Zaripova Matluba Qulfitdinovna



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/78
Sana08.01.2022
Hajmi1,68 Mb.
#332287
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78
Bog'liq
книга

insonlar o‘rtasidagi axborot inqilobi 
natijasida  vujudga  keluvchi  va  didaktikada  qo‘llaniluvchi  aloqa  (muomala) 
usullari va vositalari yig‘indisidir.
 
O‘qitish  texnologiyalari  muammolarini  ishlab  chiqishga  rossiyalik 
pedagoglardan V.P. Bespalko, V.V. Guzeev, M.V. Klarin. N.V. Kuzmina, V.M. 
Monaxov,  V.B.Pityukov,  V.A.  Slastenin,  S.A.  Smirnov,  M.A.Choshanov  va 
boshqalar  katta  hissa  qo‘shishgan.  Uzoq  xorij  tadqiqotchilari  qatorida  L. 
Anderson, Dj. Blok. B. Blum, T. Gilbert, R. Meydjer va boshqalarni qayd etib 
o‘tish mumkin. 
Yurtimiz olimlari qatoriga N.N. Azizxodjaeva, B.  Adizov, S. Bazarova, 
D.  Mirzajanova,  N.S.  Sayidaxmedov,  U.Nishanaliev,  U.K.Tolipov  J.  G‘. 
Yo‘ldoshev,  B.L.  Farberman,  Mardonov  Sh.  va  boshqalarni  kiritish  mumkin. 
Olimlarning  qarashlari  hamisha  ham  mos  kelavermaydi.  Ba’zi  mutaxassislar 
ta’lim texnologiyasiga pedagogik fan sifatida qarashadi, boshqalari esa uni ilm 
va  amaliyot  o‘rtasidagi  oraliq  vaziyatni  egallaydi,  deb  hisoblashadi.  Uchinchi 
guruh  mutaxassislari  texnologiyaga  ilm  va  san’at  o‘rtasidagi  oraliq  vaziyatdan 
joy berishadi, to‘rtinchi guruh vakillari uni o‘quv jarayonini loyihalashtirish bilan 
bog‘lashadi.  Odatda  har  bir  yondashuv  vakillari  o‘qitish  texnologiyasining 
ko‘rsatib  o‘tilgan  tavsiflarining  har  biri  uni  to‘liq  qamrab  olmaganligini, 
faqatgina  undan  foydalanishning  ma’lum  sohasini  ifodalashini  qayd  etib 
o‘tadilar.  


90 
 
O‘qitish    texnologiyasining  sig‘imli  va  tor  ma’nodagi  ta’rifini 
shakllantirishga  bo‘lgan  harakatda  ham  ana  shunday  manzara  kuzatiladi. 
Masalan, ba’zi mualliflar uni didaktik maqsadlarga erishishning kafolatlangan 
vositasi sifatida tavsiflaydilar va uning har qanday o‘quv jarayonida hamisha 
mavjud  bo‘lishini  qayd  etib  o‘tadilar,  bu  bilan  mumtoz  didaktikani 
rivojlantiradilar.  Boshqa  tadqiqotchilar  texnologiyani  o‘quv  dasturlarida 
ko‘zda tutilgan ta’lim mazmunini amalga oshirish usuli deb hisoblaydilar. Bu 
usul  qo‘yilgan  maqsadlarga  eng  samarali  erishishni  ta’minlovchi  o‘qitish 
ko‘rinishlari, usullari va vositalari tizimini ifoda etadi. Olimlar uni ta’limning 
texnik  va  axborot  vositalari  yordamida  o‘quv  jarayonini  optimallashtirishga 
qaratilgan  pedagogning  uslubiy-tashkiliy  harakatlari  yig‘indisi  sifatida 
asoslaydilar.  
Turli ilmiy va o‘quv-uslubiy manbalarda keltirilgan ta’riflar tahlili shuni 
ko‘rsatadiki,  ko‘pchilik  tadqiqotchilar  ta’lim  texnologiyasining,  didaktik 
maqsadlarga  kafolatlangan  erishishni  hisobga  olgan  holda,  o‘quv  jarayonini 
optimal tashkil qilish va amalga oshirish bilan bog‘liqligi borasida bir xil fikrga 
keladilar. 
Bu 
holat 
asosiy 
sanaladi, 
chunki 
o‘quv 
jarayonini 
texnologiyalashtirishning  asosiy  ma’nosi  qo‘yilgan  maqsadlarga  kafolatli 
erishishning eng maqbul usullarini aniqlashdan iborat. Shunday qilib, ta’limga 
texnologik  yondashuv  berilgan  dastlabki  ko‘rsatmalardan  (ijtimoiy  buyurtma, 
ta’lim  yo‘naltiruvchilari,  o‘qitish  maqsad  va  mazmuni)  kelib  chiqqan  holda 
didaktik  maqsadlarga  kafolatli  erishish  maqsadida  o‘quv  jarayonini 
loyihalashtirishni nazarda tutadi.  
O‘quv  jarayoniga  texnologik  yondashuv  mohiyatini  ochib  berish 
imkoniyatini beruvchi ikkinchi asosiy vaziyat sifatida pedagog tomonidan mos 
o‘qitish vositalaridan foydalanishni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.  
Klassik  mazmunda  «texnologiya»  tushunchasi  konkret  texnik  vositalar 
(stanoklar, oqim liniyalari va hokazolar)dan foydalanib mahsulot ishlab chiqarish 


