“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
126
BOSHLANG'ICH SINFLARDA TA'LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Alimova Shukurjon Kamilovna
Xorazm viloyati Urganch shahar
25- IDUM ning boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada taʼimning eng muhim bolagi hisoblanmish
boshlangʻich sinflarda taʼlim sifatini oshirish, oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishlari uchun
kerak boʻlgan omillar, bugungi kun taʼlimi haqida qisqacha bayonlar berib oʻtildi.
Kalit soʻzlar:
boshlang'ich sinf, taʼlim, texnologiya, savodxonlik, multimediali
darslar, interaktiv doskalardan foydalanish.
Bugungi kun oʻqituvchisiga barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdek
mas‗uliyatli vazifa yuklangan bo‗lib, ta‗lim mazmunini takomillashtirishga
qaratilgan
vazifalarni belgilab olish, zamon bilan hamnafas boʻlib, ta‗limning zamonaviy
texnologiyalarini joriy etgan holda oʻquvchilarda oʻz faniga qiziqish uyg‗otishlari, hurmat–
ehtirom tuygʻularini shakllantirib borishlari talab etiladi. Kelajak
avlodni manaviyatli etib
tarbiyalash, ularning hayotidagi katta va muhim poydevorini yaratib beruvchi kishi bu
oʻqituvchi, pedagog hisoblanadi.
Ta'lim oʻqituvchi va oʻquvchilarning hamkorlikdagi faoliyati hisoblanib, shu
jarayonda
shaxsning taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi ham rivojlanib, osib boradi.
Darslarda oʻqituvchi oʻz bilimi, koʻnikma va malakalarini mashgʻulotlar vositasida
oʻquvchilarga yetkazadi, oʻquvchilar esa uni oʻzlashtirib borishi natijasida kelajakda undan
foydalanish qobiliyatiga ega boʻladi. Oʻrganish jarayonida oʻquvchilar oʻzlashtirishning
turli koʻrinishlaridan
foydalanishadi, ya'ni oʻzlashtirilayotgan ma'lumotlarni qabul qilish,
qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda oʻziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta'lim
jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, oʻquvchilarning
mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta'lim va tarbiya masalalari hal etiladi.
Boshlang‗ich ta‗lim sifatini oshirish uchta eng
asosiy tarmoqlarning birdek
takomillashuviga bog‗liq bo‗lib, ular umumta‗lim muassasalarining moddiy texnika
bazasini rivojlantirish, uni o‗quv metodik adabiyotlar bilan ta‗minlash, o‗quv
jarayonida
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni tadbiq etishdan iborat. Boshlang‗ich
ta‗limda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‗llashda o‗qituvchining
didaktik o‗quv materiali, dars ishlanmalari kabilar kiradi.
Biz hozir axborot texnologiyalari asrida yashamoqdamiz. Texnologiya hayotimizning
eng tub-tublariga ham kirib kelishga ulgurdi. Hozirgi zamon ham aynan shuni talab
qilmoqda. Hozirgi kunda talimni texnologiyasiz tasavvur etish mushkul. Boshlangʻich sinf
oʻquvchilari uchun yaratilgan elektron darslik, qoʻllanma va taqdimotlardan oʻquv
jarayonida keng foydalanilmoqda. Oʻqish, ona tili, matematika va tabiatshunoslik fanlarini
oʻqitishda axborot texnologiyalari yordamida turli xil ko‗rgazmali
slaydlardan dars
jarayonlarida foydalanish mumkin. Masalan: