73
kitobxonni o‘ziga jalb qilish kabi bir qator vazifalarni amalga oshirishlarida
yaqqol namoyon bo‘ladi.
Gazeta sarlavhalari sodda gaplardan tuzilgan emas, aksincha ular o‘ziga xos
leksik, grammatik va ritorik xususiyatlarga egaligini ko‘ramiz. Shuning uchun
ham tarjimon ularni o‘qiyotganda ekstralingvistik faktorga e’tibor qaratmog‘i
lozim.
Gazeta maqolalarda aksariyat hollarda matn mazmuniga mos birliklarning
sarlavha sifatida qo‘llanishi kuzatildi. Bunda sarlavha sifatida matn mazmuni bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lib, o‘quvchi e’tiborini
jalb qilish, tanqidiy maqolada
ko‘tarilgan muammo bilan gazetxonni qisqacha tanishtirish vazifasini bajaradi.
Reklamalar o‘z xususiyatlariga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi: jumladan,
lingvistik birliklarning qo‘llanishiga ko‘ra, reklamaning nima haqida axborot
berayotganligiga ko‘ra, tovar va xizmatlarning kategoriyasiga ko‘ra, matn qaysi
vosita orqali berilayotganligiga ko‘ra, ta’sir doirasiga ko‘ra, reklama kimlarga
mo‘ljallanganligiga va axborotni yetkazish usullariga ko‘ra. Reklamalarning bu
turlari matn tuzilishiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi.
Reklama – bu oddiy matn emas balki, stilistik bo‘yoq
va ekspressiv
ta’sirchan so‘z va so‘z birikmalari orqali mahsulotni keng jamoatchilikka taqdim
etish, mahsulotni kelajakda xaridorgir brend tovarga aylanishiga xizmat qiluvchi
vosita hisoblanadi.
Tarjimaning eng murakkab turlaridan biri, reklama matnlari tarjimasidir.
Chunki reklamani o‘z tiliga tarjima qilishnigina o‘zi kifoya emas. Siz hattoki
murakkab bo‘lgan texnik ko‘rsatmalarni osongina tarjima qila olish bu reklama
e’lonlarini aniqlik bilan boshqa tilga o‘gira olishingizni kafolatlaydi degani emas.
Tasvirlar reklamaning eng
muhim jihatlarini ifodalasa, iste’molchining
hissiy munosabatini faollashtirsa, xabarning so‘zli qismi esa intellektual faolligin
kengaytirishga va reklama beruvchining qat’iy belgilangan takliflarini
74
yo‘naltirishga yordam beradi. So‘zli matn muallif tomonidan reklama xabariga
aylantirilgan butun mazmuniy quvvatni namoyon etadi.
Tadqiqotimiz davomida shunday xulosaga keldikki,
xorijiy reklama
matnlarini tarjima qilish mahsulotning spesifikaziga bog‘liq bo‘lib, reklama
matnida qo‘llangan uslubiy priyomlar mahsulot turidan kelib chiqadi. Maishiy
texnika vositalari reklamalarida asosiy urg‘u mahsulotga o‘ta yuqori baho berishga
qaratilsa, kiyim- kechak reklamalarida mahsulotni bo‘rttirish, oziq-ovqat
reklamalarida esa mahsulotni tavsiflashga e’tibor qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: