Kreditning maqsadliligi. Bu tamoyilning mohiyati shundaki, qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar aniq bir maqsadni amalga
oshirishga yo‘naltirilgan b o i ish i zarur. Kreditning qaysi maqsadga yo‘naltirilganligi, masalan, tovar moddiy boyliklar sotib olishga yoki biror ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga va hokazo, aniq biror obyektga maqsadli yo‘naltirilganligi korxona bilan bank o ‘rtasida tuziladigan kredit shartnomada ko'rsatilgan bo'ladi. Korxona oigan kreditini faqatgina kredit shartnomada ko‘rsatilgan ishni bajarishga sarflashi kerak.
Bunda kredit muayyan, aniq obyektga: ishlab chiqarish xarajat- lariga, ishlab chiqarish zaxiralariga, tayyor mahsulotga, jo'natilgan tovarlarga, hisob-kitob hujjatlariga va hokazolarga beriladi.
Yuqorida keltirilgan tamoyillar kreditning iqtisodiy kategoriya sifatida mavjud bo'lishi va harakat qilishining m uhim tomonlarini o 'zida ifodalaydi.
Bizning fikrimizcha bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning yuqo rida keltirilgan tamoyillaridan tashqari, kreditdan oqilona foydalanishni ifodalovchi tamoyil kreditning samaradorligi tamoyilini kiritish zarur. Bu tamoyil nafaqat kredit va foiz summasini bankka qaytarib to‘lashni, undan tashqari shu kredit yordamida kreditlanadigan yoki moliya- lashtiriladigan soha, tarmoq, korxona qancha samaradorlikka erishishini ifodalashi zarur. Bozor iqtisodiyoti sharoitida beriladigan kreditlar
m a’lum bir loyihalarning bajarilishiga yo'naltirilgan bo'ladi. Banklar loyihalarni kreditlash yoki moliyalashtirishdan oldin loyihani bajarish uchun yo‘naltiriladigan m ablag‘larning samaradorligini hisoblab chiqishlari zarur. Agar biz bozor iqtisodi yuqori rivojlangan mamla- katlarda kreditlash va loyihalarni moliyalashtirish amaliyotiga e ’tibor beradigan bo'lsak, bu mamlakatlarda korxona, tashkilotlarga kredit berishdan oldin ajratiladigan mablagiarning samaradorligi hisob-kitob qilib chiqiladi. Agar loyihaga qo‘yiladigan m ablagiar samara beradigan bo‘lsagina, shu loyiha uchun mablag1 ajratiladi.
Kreditning samaradorligini ta’minlash maqsadida g‘arb mamla- katlari amaliyotida kreditlashning biz uchun yangi qoidasi qoilaniladi. Bu qoida kreditlashda «5 «S» lar qoidasi» deb yuritiladi.
«5 «S» lar qoidasi» ga asosan har bir «S» bo‘yicha korxonaning faoliyati tahlil qilib chiqiladi va korxona faoliyati talabga javob bersagina korxonaga kredit beriladi. Qoidaga asosan «S» harflari korxonaning xo'jalik faoliyatining quyidagi jihatlarini ifodalaydi.
Character — qarz oluvchining xarakterini baholash va bozordagi obro'si;
Capacity — qarz oluvchining boshlagan ishini oxiriga yetkaza olish, tegishli darom ad olish ham da bank kreditlarini qaytarib berish qobiliyati;
Capital — qarz oluvchining sarmoyasini yetarliligi;
Conditions — shartlar. Bunda iqtisodiy muhim va mazkur biznesni rivojlanishi nazarda tutiladi.
Collateral — garov (kafolat, kafillik, sug'urta polisi, tovar moddiy boyliklar) va boshqalar.
Shunday qilib, banklar tomonidan beriladigan kreditlarning asosiy tamoyillarini quyidagi sxemada ko‘rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |