O’zaro tasirlashayodgan zaryadlangan jismlarning o’lchamlari ular orasidagi masofadan juda kichik bo’lsa bunday zaryadlagan jismlar nuqtaviy zaryadlar deyiladi
ELEKTR MAYDONI. ELEKTR MAYDON KUCHLANGANLIK VEKTORI.
ELEKTR MAYDONI. ELEKTR MAYDON KUCHLANGANLIK VEKTORI.
Elektr zaryadi atrofida elektr maydoni yuzaga keladi. Elektr maydonining ta’sir kuchi zaryaddan uzoqlashgan sari masofaning kvadrati bo’yicha kamayib boradi, bunday maydonga markaziy maydon deb ataladi.
Qo’zg’almas zaryad atrofida hosil bo’lgan elektr maydoniga elektrostatik maydon deyiladi.
Elektr maydonini kuch jihatidan ifodalovchi kattalik sifatida elektr maydon kuchlanganlik vektori –E kiritiladi.
Elektr maydon kuchlanganligi deb maydonga kiritilgan birlik musbat zaryadga - maydon tomonidan ta’sir etuvchi kuchga teng bo’lgan kattalikka aytiladi.
E= F=*E (E)=N/C=V/m
formula bilan aniqlanadi. Bunda E→– maydonning biror nuqtasidagi maydon
|F→| – elektr maydoni tomonidan kiritilgan zaryadga ta’sir etuvchi kuch.
Elektr maydon kuchlanganlik vektorining yo’nalishi sifatida musbat zaryadga ta’sir etuvchi kuch yo’nalishi sifatida musbat zaryadga ta’sir etuvchi kuch yo’nalishi tanlab olingan, manfiy zaryadga ta’sir etuvchi kuch yo’nalishi kuchlanganlik vektorining yo’nalishiga qaramaqarshi bo’ladi,
Nuqtaviy q zaryadning r masofada hosil qilgan maydon kuchlanganligini hisoblaylik:
Bu yerda: r– nuqtaviy zaryaddan maydon kuchlanganligi aniqlanadigan nuqtagacha bo‘lgan masofa;
Elektr kuch chiziqlari.
Elektr kuch chizig’I deb shunday chiziqqa aytiladiki, uning har bir nuqtasiga o’tkazilgan urinma shu nuqtadagi maydon kuchlanganligining yo’nalishi bilan mos tushadi. Agar kuch chizig’I to’g’ri chiziqdan iborat bo’lsa, kuchlanganlik vektori bilan ustma ust tushadi.
ELEKTR MAYDON KUCHLANGANLIGINING SUPERPOZITSIYA PRINSIPI
Bir qancha zaryadlarning biror nuqtada hosil qilgan elektr maydon Zaryadlar sistemasining biror nuqtada hosil qilgan elektr maydo nining kuchlanganligi, sistemaga kiruvchi har bir zaryadning o‘sha nuqtada alohida-alohida hosil qilgan maydon kuchlan ganliklari ning
vektor yig‘indisiga teng. E=E1+E2+E3…+En
Bu elektr maydonning superpozitsiya prinsipi deyiladi.