Zardushtiylik dini Reja: Zardusht hayoti va faoliyati



Download 162,34 Kb.
bet2/4
Sana22.08.2021
Hajmi162,34 Kb.
#154151
1   2   3   4
Bog'liq
Zardushtiylik din1

Zardushtiylik ta’limoti. Zardushtiylik ta’limoti O‘rta Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bo‘lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e’tiqodlarga nisbatan progressiv, monoteistik ta’limotdir. U behuda qon to‘kuvchi qurbonliklar, harbiy to‘qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, o‘troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishga da’vat etadi.

Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka qarshi kurash deb hisoblaydi. Zardushtiylik dinida qo‘riq er ochib uni bog‘u rog‘ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi, aksincha, bog‘lar, ekinzorlarni, sug‘orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladi. Zardusht o‘z ta’limoti bilan insonlarga tinch-totuv yashashni, halol mehnat qilishni o‘rgatmoqchi bo‘ladi. U o‘z ta’limotini insonlarning bu dunyodagi hayotiga yarasha narigi dunyodagi taqdiri hal bo‘lajak, har bir inson o‘lgandan so‘ng o‘zining bu dunyodagi qilmishiga yarasha yoki abadiy rohat - jannatga, yoki yomon ishlari ko‘p bo‘lsa na xursandlik va na xafalik ko‘rmaydigan arosat joy - misvongatuga tushadi, degan g‘oyaga asoslantirgan.

Zardushtiylik ta’limotining asosi olam qarama-qarshiliklari kurashi asosiga qurilgan. Yaxshilik va yomonlik, yorug‘lik va qorong‘ulik, hayot va o‘lim o‘rtasida abadiy kurash davom etadi. Barcha yaxshiliklarni Axuramazda va barcha yomonliklarni Anxramaynyu yoki Axriman ifodalaydi.

Axuramazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib, ularga amal qilishni, yomon ishlarni bayon etib, ulardan saqlanishni buyuradi.

Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, so‘zning sobitligi, amallarning insoniyligi, har bir Zardushtiy kuniga besh marta yuvinib, poklanib, quyoshga qarab uni olqishlab sig‘inishi shart bo‘lgan.

Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi. Ularda dunyodagi to‘rt unsur - suv, olov, er va havo ulug‘lanadi.

Zardushtiylik dafn marosimi o‘ziga xos bo‘lib, o‘lganlar bir necha past, baland «sukut minoralari» - daxmalarga solinadi, u erda murdalarning go‘shtlarini qushlar eb, suyaklarini tozalaydi. Go‘shtdan tozalangan suyaklar minora o‘rtasidagi kuduqqa sochib yuboriladi. Bunda «halol» bilan «harom»ning bir-biriga yaqinlashmasligiga erishiladi.

Zardushtiylik dini jahon miqyosida eng qadimgi dinlardan biri hisoblanib, eramizdan avvalgi VII-VI asrlar O‘rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Kichik Osiyo xalqlarining e’tiqod qiluvchi dinlari hisoblangan.

Eronshohlar davrida Eronda rasmiy davlat diniga aylangan. Biroq bu davrda uni ruhoniylar, zodagon hokimlar o‘z manfaatlariga bo‘ysundirganlar.

O‘rta Osiyoni arablar islomlashtirgunlariga qadar, zardushtiylik mahalliy xalqlarning asosiy dinlari hisoblangan.

Hozirgi kunda zardushtiylikka e’tiqod qiluvchilar soni keskin kamayib ketgan. Ular Hindistonning Bombay, Gujarot shtatlarida (115.000ga yaqin) va Eronning ba’zi chekka viloyatlarida saqlanib qolganlar. Bombayda zardushtiylarning madaniy markazi Koma nomidagi institut faoliyat olib boradi.


Download 162,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish