Bakteriyalarning harakatlanishi. Bakteriyalar ikki xil harakatlanadi. Sirpanib harakatlanuvchi bakteriyalarning (mikrobakteriyalar, oltingugurt bakteriyalari) to’lqinsimon qisqarishi natijasida hujayra shakli davriy o’zgarib turadi, natijada bakteriyaning ma’lum harakati sodir bo’ladi.. Suzib harakatlanish xivchinlari bilan amalga oshadi. Masalan, spirillalar va kokkilarning ba’zilari. Ko’pgina prokariotlarning ustki qavatida hujayralarni harakatlanuvchi tuzilmalar bor. Bular xivchinlardir. Ular bir qator tayoqchasimon bakteriyalarda, ba’zi bir kokklarda, spirillalarda, vibrionlarda va ipsimonbakteriyalarda topiladi. Xivchinlarning soni 1tadan 100 tagacha bo’ladi. Xivchinlarning qalinligi 0,01 mkm atrofida uzunligi 20 mkm gacha yetadi. Xivchinlarni yorug’lik mikroskopi ko’rsata olmaydi, SHuning uchun ular elektron yoki qorong’i maydonli mikroskopda ko’riladi. Xivchinlarni yorug’lik mikroskopda kuzatish uchun maxsus murakkab bo’yash metodlaridan foydalaniladi, bunda xivchin qalinligi kattalashadi.Ularning bir necha bo’yash usullari bor. Bunda har xil ishlov beruvchi moddalaridan foydalaniladi, ular xivchinning ustki qismida cho’kadi va shu sababli diametri oshadi va xivchinlar ko’rinadi.
Ba’zi tayoqchasimon bakteriyalar — Proteus vulgaris, Slostridium tetani kabilarda 50 - 100 gacha xivchin bo’ladi.. Xivchinlarning eni 10 — 20 nm, uzunligi 3 — 15 mkm. Xivchinlar uzunligi kulturaning tabiati, oziqa muhitini yoki tashqi muhit ta’siriga qarab har xil bo’ladi.. Xivchinlar kimyoviy jihatidan oqsil modda —( flagellindan) flagellindan tuzilgan. Xivchin bakteriya hayotida katta rol o’ynaydi. Bakteriyalarni ba’zi bir oziqa muhitlarida xivchinsiz qilib ham o’stirish mumkin. O’sish fazasiga qarab bakteriyalarning xivchinli va xivchinsiz davrlari bo’ladi.. Bakteriya xivchinini yo’qotsa ham yashayveradi. Xivchin ba’zan plastinkaga yopishgan bo’ladi.. Plastinka yesa tsitoplazmatik membrana tagida joylashgan bo’ladi.. Ba’zan tanacha, bakteriyada motor vazifasini bajarib xivchinni harakatga keltiradi. Ba’an tanacha xivchin bilan ilmoq orqali birikadi. Ba’zan tanacha o’z navbatida 4 ta halqa bilan ta’minlangan. Halqalar sterjen orqali bir tizimga birlashdi Bu halqalar bir - biriga nisbatan harakatga kelishadi va sterjen orqali xivchinni harakatga keltirishadi. Harakat tezligi temperaturaga, osmotik bosimga, yopishqoqlikga bog’liq bo’ladi.. Ba’zi bakteriyalar 1 sekunda 1 bakteriya tanasi uzunligicha, ba’zilari yesa 50 tana uzunligicha harakat qiladi Odatda ular tartibsiz harakat kiladi, ammo ularda kimyoviy moddalarga nisbatan taksis hodisasini kuzatiladi, bunga xemotaksis deyilsa, kislorodga nisbatan harakat qilsa aerotaksis, yorug’likga nisbatan bo’lsa fototaksis deyiladi.
Bakteriyalar xivchinlarining soni va joylashishiga qarab quyidagi guruhlarga bulinadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |