Zaytun ko'chatini ekish
2. Ko'chatlar plastik qopchalarda olinadi. Shundagina ularning ildizlari zararlanmaydi. Ko'chatlarni ekishda qopcha tagi bilan mutlaq olib tashlanadi. Ko'chat o'ralgan qopcha chuqurchaga qo'yilganda, bunda qopchaning tepa qismi tuproqning yuqori qismiga teng bo'ladi.
Chuqur kavlab olingan o'z tuprog'i bilan ko'mib to'lg'aziladi. Baъzan qopchani chuqurga tuproq tashlangandan so'ng ham olish mumkin, barcha eъtibor shunda bo'ladiki, ko'chat ildizidagi tuproq sochilib ketmasligi kerak. So'ng qopcha tortib olinadi va chuqurdagi bo'sh joylarni to'ldirish uchun chuqur atrofi yaxshilab bosiladi.
Ko'chat ekib bo'linganidan so'ng u sug'oriladi. Sug'orish sekin-asta kamaytiriladi. Ko'chat ekilgan kundan boshlab bir yil davomida daraxtlar suvsiz qoldirilmaydi. yaъni, uning suvga ehtiyoji qondiriladi.
■ BUTASh
Daraxtlarni butash daraxt mevalari va barglariga taъsir qiluvchi muhim ishlardan hisoblanadi. Yangi daraxtlarni parvarishlash hamda butash daraxtning chiroyli va baquvvat ko'rinishga ega bo'lishi uchun qilinadi. Yoki daraxt etishtirishda muntazam ravishda daraxtning o'sishini to'g'ri taъminlash uchun yoki yaxshi hosil berishi, yil davomida baquvvat o'sishi, qishki sovuqlarga chidamliligi oshishi uchun butash foydalidir. Zaytunning zaif, kuchsiz va meva bermaydigan shoxlarini kesib tashlash uchun butash agrotexnik tadbiri amalga oshiriladi.
Bir yil davomida zaytunga to'g'ri shakl berish ishlari bir necha marta tajribali mutaxassis tomonidan bajariladi. Butash jarayonida hosil beradigan shoxlarni kesib tashlamay, ularni butun yoz davomida yaxshi oziqlanishiga sharoit yaratib berish zarur. Hosil beruvchi shoxlar bir yillik novdalar hisoblanadi, shuning uchun butash kerak deb barcha shoxni baravar kesib tashlamaslik lozim. Shuningdek, zaytun shoxlarini qachon butashni ham bilish kerak, bordi-yu to'g'ri butalmasa, u ko'p shoxlaydi va natijada shoxlari chalkashib ketadi.
Yozgi birinchi butash Zaytun daraxti ko'chatlari ekilganining birinchi yozida undan ko'p miqdorda novdalar o'sadi, bir tup o'simlik 12-14 tagacha yon shox hosil qiladi. Bunda hatto asosiy novdani tanlab qoldirmasa, baъzi hollarda hamma novdalar baravariga o'sadi. Shakl berish yoki butash bajarilishi lozim bo'lgan asosiy agrotexnik tadbirlardan biri hisoblanadi. Novdalar bo'yi 16-20 sm ga etganida ulardan 6-8 dona yaxshi o'sgani tanlab olinadi va boshqa novdalarning quvvatini saqlab qolish maqsadida qolganlari kesib tashlanadi. Shakl berish orqali qoldirilgan novdalarning baquvvat va kuchli o'sishiga imkon tug'iladi.
Zaytun ko'chatlarini dalaga o'tqazilgan birinchi yilning o'zidayoq birinchi va ikkinchi tartib yon shoxlari paydo bo'ladi. Yon shoxlarning ko'payib ketishi asosiy poyaning o'sishi sustlashiga olib keladi, shunga qarab hosil shoxlarning shakllanishi ham kechikib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |