Kirish
Zargarlik tarixi va xorijiy mamlakatlarda qayta ishlanishi.
Zargarlik sohasi uni rivojlantirish bo'yicha muhim qadamlar
2018 — 2020-yillarda O'zbekiston Respublikasi Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida qonun loyihasi
"O'zbekzargarsanoati" uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Qonun loyihalarini, eng avvalo, xalq manfaatidan kelib chiqqan holda tahlil qilib, ularni tanqidiy ko'rib chiqish borasidagi ishlarni kuchaytirishga faoliyatimiz davomida alohida e'tibor qaratilmoqda. Hozirgi vaqtda quyi palatada bir qator qonun loyihalarini ikkinchi o'qishga tayyorlashda ana shu nuqtayi nazardan chuqur yondashilyapti.
Qo'mitamiz ishchi guruhi hamda tegishli idoralar vakillari bilan birgalikda "Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to'g'risida"gi qonun loyihasini takomillashtirishda bir qator muhim normalar qizg'in muhokamadan o'tkazilmoqda.
Ta'kidlash joiz, qonun loyihasini huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy g'oyasi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar muomalasi sohasidagi munosabatlarni kompleks huquqiy tartibga soladi. Zargarlik buyumlari asillik darajasini belgilash va tamg'alash tizimini, shuningdek, ularning sifatini nazorat qilish tartib-taomillarini, shu jumladan, davlat-xususiy sherikchilik mexanizmini qo'llagan holda takomillashtiradi.
Shuningdek, ushbu soha faoliyatini xufiyona iqtisodiyotdan chiqarishga hamda tarmoqka investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun qulay sharoit yaratish va raqobat muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.
Bugungi kunda qonun loyihasi 7 bob, 64 moddadan iborat bo'lib shakllantirilmoqda. Deputatlar tomonidan bildirilgan takliflar, fikr-mulohazalar asosida pishiq-puxta holatga keltirilmoqda. Ayrim havolaki normalar chiqarilib, to'g'ridan-to'g'ri ishlaydigan moddalar kiritilmoqda.
Xususan, qonun loyihasi boblar, bo'limlar va moddalar mavzui mantiqan rivojlanib borishini ta'minlaydigan tarzda ketma-ket joylashtirildi. Metallarni egasizlantirilgan hisobvaraqlari tushunchasiga aniqliklar kiritildi va to'g'ri talqinga olib kelindi. Qimmatbaho metallar uchun hisobga olish narxlarini belgilash normasiga aniqlik kiritildi hamda moddalardan affinaj korxonalarida doimiy davlat nazoratini amalga oshirishda vakolatli davlat organi vakilini doimiy bo'lishi normasi chiqarib tashlandi.
Shuningdek, deputatlarning taklif va e'tirozlari inobatga olingan holda qonun loyihasi matnida umuman foydalanilmagan qimmatbaho metallar quymalarini tamg'alash, qimmatbaho metallar ekspertizasi tushunchalari asosiy tushunchalar qismidan chiqarib tashlandi.
Qonun loyihasi 19-moddasining "Qimmatbaho metallar affinaji" nomi "Affinaj korxonalari" degan yangi nom bilan o'zgartirildi. Bunga sabab "qimmatbaho metallar affinaji" tushunchasini asosiy tushunchalar qismida mavjudligidir, bu bilan esa tushunchani turli xil talqin qilinishini oldi olindi.
Loyihani deputatlar bilan muhokama jarayonida, past asillik darajasiga ega bo'lgan buyumlarni realizatsiya qilish taqdiri nima bo'lishi bilan bog'liq savollarga va boshqa taklif hamda e'tirozlar inobatga olinib, loyihaning 32-moddasiga to'g'ridan-to'g'ri ishlaydigan normalar kiritildi.
Prezidentimizning joriy yil 22-fevraldagi "Zargarlik sanoatini yana-da rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga ko'ra, affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega bo'lgan yuridik shaxslarga o'zlari ishlab chiqargan o'lchovli yombilarni jismoniy va yuridik shaxslarga sotishga ruxsat beriladi. Bunda, yombilarni sotish narxi hisob-kitob amalga oshirilgan sanadagi London qimmatbaho metallar birjasining ertalabki fiksing narxi va Markaziy bankning kursidan kam bo'lmagan miqdorda ishlab chiqaruvchi tomonidan mustaqil belgilanadigan vazifalar qonun loyihasini takomillashtirish bosqichida o'z aksini topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |