‘zbek ist n respublikasi



Download 26,01 Mb.
bet110/134
Sana18.01.2022
Hajmi26,01 Mb.
#384136
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   134
Bog'liq
Pul, kredit va banklar (1)

Valuta siyosati. Valuta kursining davlat va bozor tom onidan muvofiqlashtirilishini o ‘zaro solishtirish uning dinamikasiga ta’sir etadi. Valuta kursining valutaga b o ‘lgan talab va taklif mexanizmi orqali valuta bozorlarida shakllanishi, odatda, kurs nisbatlarini keskin o‘zgarishi bilan xususiyatlidir. Tqtisod, pul muomalasi, rnoliya va kredit holatining ko‘rsatkichi hamda muayyan bir valutaga boMgan ishonch darajasi bo'lmish aniq (real) valuta kursi bozorda shakllanadi. Valuta kursini davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi mamlakatning valuta- iqtisodiy siyosati vazifalaridan kelib chiqqan holda uning ko‘tarilishi yoki pasayishiga qaratilgandir. Ushbu maqsadda m a’lum bir valuta siyosati amalga oshiriladi.

Shunday qilib, valuta kursining shakllanishi — bu milliy va jahon iqtisodiyotlari hamda siyosatlarining o ‘zaro m unosabatlari bilan asoslangan murakkab ko‘p omilli jarayondir. Shu sababli valuta kursini prognozlashda yuqorida ko'rib chiqilgan kursni shakllantiruvchi omillar hamda ularni valutalarning o ‘zaro nisbatiga bir xilda bo'lmagan t a ’siri aniq bir vaziyatdan kelib chiqqan holda hisobga olinadi.

Valuta kursi milliy va jahon bozorlari qiymat ko‘rsatkichlari o'rtasida aloqa instrumenti sifatida maydonga chiqqan holda xalqaro iqtisodiy munosabatlar ham da takror ishlab chiqarishda faol rol o'ynaydi. Tadbirkor valuta kursidan foydalangan holda o ‘z ishlab chiqarish xarajatlarini jahon bozoridagi baholar bilan taqqoslaydi. Ushbu tadbir alohida korxona yoxud butun bir mamlakatning tashqi iqtisodiy operatsiyalar natijasini aniqlash imkonini beradi. Jahon bozorida tovar sotilganda milliy mehnat mahsuli bo'lmish tovar qiymat o'lchovining baynalmilallashgan birligi sifatida jamoatchilik tomonidan tan olinadi. Jahon valuta bozorida esa valutalarning baynalmilallashgan qiymatining pariteti aniqlanadi.

Valutalar kurslari nisbati asosida ushbu m am lakatning jah o n

savdosidagi solishtirma og‘irligini hisobga oigan holda samarali valuta kursi hisoblanadi. Valuta kursi eksport va import baholarining nisbati, firmalarning raqobatdoshligi, korxonalar foydasiga m a’lum birdarajada ta ’sir etadi.



Valuta kurslarining keskin tebranishi xalqaro iqtisodiy, shu jumladan valuta-kredit va moliyaviy munosabatlar muvozanatsizligini kuchay- tiradi hamda salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga, ayrim davlatlarni zararlarga, ayrimlarini esa yutuqlarga olib keladi.

Boshqa omillarning aks ta’siri bo‘lmagan paytda miliiy valuta kursi pasayganda eksportyorlar tushum sifatida olingan va qimmatlashgan xorijiy valutani nisbatan arzonlashgan miliiy valutaga almashuvi hisobiga eksport mukofotini oladilar hamda tovarlarni o'rtacha jahon baholaridan past darajada sotish imkoniga ega bo'ladilar.

Miliiy valuta kursining pasayishi, yuqorida bayon etilgan imtiyozlardan tashqari, bir vaqtning o ‘zida importning qim m at- lashishiga olib keladi. Bu esa mamlakat ichkarisida baholar o'sishiga, tovar olib kirish va iste’mol qilishni qisqarishiga hamda miliiy tovar ishlab chiqarishni o'sishiga olib keladi. Valuta kursining pasayishi miliiy valutada ifodalangan real qarzdorlikning kamayishiga, xorijiy valutada ifodalangan tashqi qarzlar og‘irligining kuchayishiga olib keladi. Xorijiy investorlar tomonidan mamlakat miliiy valutasida olinayotgan foyda, foizlar va dividendlarni chetga olib chiqish manfaatsiz bo‘lib qoladi. Ushbu foyda reinvestitsiya qilinadi yoki mamlakat ichki baholari asosida tovarlar sotib olish hamda ularni eksport qilish uchun ishlatiladi.

Valuta kursi ko'tarilsa m am lakat ichkarisidagi baholarning raqobatdoshligi ham da eksportning samaradorligi pasayadi. O'z navbatida ushbu jarayonlar eksport tarmoqlari hamda yalpi miliiy ishlab chiqarishning qisqarishiga olib kelishi mumkin. Import esa aksincha kengayadi. Mamlakatga xorijiy hamda miliiy kapitallarni oqib kelishi rag'batlantiriladi, xorijiy kapital qo‘yilmalariga olingan foydalarni olib chiqilishi o 'sadi. Qadrsizlanib borayotgan xorijiy valutada ifodalangan m amlakat tashqi qarzining real summasi kamayadi. Valutaning ichki va tashqi qadrsizlanishidagi, ya’ni uning kurs dinamikasi ham da sotib olish qobiliyati orasidagi uzilish xalqaro iqtisodiy munosabatlar uchun katta ahamiyatga ega. Agarda pulning ichki inflatsion qadrsizlanishi valuta kursining qadrsizlanishidan sur’ati bo'yicha o'zib ketsa, o'zga shartlarning tengligi sharoitida miliiy bozorda yuqori baholarda sotish maqsadida tovarlar importi rag‘- batlantiriladi. Agarda valutaning tashqi qadrsizlanishi inflatsiya hisobiga vujudga keladigan, uning ichki qadrsizlanishidan o‘zib ketsa unda valuta dempingi uchun sharoit yetiladi. Boshqacha aytganda, tashqi bozorlarda raqobatchilarni siqib chiqarish maqsadida tovarlarni o'rtacha jahon baholaridan past darajada ommaviy ravishda eksport qilish uchun sharoit tug'iladi.

Valuta dempingi uchun quyidagilar xususiyatlidir: 1) eksportyor tovarlarni ichki bozorda inflatsiya ta ’sirida ko'tarilgan baholarda sotib oigan holda tashqi bozorda o 'r tach a jahon baholaridan pastroq

darajada ularni nisbatan muvozanatli b o ‘lgan valutaga sotadi; 2) eksport baholarini pasaytirish manbasi bo ‘lib, tushum sifatida olingan nisbatan barqaror valutani qadrsizlangan milliy valutaga almashtirgan paytida hosil bo‘ladigan kurslar farqi hisoblanadi; 3) tovarlarni ommaviy ravishda chetga olib chiqilishi eksportyorlarga nihoyatda yuqori darajadagi foydani ta ’minlaydi.

Demping bahosi ishlab chiqarish bahosidan yoki tannarxdan ham past bo‘lishi mumkin. Biroq eksportyorlar uchun juda ham pasaytirib yuborilgan baho manfaatli emasdir, chunki xorijlik kontragentlar tomonidan tovarlar reeksporti natijasida milliy tovarlar bilan raqobat- chilik vujudga kelishi mumkin.

Erkin suzadigan valuta kurslari rejimi sharoitida kapitallar, ayniqsa qisqa muddatli kapitallar harakatiga ular o ‘zgarishining t a ’siri kuchayadi. Ushbu omil esa o ‘z navbatida ayrim davlatlarning valuta- iqtisodiy holatiga o ‘z ta ’sirini o ‘tkazadi.



Valutasining kursi ko‘tarilib borayotgan m am lakatga xorijiy kapitallarning oqib kelishi natijasida ssuda kapitallari va kapital qo‘yilmalarining hajmi vaqtincha oshib ketishi mumkin.

Ushbu o ‘sgan sarmoyalar mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish hamda davlat budjeti taqchilligini qoplash maqsadlariga ishlatilishi m um kin. K apitallarni m am lak a td an oqib ketishi esa u larn in g kamomadini, investitsiyalar qisqarishini va ishsizlik kuchayishini keltirib chiqaradi.

Valuta kursi tebranishining oqibatlari mamlakatning valuta-iqtisodiy mavqeiga, uning eksport kvotasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarda tutgan o ‘rniga bog‘liq. Valuta kursi mamlakatlar, milliy eksportyor va importyorlaro'rtasidagi kurash obyekti hamda davlatlararo nizolarning manbasi bo‘lib xizmat qiladi.

Ushbu sabablarga ko‘ra valuta kursining muammolari iqtisodiy fanda ahamiyatli o ‘rinni egallaydi.


    1. . T o‘lov va hisob-kitob balanslari

Barcha mamlakatlar zamonaviy jahon xo ‘jaligining ishtirokchilari b o ‘lib hisoblanadi. A lohida inam lakatlarning jah o n x o ‘jalig iga integratsiyalashganlik darajasi turlicha bo‘lib hisoblanadi. Mamlakatning hamkorlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalari, milliy iqtisodiyotlarni jahon xo'jaligiga birlashtiradigan Xalqaro iqtisodiy aloqalardan iborat. Iqtisodiy munosabatlardan tashqari mamlakatlar o ‘rtasida pul to'lovlari



va tushumlarini vujudga keltiruvchi siyosiy, harbiy, madaniy hamda boshqa munosabatlar ham mavjud.

Mamlakatning ko‘p qirrali xalqaro munosabatlari uning xalqaro operatsiyalari balans hisob-varag‘ida o'z aksini topadi. Ushbu balans an’ana bo‘yicha to ‘lov balansi deb ataladi.

To‘lov balansi — bu xalqaro operatsiyalarning balans hisob-varag'i- dir. Ya’ni, bu mamlakatning tovarlar, xizmatlar, kapitallar olib kirish va olib chiqish ko'rsatkichlarining nisbati shaklidagi xalqaro xo ‘jalik aloqalari kompleksining qiymat ifodasidir.



Xalqaro operatsiyalarning balans hisob-varag'i mamlakat tashqi iqtisodiy operatsiyalarining ko‘lamlari, tarkibi va xarakterini qiymat jihatidan miqdoriy hamda sifat ifodasidir. Amaliyotda odat sifatida

«to'lov balansi» atamasidan foydalanish, barcha operatsiyalar bo‘yicha valuta oqimlarining ko‘rsatkichlarini esa to ‘lov va tushumlar sifatida belgilash qabul qilingan.

Matbuotda chop etilayotgan to'lov balanslari nafaqat amalga oshirilgan yoki m a’lum bir sanaga ijro etilishi kerak bo'lgan to'lov va tushumlarni, balki xalqaro talablar hamda majburiyatlar bo'yicha ko'rsatkichlarni ham qainrab oladi.

To'lov balanslarining zamonaviy jadvallari barcha qimrnatliklarni mamlakatlararo harakati haqida yetarli m a ’lumotlarga ega. Bunda majburiyatlarning joriy davrda to'lanmaydigan va kelgusi davrga o'tkazilib yuboriladigan qismi kapital yoki kreditlar harakatini aks ettiruvchi to'lov balansi moddalariga kiritiladi.

So'nggi paytlarda to'lov balansiga qo'shimcha sifatida mamlakat­ lararo qimmatliklar harakati to'g'risidagi ma’lumotga ega mamlakatning xalqaro aktivlar va passivlar balansi tuziladi.



Ushbu balans m am lakatning zaxira toifasidagi xalqaro mo- liyaviy holatini aks ettiradi va m amlakat jahon xo'jaligiga integ- ratsiyalashuvining qanday bosqichida (pog'onasida) turganligini ko'rsatadi.

Mazkur balansda ushbu davrga mamlakat tomonidan taqdim etilgan va olingan kreditlar, investitsiyalar, boshqa moliyaviy aktivlar qiyma- tining nisbati aks etadi. Ayrim davlatlarda olingan resurslar hajmi xorijdagi aktivlariga nisbatan katta. Boshqa mamlakatlarda bu ikkala ko'rsatkich ham katta, ham turlichadir. Xorijiy moliyaviy resurslarni netto- im portyori sifatida AQSH alohida o'rin egallaydi. Xalqaro moliyaviy pozitsiya va to'lov balansi ko'rsatkichlarining o'zlari bir- biri bilan bog'liqdir.

Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra m a ’lum bir sanaga b o i g a n t o ‘lov balansi va m a ’lum bir davr to ‘lov balansi farqlanadi. M a ’lum bir sanaga bo'lgan to ‘lov balansini statistik ko'rsatkichlar shaklida qayd etishning ilojisi yo‘q.. Chunki u kundan-kunga o'zgarib turuvchi to'lov va tushumlarning nisbat shakli sifatida mavjuddir.

T o lo v balartsining ahvoli, ushbu davrga milliy va xorijiy valutaga bo‘lgan talabni belgilab beradi hamda valuta kursini shakllantiruvchi omillardan biri b o ‘lib hisoblanadi.



M a’lum bir davr uchun to'lov balansi (oy, chorak, yil) ushbu davr mobaynida amalga oshirilgan tashqi iqtisodiy shartnom a lar bo‘yicha statistik ko'rsatkichlar asosida tuziladi va m am lakatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarida, uning jahon xo ‘jaligidagi ishtiroki ko‘lamlarida hamda xarakterida sodir bo'lgan o'zgarishlarni tahlil etish imkoniyatini beradi.

Davr uchun to ‘lov balansining ko‘rsatkichlari iqtisodiy rivojla- nishning agregat ko'rsatkichlari bilan bog'liqdir (yalpi ichki mahsulot, milliy daromad va shu kabilar) va davlat tomonidan muvofiqlashtirish obyekti bo‘lib hisoblanadi.

Davr uchun to ‘lov balansining ahvoli milliy valutaning uzoq muddatdagi davrga bo'lgan holati, uning barqarorligi yoki valuta kursining o ‘zgarish xarakteri bilan uzviy bog‘liqdir.

Buxgalteriya hisobi nuqtayi nazaridan t o ‘lov balansi doim o muvozanatda bo‘ladi. Ammo o'zining asosiy bo'linmalari bo'yicha agar tushum lar to lo v lard an ko‘p b o ‘lsa aktiv saldoga, aksincha boMganda passiv saldoga ega b o ‘ladi. Shu sababli to'lov balansini tuzish va saldosini o ‘lchash uslublari m am lakat tashqi iqtisodiy operatsiyalarini xarakterlovchi ko‘rsatkichlarni to ‘g‘ri tahlil qilishda muhim ro‘l o'ynaydi.

To‘lov balansi tuzishning nazariyasi va amaliyoti jahon iqtiso- diyotida bo'layotgan o'zgarishlarga muvofiq ravishda rivojlanib, takomillashib bormoqda.



«Balans» atam asi xalqaro t o ‘lov m u n o sab a t la r id a bir q a to r tushunchalarni xususan balans hisob-varag‘i, saldo yoki hisob-varaq qoldig‘i, hisob-varaq ahvoli, muvozanat va boshqalarni ifoda etish maqsadida ishlatiladi.

Shu sababli to ‘lov balansi — bu, nafaqat ikki tarafi bir-biriga teng bo‘lgan mamlakat Xalqaro operatsiyalari hisob-varag‘i, balki o ‘z ichiga uning asosiy elementlarining sifat va tarkibiy xarakteristi- kalarini olgan, ushbu operatsiyalarning m a’lum bir ahvolidir.



ToMov balansining tarkibiy tuzilishi. To'lov balansi quyidagi asosiy bo'limlardan iborat:

    • savdo balansi, tovarlarni olib kirish va olib chiqish o'rtasidagi nisbat;

    • xizmatlar va notijorat to'lovlar balansi («ko‘zga ko'rinmas» operatsiyalar balansi);

    • o‘z ichiga tovarlar, xizmatlar va bir tomonlama o'tkazmalarni oigan joriy operatsiyalar balansi;

    • kapitallar va kreditlar harakati balansi;

    • rasmiy valuta zaxiralari bilan operatsiyalar.


Download 26,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish