Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 19,33 Mb.
bet98/143
Sana28.03.2022
Hajmi19,33 Mb.
#513982
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   143
Bog'liq
микробиология мажмуа (2) (2)

Umumiy ma’lumot: Bakteriyalar uchun oziq moddalar yetishmay qolganda harorat yoki pH ning o’zgarishida, modda almashinuvi mahsulotlari ko’payib ketganda ular spora hosil qiladilar. Batsillalar va klostridiylar spora hosil qiladi, bakteriyalarda esa bunday hol kuzatilmaydi.
Hujayra spora hosil qilganida uning genetik apparati qayta quriladi. Bunda nukleoidning morfologiyasi o’zgaradi. Hujayrada DNK sintezi to’xtab qoladi. Yadro DNK ipsimon bo’lib cho’ziladi va hujayraning bir uchida to’planadi. Hujayraning bu uchi sporogen zona deyiladi. Shundan so’ng sporogen zonada tsitoplazmaning zichlashishi kuzatiladi va bu bo’lim hujayraning qolgan qismida to’siq bilan ajraladi. To’siq bilan ajralgan bo’lim ona hujayraning membrana bilan o’ralgan bu bo’limi prospora deyiladi.
Prospora ona hujayra ichida joylashgan strukturadir. U ona hujayradan ikki – uch va tashqi membrana bilan ajralib turadi. Bu ikki membrana orasida kortikal qavat – korteks hosil bo’ladi. Korteksning kimyoviy tarkibi vegetativ hujayra devorining kimyoviy tarkibi bilan o’xshash bo’ladi. Spora ozuqa moddalari mavjud qulay sharoitga tushib o’sganida korteks yosh vegetativ hujayraning devori hosil qiladi. Prospora yuzasida spora qoplami hosil bo’ladi. Bu qoplamning soni, qalinligi, tuzilishi turli bakteriyalarda turlicha bo’ladi.
Sporalar yumaloq yoki ovalsimon shaklli bo’ladi. Ayrim bakteriyalar sporalarning diametri hujayra enidan katta. Spora hujayra markazida yoki uning bir uchida joylashadi. Birinchi holda hujayra duksimon shaklni, ikkinchi holda esa nogpora tayoqchasi shaklini oladi. Spora yetilgandan so’ng ona hujayra halok bo’lib, uning qobig’i yemiriladi va spora ajraladi. Spora hosil qilish jarayoni bir necha soat davom etishi mumkin. Bakteriyalar sporasidagi qobiqda suv miqdorining kam, kalhtsiy elementi va dipikolin kislotasi miqdorini ko’p bo’lishi sababli ular tashqi muhit tahsiriga chidamli bo’ladi. Sporalar quruq sharoitda 165-1700 C haroratgacha qizdirilganda 1.5-2 soatda bug’ tahsirida 1250 C da 15-30 minut halok bo’ladi.
Sporalar qulay sharoitga tushib qolsa, vegetativ hujayra hosil qilib o’sadi. Bu jarayon bir necha soat davom etadi. Bu vaqtda spora suvni ko’p miqdorda jadal yutadi, uni fermentlari faollashadi. Biokimyoviy jarayonlari tezlashadi. Sporaning tashqi qobig’i yorilib, yosh hujayra tashqariga chiqadi. Yosh vegetativ hujayra sporaning bir uchidan o’sib chiqsa, bunday o’sish polyar o’sish, o’rta qismidan o’sib chiqqanda esa ekvatorial o’sish deyiladi.
Spora hosil qilish jarayoni doimiy hususiyat bo’lsada, bahzan bakteriyalar asporogen irq deyiladi. Bu xodisa doimiy yoki vaqtincha bo’lishi mumkin. Bakteriyalarning asporogen irqqa aylanishida zaharli moddalar va boshqa Ba’zi omillarning tahsiri juda katta ahamiyatga ega.
Ba’zi bir bakteriyalar (Clostridium, Bacillus) noqulay sharoitga tushib qolganda endospora hosil qiladi. Spora bakteriyalarni o’ziga xos bo’lgan tinch turuvchi shakli hisoblanadi va ularning metabolitik aktivligi o’ta past bo’ladi, lekin ular tashqi muhit omillariga (quritishga, yuqori temperaturaga, kimyoviy moddalarga) o’ta chidamli bo’ladi. Tashqi muhitda bir necha o’n yillar saqlanishi mumkin. Sporani tashqi omillarga bunchalik chidamli bo’lishini, ular tarkibidagi dipikolin kislotasi va kalg’tsiy tuzlari tahminlaydi. Bundan tashqari spora tarkibida erkin suv molekulalari uchramaydi, suv faqat bog’langan ko’rinishda bo’ladi. Spora yaxshi sharoitga tushsa, undan yana vegetativ shakli hosil bo’ladi. Bakteriyalarda spora ko’payish xususiyati emas, u turni tabiatda saqlanishini tahminlaydi. Bakteriyalarni sporasini aniqlash amaliyotda diagnostik ahamiyatga ega.




Download 19,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish