Savol: Zarrachada hosil bo’lgan aylanish momentini tasavvur qilish mumkin. Ammo indusirlangan spin yoki to’lqin vektorini qanday tushunish kerak?
Javob
Savol: Zarrachada hosil bo’lgan aylanish momentini tasavvur qilish mumkin. Ammo indusirlangan spin yoki to’lqin vektorini qanday tushunish kerak?
Javob: Bu masala jismlar orasida uzaro tortishi kuchini hosil bo’lish sabablari muhokama qlinganda batafsil yoritilgan edi. Shunday bo’lsa ham qisqacha izohlab utamiz. Zarrachalar orasidagi uzaro tasirlashish natijasida shu zarrachalarni birlashtirib turuvchi o’q buyicha qisman deformasiyalanish hosil bo’ladi. Zarrachada hosil bo’lgan deformasiyalanish ossillyasiyalanuvchan tabiatga ega bo’ladi. Uni ossillyasiyalanuvchan qutblanuvchanlik deb ham qabul qilish mumkin. Ikkita molekula orasida uzaro tasirlashuv bo’lganda agar deformasiyalanishdagi energiya kattaligi bir-biriga teng bo’lib faza jihatidan bir-biriga qarama-qarshi bo’lsa zarrachalar harakatida to’liq muvofiqlashish yoki fazoviy kogerentlik yuzaga keladi. Natijada molekulalar bir-biri bilan juftlashadi yoki dimer hosil qiladi. Juftlashgan molekulalarda aylanish mometlari ham bir-biriga moslashgan bo’ladi. Agar shu shart bajarilmasa ham yuzaga kelgan fazoviy kogerentlik buzilib ketishi mumkin.
Savol: Javobingizga qaraganda zarrachalar orasida juftlashish yoki fazoviy kogerentlik yuzaga kelishi umumiy tabiatga ega ekanda?
Javob: Albata. Zarracha qanday bo’lishidan qatiy nazar juftlashish tabiati birxil bo’lishi lozim.
Savol: Ikkita molekulani juftlashish mexanizmini yoki ular orasida fazoviy kogerentlik hosil bo’lish jarayonini qarab chiqdik deb tasavvur qilaylik. Molekulalar sistemasida gaz holatidan suyuqlikka utish jarayonini qanday tasavvur qilish kerak?
Javob: Molekulalardan tashkil topgan gazni temperaturasini pasaytirib borsak dastlab ularda dimerlar hosil bo’laboshlaydi. Bu dimerlarning yashash vaqti kichik bo’lishi mumkin. Molekulalarda indusirlangan spinlarning energiyasi juftlikni saqlab qolish uchun yetarlicha bo’lmasa ularning parchalanib ketishi va yana hosil bo’lish jarayoni yuz beradi.
Savol: Javobingizda yana bitta holatga aniqlik kiritsangiz. Mavjud fizik tushunchalarda dimer hosil bo’lganda zarrachalar orasidagi masofa zarrachalarning o’lchamlariga yaqin deb qaraladi. Bu xildagi dimerlar esa uzaro tasirlashuv energiyasi katta bo’lgani uchun odatda parchalanmaydi. Bergan tarifingizda esa hosil bo’lgan dimerlar parchalanib va yana hosil bo’lib turadi deb izoh berayapsiz. Ular orasida uzaro tasirlashuv kuchi katta bo’lsa nima uchun ular parchalanib ketadi. Dimer hosil qilgan molekulalar orasidagi masofa molekularning o’lchamlari kattaligida bo’ladimi?
Javob: Molekularning dimer hosil qilishida yoki ularning kondensasiyalanishida shu masala yechilmay qolgan edi. Shuning uchun moddaning gaz holatidan suyuqlikka utish jarayoni yechilmagan edi. Buning birinchi sababi molekulalarni ham zarracha deb qabul qilib ularning to’lqin xususiyatini inobatga olinmagan. Yuqorida muhokama qilganimizdek molekulalarning to’lqin paketi shakllanganini inobatga olaylik. Molekulalarda xarxil kattaliklarda indusirlangan spinlar hosil bo’ladi. Tegishli sharoit yuzaga kelganda molekulardagi indusirlangan spinlarning (to’lqin vektori) bazilarida fazoviy kogerentlik yuzaga kelishi uchun imkoniyat yuzaga keladi. Pirovardida molekulalar orasida juftlashish amalga oshib dimer hosil bo’lishi mumkin.