91 
 
jarayonini  bildiradi.  Bu  vositalar  to‘lamidagi  har  qanday  o‘zgarish  jarayon 
ko‘rsatkichlarini o‘zgarishiga olib kelishini bildiradi, binobarin, texnologiyaning 
o‘z  ham  o‘zgaradi.  Shunday  qilib,  texnologiyada  ishlab  chiqarish  vositalari 
yetakchi rolni o‘ynaydi.  
Agar  bu  xulosani  pedagogik  atamalar  tiliga  o‘girsak,  har  qanday  ta’lim 
texnologiyasida didaktik funksiyalarni amalga oshirish borasida asosiy og‘irlik 
o‘qituvchilar  tomonidan  foydalaniladigan  vositalarga  tushadi.  Biroq  ta’lim 
texnologiyasining bu tashkiliy qismining  ma’nosini mutlaqlashtirish kerak emas.  
O‘qitish  vositalarining  yuqori  unumdorligi  va  ulardan  foydalanish 
xususiyatlari  o‘qitishning  umuman  o‘zgacha  modelini,  o‘quv  jarayonining 
o‘zgacha  madaniyatini  yaratadi.  Lekin  ishlab  chiqarishning  hamma  vositalari 
ham  yuqori  unumdorlikka  ega  emas,  binobarin,  hamma  vositalardan  ham 
texnologiyalarda foydalanib bo‘lmaydi. Bu esa o‘qitishning har qanday vositalari 
ham texnologiyalar yarata olmaydi va texnologiyani shakllantiruvchi omil rolini 
o‘ynay olmaydi.  
Ko‘rsatib  o‘tilganlar  bilan  bir  qatorda  zamonaviy  pedagogika  mavjud 
yondashuvlar  tahlilidan  kelib  chiqib,  tadqiqotchilar  o‘qitish  texnologiyasining 
asosiy  tavsiflari  sifatida  uning  tizimliligi,  ilmiyligi,  integrativligi,  takror  ishlab 
chiqarishning mumkinligi, samaradorligi, o‘qitishning sifati va  motivatsiyaligi, 
ko‘paytirish,  yangi  sharoitlarga  uzatish  imkoniyatining  mavjudligi,  yangiligi, 
algoritmlashganligi, axborotlashuvi va boshqalarni qayd etib o‘tadilar.  
Tavsiflarning  bunday  turli-tumanligi  o‘qitish  texnologiyasining  mohiyatini 
ifodalovchi qandaydir umumlashtirilgan invariant alomatini ajratib ko‘rsatishni 
talab  qiladi  uni  texnologiyaning  qonuniy  tashkil  etilganligi  sifatida  belgilashni 
taklif qiladi

 2.3. O‘qitish texnologiyasi: mazmuni  mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari      
 


92 
 
  
 
 Ta’lim  texnologiyasi  —  eng  avvalo,  o‘zida  didaktik  qonunlar  va 
qonuniyatlarni amalga oshiruvchi va shunga muvofiq ravishda konkret pirovard 
natijalarga  erishishni  ta’minlovchi  pedagogik  jarayondir.  Bu  qonun  va 
qonuniyatlarga  qanchalik  to‘liq  erishilsa  va  amalga  oshirilsa,  talab  qilingan 
natijani olish kafolati shunchalik yuqori bo‘ladi. Shunday qilib, qonuniy tashkil 
etilganlik  mezoniga  ta’lim  texnologiyasining  barcha  asosiy  alomatlari  mos 
kelishi kerak.  
Umumlashtirilgan ta’rif sifatida quyidagi ta’rif taklif qilinadi. 

Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish