ZAYTUN YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
1. KIRISH. Zaytunning foydali xususiyatlari.
2 . ASOSIY QISM.
a) Zaytunning morfobiologik xususiyatlari.
b) Zaytunning kimyoviy tarkibi.
c) Zaytunning navlarining tavsifi.
d) Zaytunning yetishtirish texnologiyasi.
3. XULOSA
4. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
■ I ZAYTUNNING FOYDALI XUSUSIYaTLARI
Zaytunning xo'jalik ahamiyati shundan iboratki, uning mevalaridan qimmatli zaytun moyi olinadi, meva tarkibida mazkur moy qariyb 44-72% ni tashkil etadi. Zaytun moyi boshqa o'simlik moylariga nisbatan inson organizmida to'laroq hazm bo'lishi bilan birga, shifobaxshlik xususiyatiga ham egadir.
Abu Ali Ibn Sinoning mashhur «Tib qonunlari»da yozilishicha, zaytun tabobatda ichki va tashqi yumshatuvchi, og'riq qoldiruvchi va aterosklerozning oldini oluvchi vosita sifatida qo'llaniladi, Shuningdek, zaytun moyi jigarning sekretor faoliyati va ovqat hazm qilish aъzolariga ijobiy taъsir ko'rsatadi. Zaytun barglaridan tayyorlangan damlama qon bosimini pasaytirishi to'g'risida ko'p yozilgan va undan ko'pgina boshqa kasalliklarni davolashda ham foydalanilgan.
Zaytun mevalari eng sifatli, hazm bo'lish xususiyati juda yuqori, tarkibida inson organizmi uchun zararli moddalar bo'lmagan shifobaxsh moy beradi. Zaytun moyi isteъmol moyi sifatida taъmining xushbo'yligi, dorivorligi bilan birinchi o'rinni egallaydi. Bu moy shifobaxsh kamfora va vitaminli eritmalar, turli xil xushbuy hidli atir-upalar tayyorlashda ishlatiladi.
O'rta Er dengizi mamlakatlarida yashaydigan xalqlarda yurak-qon tomir kasalliklari deyarli kam uchrashining sababi, aholining asosan zaytun moyini isteъmol qilishidadir. Zaytun moyining tarkibi 80% to'yinmagan yog' kislotalari - olein (75%), linol (13%) va linolendan (0,55%) tashkil topgan bo'lib, bu moddalar organizmda xolesterin darajasini kamaytiradi. Zaytun moyi tarkibida vitaminlar A, D, K, E, G' va polifenollar mavjud. Bu moddalar ateroskleroz, saraton (rak) kasalliklarini kamaytiradi va hujayralarning qarish jarayonini kechiktirib, teri qavatini tiklaydi. Zaytun mevasida 25% dan 80% gacha moy, barglarida 0,04% efir moylari bo'ladi. Zaytunning yashil (pishmagan) mevalari tarkibida uglevodlar, oqsillar, pektin, kul moddalar, saponinlar, kaliy, fosfor, temir tuzlari, V va S vitaminlari hamda karotin mavjud. Bularning barchasi oshqozon-ichak va jigar ishini yaxshilaydi. Bu mevaning moyidagi yog' hamda kletchatkasi organizm tomonidan yaxshi o'zlashtiriladi, oshqozondagi kislota kontsentratsiyasini pasaytiradi va oshqozon yarasi hamda gastritdan himoya qiladi. Zaytun moyi ichaklar, oshqozon osti bezi va jigar ishini yaxshilaydi hamda o't xaltasida toshlar paydo bo'lishining oldini oladi. Kal`tsiyning shiddat bilan so'rilishi suyaklarning o'sishini kuchaytiradi, qon bosimini yaxshilaydi, ko'krak bezlari, tuxumdonlar va yo'g'on ichak saratoni kabi kasalliklar zaytun iste`mol qilib borilganda yo'qolib boradi. Bu o'simlik mevasi radiatsiyaga qarshi profilaktik vosita sifatida astronavtlarning ovqat ratsioniga kiritilgan. Zaytun moyi erkin radikallarni nobud qiladi va organizmni gialuron kislotasi bilan taъminlaydi.
Zaytunning eng muhim xususiyatlaridan biri uning moyi tarkibidagi skvalen bo'lib, skvalen o'simlikning yagona manbasi hisoblanadi hamda diabetga qarshi profilaktik bo'lib, qondagi glyukoza miqdorini 12% gacha tushiradi. Oshqozon-ichak shamollashlariga, kimyoviy suyuqliklar bilan zaharlanganda yoki kuyganda hamda turli arilar va boshqa hasharotlar chaqqanda zaytun moyini surib qo'yish kerak. Barglar tarkibida glikozidlar, organik kislotalar, flavonoidlar va taninlarbo'ladi.Barglaridan tayyorlangan damlamalar gipertonik kasalliklariga, ateroskleroz- ga va semirishga qarshi profilaktik vositadir.
■ ZAYTUNNING MORFO-BIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Zaytun (O1ea eigoraea), (maslina yoki oliva) moyli o'simliklar guruhiga kiradi. Bugungi kunda er sharidagi mamlakatlarda zaytunning 60 ga yaqin turi mavjud. Ulardan birgina turi - Evropa zaytuni (O1ea Eigoraea) xo'jalik ahamiyatiga ega.
Zaytun dunyoning subtropik va mo'ъtadil iqlimli ko'pgina mamlakatlarida etishtiriluvchi qimmatbaho, serdaromad madaniy ekin turi hisoblanadi. Zaytun daraxti 500 yildan 4000 yilgacha yashaydigan, doimiy yashil bo'lib, uzoq yashovchi va sekin o'suvchi subtropik daraxt hisoblanadi. Zaytun daraxtining balandligi 10-12 metrdan oshmaydi.
1-rasm Zaytunning morfologik tuzilishi
Zaytun ko'chatlari ekilganining 3-yilida meva yoki nishona ko'rsatishni boshlaydi. Ko'chatlar yaxshi bo'lsa, albatta, 3-4 yillik ko'chatlar meva hosil qiladi.
Zaytun, zaytundoshlari oilasiga mansub ko'p yillik o'simlik, hozir Suriya, Isroil va Korsika mamlakatlarida 2000 yildan ziyod umr ko'rgan daraxtlari mavjud. Mo'ъtadil iqlimli mamlakatlarda uzoq yashaydi. Ildizlari popuk ildiz bo'lib tuproqda 70-80 sm, ayrim ildizlari 2,0-2,5 m chuqurlikkacha kirib boradi, bo'yining balandligi 6-8, ayrimlari 10-12 m ga etadi, ko'pincha butaga o'xshab bir necha poya hosil qiladi, ko'p shoxlaydi.
Barglari. Barglari novdada qarama-qarshi joylashib, ustki tomoni kumushsimon yaltirab tursa, orqa tomoni yashil rangda, uzunchoq lantsetsimondir. Zaytun bargining rangi och yashil bo'lib, novdada qarama-qarshi joylashgan, barg to'qimalari tarkibida efir moyi, lakton-elenolid, fitosterina smolalar va boshqa moddalar borligi aniqlangan.
2-rasm. Zaytun bargining tuzilishi
Bargning ostki qismining rangi esa kumush (kulrang) rang bo'lib, u oq tuklar bilan qoplangan. Bargdagi ushbu tuklar quruq havoda bargning o'lishiga to'sqinlik qiladi. Qisqa bandi bilan novdada qarama-qarshi joylashgan bo'lib, qishda boshqa barglarga o'xshab to'kilib ketmaydi, bahorda mart oyining oxirlarida avval bir dona barg hosil bo'lib keyin eski barg to'kiladi. Zaytun daraxti barglari mutloq to'kilib yalang'och bo'lib qolmaydi, qishda ham barglarini saqlab qolgani uchun ekologik toza daraxtlar turiga kiradi. Chunki o'simlik yil bo'yi kislorod ishlab chiqish imkoniga ega. Barglar har ikki yoki uch yilda chiqish joyini o'zgartirib turadi.
Gullari. Ikki jinsli, barg qo'ltig'ida rovaksimon holda bo'lib, bir ro'vakda 8-42 tagacha gul joylashadi. Gultoji barglari 4 ta, otaliklari 2 ta, onalik tugunchasi bitta, aprel oyining oxiri, may oyi boshlarida, baъzan mayning oxiri, iyunda gullaydi. Zaytun gullari oqish qaymoq rang bo'lib, shingil shaklida, shingilning hajmi kichikdir. Gulning xushbo'y hidi bo'lib, daraxt yoniga kelsa, kishi dimog'iga yoqimli hid uriladi. Gullar barglarning ostidan chiqadi. Gullar bir yil oldin o'sgan novda va shoxchalarda hosil bo'ladi. Zaytun guli ikki uylidir. Birinchi xil gullari o'z morfologik belgilarida erkak va urg'ochi gullarni eslatuvchi belgini ifoda etgan germofrodit gullar.
3-rasm. Zaytun gulining tuzilishi
Ikkinchisi esa erkak gullar, o'simlikning urg'ochi gullari yo'q. Ushbu xususiyatni gul tuzilishini diqqat bilan kuzatganda ko'z bilan ko'rish mumkin.
Zaytun urug' tugunchalari kichkina, ammo ko'zga yaqqol tashlanadi. Odatda gullarning har birida bir meva hosil bo'ladi. Gullari urug'langanidan so'ng sekin urug' tugunchasi kattalashadi va boshqa o'simliklarga o'xshab meva tugadi. Urug'langan gul tugunchasi boshqa daraxtlar gul tugunchasidan bir oz farq qiladi. Gul tugunchasining har birida ikki donadan kichik urug'langan tugunchalari bo'lib, ulardan bittasi hosil beradi, yaъni urug'langan barcha gullar meva hosil qiladi.
Zaytun mevalari. Zaytunning mevasi cho'ziq ovalsimon bo'lib, navlariga qarab mevasining vazni har xil bo'ladi. Zaytunning navlari, turlari juda ko'p, birgina Ispaniyada zaytunning 260 dan ziyod turi bor. Ayrim navlari kichik meva hosil qiladi, ularning vazni kichik bo'lib 240-250 donasi, ayrimlarida 80-90 ta mevasi bir kilogramm bo'ladi. Mevasi danakli, danagi o'ta qattiq, chaqilmaydi, moy mevasining etida bo'ladi. Sentyabr` oylarida mevalari to'q yashil tusda bo'lsa, oktyabr` oyi oxirida mevasi qora rangga kiradi. Usti mumsimon g'ubor bilan qoplangan. Dumaloq shakldagi mevalarda moy kam bo'ladi, ular asosan isteъmol uchun, cho'zinchoq mevalari moy beruvchi bo'ladi. Bir tup o'simlik 50-60 kg o'rtacha, ayrim tuplari 80-100 kg gacha meva beradi.
4-rasm. Zaytun mevalari
Zaytun mevalari kuzga borib pishib etiladi. Ho'l mevalari tarkibida achchiq glyukozidlar bor ekanligi uchun mutlaq eyilmaydi. Konservalash uchun ham pishmagan yashil rangdagi mevalari tanlab olinadi. Konservaga baъzan jigarrang tusdagi yoki to'q-qizil rangdagilari ham tanlab olinadi. Zaytun mevasining hajmi 1,5-2,0 sm bo'lib, etining orasida qattiq urug'i bor.
Mevalari oldin yosh paytida dovcha bo'lib, yashil tusda, keyin to'la pishib etilganida uning yashil ranggi qora yoki to'q jigarrangga o'zgaradi. Zaytun daraxti odatda o'zimizda o'sadigan ko'pgina o'simliklarga o'xshab bir yil yaxshi hosil bersa, keyingi yili oz meva qilishi mumkin.
■ ZAYTUN NAVLARINING TAVSIFI
Attufaahiy - Olmasimon nav. Bu nav - zaytunning navlari ichida hajm jihatidan eng kattasi, po'sti yupqa va yumshoq. U saqlash va tuzlash (achitish)ga chidamsiz. Moy miqdori mevalarida 5-7% dan oz. Meva rangi pishib etilishidan oldin och yashil. Pishib etilganidan so'ng yashil. Mevasi katta uzun. Moy miqdori ko'p, u avgust va sentyabr` oylarida pishib etiladi.
Al-ajiz al-aqso - uning mevasi Al-aъjiziy ash- shamiyga o'xshaydi. Lekin undan hajm jihatidan kichkina. Uning mevasi yashil va qora tuzlashga yaraydi (yaъni zaytun to'liq pishib etilishidan avvalgi tuzlash yashil tuzlash, to'liq pishgandan keyingi tuzlash esa qora tuzlash deyiladi). U sentyabr` oxirlari va oktyabr` boshlarida pishib etiladi.
Al-vatikan - mevasi o'rtacha hajmda. Urug'i silliq va uning mevasida eti yoki go'shti nisbatan ozroqdir. Urug'larida (19-23%) moy miqdori mavjud. Yaxshi tuzlanadi. Uzoq muddat saqlashga yaroqli, bu navning daraxtida mevalar ko'p hosil bo'ladi, mevasi sentyabrning oxiri va oktyabr` oyining boshlarida pishib etiladi.
Manzanilulu - o'rtacha kattalikdagi meva. Shakli nisbatan dumaloqqa o'xshash. Bir dona mevasining og'irligi 5 g dan 6 g gacha bo'ladi. Urug'dagi moy miqdori 16-20%,
mevasi yashil va qora tusda bo'lib, tuzlashga yaroqli. Uning urug'ida go'shti kam, silliqdir. Sentyabr`-oktyabr` oylarida mevalari pishib etiladi.
Kalamata - o'rta. hajmdagi uzunchoq meva. Vazni 3 g dan 5 g gacha. Urug'i go'shtsiz silliqdir. Unda yog' miqdori baland (18%). Qora rangda tuzlash uchun ishlatiladi.
Miysh - mevasining hajmi yuqoridagi navlardan kichikroq (o'rtacha hajmda). Uzunchoq bo'lib, uning vazni 4 g dan 6 g gacha. Urug'i go'sht bilan qoplanmagan, moy miqdori 15-20%. Tuzlashning ikkala turida ishlatiladi. U sentyabrdan oktyabr` oyigacha pishib etiladi.
Kuratina - o'rta hajmdagi meva. Moy miqdori 17-21%. Mevasi tuzlash uchun yaroqli. Sentyabr` va oktyabr` oylarida pishib etiladi.
Liyshu Uvil Kurnu - mevalari o'rta kichik vaznlidir. Vazni 2,5 g. Urug'iga meva eti yopishmagan yoki go'sht bilan qoplanmagan silliqdir. Moy miqdori 18-24%. Asosan moy olish uchun ishlatiladi. Mevasi sentyabr` va oktyabr` oylarida pishib etiladi.
Kuzaliyfa - mevasi katta hajmda. Urug'i mevasi vazniga nisbatan kichik. Moy miqdori 26-31%. Sermahsul. Moy olish va tuzlash uchun yaroqli. Mevasi sentyabr` va oktyabr` oylarida pishib etiladi.
Izumrud - bo'yining balandligi 6-8 m, qulay sharoitda 10-12 metrgacha etadi. Ko'pincha butaga o'xshab bir necha novdalar hosil qiladi va yon shoxlari ko'p bo'ladi. Barglari novdada qarama-qarshi joylashgan, ustki tomoni to'q yashil bo'lib, yaltiroq, orqa tomoni yashil-kumushsimon rangda, uzunchoq lantsetsimon, rangi och yashil tusda bo'lib, uzunligi 4,0-4,5sm gacha, eni 2,0-2,5 sm keladi. Bargning ostki qismining rangi oqish kumushsimon bo'lib, oq tuklar bilan qoplangan.
Bargdagi ushbu tuklar quruq havoda bargning nobud bo'lishiga to'sqinlik qiladi. Barg bandi qisqa bo'lib, qishda barglari to'kilib ketmaydi, bahorda bir dona barg hosil bo'lib, keyin o'tgan yilgi barg to'kiladi. Gullari - ikki jinsli bo'lib, barg qo'ltig'ida shingil holda bo'lib, bir ro'vakda 8-32 tagacha gul joylashgan. Gultojibarglari 4 ta, otaliklari 2 ta, onalik tugunchasi bitta, aprel` oyining oxiri, may oyining boshlarida, baъzan mayning oxiri iyun` oyida gullaydi. Gullari oqish, qaymoqsimon rangda bo'lib, yoqimli hidi bor. Odatda, gullar bir yillik novda va shoxchalarda hosil bo'ladi. Zaytun gullari ikki uyli. Changlanishi uchun chetdan, hasharotlarni jalb qiladi. Asalchil o'simlik hisoblanadi. Gullari urug'langandan so'ng, sekin tugunchasi kattalashadi va boshqa o'simliklarga o'xshab meva hosil qiladi. Zumrad navining mevasi cho'ziq ovalsimon bo'lib, etishtirilgan tuproq iqlim va agrotexnikaga qarab, mevaning vaznida o'zgarish bo'lishi mumkin. O'rtapishar, hosildor, mevasining vazni 3,5-4,7 gramm keladi, cho'zinchoq bo'lib, uzunligi 1,5-2,0 sm keladigan meva bandida joylashgan, yirikligi o'rtacha, yakka holda rivojlanadi, oldin yashil, pishib etilgandan so'ng qora - binafsha rangga kiradi. Mevasi mumsimon g'ubor bilan qoplangan. Mevalari yashil paytida oziq-ovqatda konserva sifatida, pishgandan so'ng moy olishga mo'ljallangan.
Qorako'z - Qrimdagi Nikitskiy nomidagi Botanika bog'ida rayonlashtirilgan “Kr`mskaya 172” navidan olingan qalamchalar orasidan tanlab olingan va Farg'ona vodiysi tuproq iqlim sharoitiga moslashtirilgan.
Ildizlari popuk ildiz bo'lib, tuproqda 70-80 sm, ayrim ildizlari 2,0-2,5 m chuqurlikgacha kirib boradi. Bo'yining balandligi 6-8 m, qulay sharoitda 10-12 metrgacha etadi. Ko'pincha, butaga o'xshab bir necha novdalar hosil qiladi
va yon shoxlari ko'p bo'ladi. Bo'yining balandligi 6-7 m, barglarining uzunligi 3-4 sm, eni 1,0-2,2 sm, bargi novdada 1,0-1,5 yilgacha yashaydi. Ko'p yon shoxlar hosil qiladi, gullari oqish qaymoqsimon rangda bo'lib, shingil holida joylashgan, gulining yoqimli hidi bor. May oyining boshlarida gullaydi, guli 2-4 kun turadi, keyin to'kilib ketadi. Changlanishida ko'pincha, chetdan hasharotlarni jalb qiladi. Asalchil o'simlik hisoblanadi. Ushbu navni bir yilda to'rt marta butash lozim, aks holda, juda ko'p yon shox yoki novda hosil qiladi. Butalmasa hosil berishi kechikib ketadi.
O'rtapishar, hosildor mevasining vazni 2,5-5,7 gramm keladi, cho'zinchoq bo'lib, uzunligi 1,3-2,0 sm keladigan meva bandida joylashgan, yirikligi o'rtacha, yakka holda rivojlanadi. Oldin yashil, pishib etilgandan so'ng qora- siyohrang bo'ladi. Mevasi - mumsimon g'ubor bilan qoplangan. Sentyabr` oyining oxirida pishib etiladi. Mevalari yashil paytida konservaga, pishgandan so'ng moy olishga mo'ljallangan.
■ ZAYTUN KO'ChATINI ETIShTIRISh
Bu o'simlik urug'laridan, qalamchalaridan, bachkilari va payvandlash yo'li bilan ko'paytiriladi. Ekishga ajratilgan mevalarining eti yoki mag'zi qushlarga ediriladi yoki suvga ivitib qo'yilib, keyin urug'i ajratib olinadi. qushlar cho'qib tashlab ketgan mevalardan ko'kargan novdalari baquvvat bo'lib o'sadi.
Ildizlari juda ko'p bachki beradi, ularni alohida ajratib ko'chatzorlarga ekiladi. Urug'lari tuproqqa ekilganda juda kech unib chiqadi. Shuning uchun ularni namli qumlarda ekib ko'kartirib, keyin ekish lozim. Novdalaridan 20-25 sm qalamchalar tayyorlab, ular orqali ham ko'paytiriladi. Payvand qilish eng yaxshi natija beradi yoki hosilga kirish tezlashadi, bu vaqtda to'rtinchi yili meva beradi.
Urug'idan ko'paytirish. Urug'idan ekilganda unib chiqqan nihollar keyingi yillarda payvandlash uchun alohida joyga ekiladi. Ekiladigan urug'lar avval urug'ni meva etidan o'sishga to'siq bo'luvchi moyli etdan va po'stlog'idan tozalanganidan keyin mart yoki sentyabr` oylarida ekiladi. Urug'dagi po'stlog'ning qattiqligi uchun uruqqa 4% li karbonat kal`tsiy bilan ishlov berilishi mumkin. Chunki qattiq qobiqlar urug'ni tez o'sishi uchun xalaqit beradi. Urug'laridan unib chiqqan zaytun ko'chatlari 10-11-yili hosil beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |