Banklararo hisob-kitoblar. Banklararo hisob- kitoblar moliya tizimida asosiy o ‘rin tutadi, chunki ko‘pchilik moliya operatsiyalarini amalga oshirish va iqtisodiy kontragentlar o ‘rtasidagi hisob-kitoblarning barcha shakllarini o‘tkazishga imkon beradi. Holbuki, banklararo hisob- kitoblar yopiq tizim hisoblanadi, chunki ularga mustaqil tashkilotlar sifatidagi banklarning tijorat siriga rioya qilish zarurati yuklanadi.
Milliy iqtisodiyotlar integratsiyasining o‘sib borishi va turli mam- lakatlarga mansub hamda har xil banklar xizmat ko ‘rsatadigan sheriklar o'rtasidagi bitimlar sonining ko‘payishi sababli jahon valuta bozorida banklararo hisob-kitoblarning yagona tizimini shakllantirish zarurati
oshmoqda. Bugungi kunda banklararo hisob-kitoblarning global tizimi joriy etilmoqda. Yangi tashkil etilgan tizimdagi markaziv roi dunyoning 36 ta yetakchi banklari ta ’sischilari b o ‘lgan Nyu-Yorkda maxsus ta’sis etilgan «uzluksiz bog'langan hisob-kitoblar» banki zimrnasiga yuklan- gan. Yangi hisob-kitob markazi yettita markaziy bank, AQSH Fédéral zaxira tizimi, Yevropa markaziy banki, Tokio banki va Angliya banki bilan bevosita b o g ‘langan. B unday tizim valutaning oldi- sotdi operatsiyalariga doir hisob-kitoblar vaqtini 5 soatgacha qisqartiradi. U jahon bozoridagi valuta savdosining an’anaviy sxemasi o ‘rnini bosadi: eski sxemaga ko‘ra boshqa mamiakat valutasiga oid bitimlar bo‘yicha barcha hisob-kitob operatsiyalariga vakil-bank vositachiligida 2 kunga yaqin muddat talab qilinardi.
Banklararo hisob-kitoblar nafaqat xalqaro operatsiyalarda, shu bilan birga m am iak a t ichidagi o p eratsiy a lard a ham m u h im b o ‘g ‘in hisoblanadi. Banklararo hisob-kitoblarga zarurat boshqa banklar bilan o ‘zaro ishlarni maksimal qisqa muddatlarda amalga oshirishga imkon beradigan dasturiy ta ’m inotga ehtiyojni shakllantiradi. Shakllan- tirilayotgan kichik tizim lar t o ‘lovni ishlash bosqichiga muvofiq keladigan hisob amallarining bajarilishini o ‘z ichiga oladigan erkin formatdagi elektron to'lov hujjatlari bilan almashinish uchun vositalarni beradi.
xabarlar eksporti va importi seanslari jum alini yuritish.
Shunday qilib, banklararo hisob-kitoblar hisob-kitob o'tkazish operatsiyalarini tartibga solish ham da takomillashtirish yuzasidan banklar o‘rtasidagi o ‘zaro amal qilish tizimi hisoblanadi.