bering.
Pul tizimlari, turlari va ularning elementlari qanday bo'ladi?
Pulning nominal nazariyasi nima?
Jamg‘arma nima?
Barter nima?
Pul nazariyasi nimadan iboral?
Pul agregatlari va ularning tuzilishini aytib bering.
I I bob. KREDIT NAZARIYASÏ
Jamiyat faoiiyatining o ‘ta muhim jihati — bu ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslar ishlatiladi, mabsulotlar va xizmatlardan iborat hayotiy ne’matlar yaratiladi.
Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini moddiy va mehnat omillari ta ’minlaydi. Ishlab chiqarish bu omillar bilan har doim ham bir tekisda ta ’minlana olmaydi.
Kxedit tovar-pul munosabatlari mavjud sharoitdagi takror ishlab chiqarish kredit munosabatlari vujudga kelishining tabiiy asosi hisob- lanadi.
Ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishidagi va fondlarning bir m arta aylanishidagi qiymatning harakati qisqa muddatli kredit munosabatlari paydo bo‘lishining iqtisodiy asosidir.
M a ’lumki, pul mablag‘lariga ko ‘p hollarda kreditlarga olingan mablag‘lar, korxonalarning hisob varaqasidagi mablag'lar va naqd pullar, aylanma mablag‘lar va moliyaviy mablag'lar kiradi.
Bu iqtisodiy kategoriyalar tashqi tom ondan o ‘xshagani bilan ularning ichki xususiyatlari juda xilma-xil va bir-biriga o ‘xshamaydi. Kredit — bu vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini m a’lum muddatga, haq to'lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish
yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar yig"indisidir.
K redit yordam ida tovar- m oddiy boyliklari, tu rli rnashina va m exanizm lar sotib olinadi, iste’molchilarning mablag‘lari yetarli bo ‘lmagan sharoitda to ‘lovni kechiktirib tovarlar sotib olishlari va boshqa har xil to ‘lovlarni amalga oshirish imkomyatiga ega bo‘ladilar.
Kredit iqtisodiy kategoriya b o ‘lib, ijtimoiy munosabatlarning aniq bir ko‘rinishi sifatida yuzaga chiqadi.
Kredit har qanday ijtimoiy munosabat emas, balki ijtimoiy ishlab chiqarish mahsuli, qiymatning harakati, qarz beruvchi va qarz oluvchi o ‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi kategoriyadir.
Kreditning mohiyati uning ichki belgilarini ochib berishga qa- ratilgan. Kreditning mohiyatini ochish — bu uning sifatlarini, kreditning
m uhim tomonlarini, uning iqtisodiy munosabatlar tizimining bir ele- m enti sifatida ko‘rsatuvchi asoslarni bilish demakdir.
Iqtisodiy kategoriya sifatida kreditning mohiyati ko‘pgina iqtisodchi olimlar tomonidan o ‘rganilib chiqilgan va ular tom onidan kreditning mohiyati bo‘yicha fikrlar bildirilgan.
Kreditning mohiyatini tushunish uchun aw a lo m bor, uning tarkibi nim adan iborat ekanligini tushunib olish zarur. Kredit munosabat bo'lishi uchun uning zarur munosabatlari — kreditning obyekti va subyektini bilish zarur.
chizma.1
Respublikamizning ko‘zga ko'ringan olim laridan biri Sh. Ab- dullayeva o'zining «Pul, kredit va banklar»2 nomli kitobidan kredit munosabatlarida subyektlari ikki xil bo'lishini ko‘rsatib o ‘tadi:
kredit (qarz beruvchi);
qarzdor.
Bundan tashqari, kredit, kredit, munosabatlari tarkibining elementi sifatida kreditning obyekti yuzaga keladi.
Bunda qarzga berilgan mablag' o ‘z qiymatini saqlab qolishi kre ditning asosiy xususiyati hisoblanadi. Kredit tarkibi uning elementlari birligini ifodalaydi.
Kreditning harakat bosqichlari ham uni m uhim belgisi hisoblanadi.
Q arzg a beriluvchi qiymat harakatini quyidagicha ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |