“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
131
MUSIQIY TOVUSHLAR VA SHOVQINLAR. SHOVQINLARNING INSON
SALOMATLIGIGA TAʼSIRI
Mamajonova Safiyaxon Islomjonovna
Farg'ona tumani 50-umumiy o'rta ta'lim maktabi
Fizika fani o'qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada musiqiy tovushlar, shovqinlar va ularning
xususiyatlari, turlari va musiqa asboblarining chiqaradigan tovushlari hamda Shovqin va
tovushlarning inson salomatligiga taʼsiri haqida maʼlumot beriladi.
Kalit so'zlar:
tovush, musiqa, balandlik, qattiqlik, tembr, cho'zim, past, baland.
Biz yashayotgan olam turli tovushlarga to'ladir. Misol uchun: guvillagan, taqillagan,
shitirlagan, g'ichirlagan va boshqa shunga o'xshash tovushlarning barchasi real voqеlikdagi
tovushlardir. Bularni shovqinli tovushlar dеb atashadi. Kuylayotgan qo'shiqchining ovozi va
musiqa
asboblari - rubob, nay, chang, skripka, fortepiano, goboy, truba va boshqa cholg'u
asboblaridan taraladigan tovushlar musiqiy tovushlar deb nom oldi.
Barcha tovushlar baland va past yoki uzoq va qisqa vaqt yangrashi,
shu bilan birga
o'ziga yarasha rang-barangligi bilan farqlanadi. Shovqinli bilan musiqiy tovushlar
o'rtasidagi farqi shundaki, har bir musiqiy tovush aniq belgilangan balandlikka ega bo'ladi.
Shovqinli tovushlar esa bunday xususiyatga ega emas.
Musiqaning asosiy vositasi, ya'ni ifodalilik vositasi - musiqiy tovushlardir.
Lekin
zamonaviy musiqada shovqinli tovushlar ham keng qo'llaniladi. Tovushlar tizimi musiqiy
fikrni ifodalash va badiiy obrazlarni gavdalantirish uchun xizmat qiladi.
Har bir musiqiy tovushning xarakteri to'rtta asosiy xususiyatlar bilan aniqlanadi. Ular
balandlik, qattiqlik, tembr va cho'zim. Tovushning balandligi
tebranayotgan jismning
tebranish tezligiga bog'liq. Tebranish qanchalik tez bo'lsa, tovush shunchalik baland
eshitiladi, va aksincha. Demak, tovushlar balandligi bo'yicha baland, o'rta va past
tovushlarga ajratiladi. Baland tovushlar «nafis», «muloyim», «jarangli», «billur» kabi
so'zlar bilan ta'riflanishi mumkin. Xor asarlardagi soprano ovozi partiyasi asosan o'z ichiga
baland tovushlarni qamrab oladi. Skripka, fleyta, nay cholg'ular
ham baland tovushlarni
taratadi. Past tovushlar - «yo'g'on», «qo'polroq» «chuqur», «mayin» kabi so'zlar bilan
ko'proq ta'riflanadi. Musiqa asboblaridan truba, kontrobas, fagot
kabilar past tovushlarga
ega. O'rta tovushlar xor ovozlari alt bilan tenor, cholg'ulardan violonchel, klarnet, valtorna,
rubob, dutorga xarakterlidir. Ularga nisbatan «yumshoq», «qalin», «odam ovoziday»
so'zlarni qo'llash mumkin.
Shovqin va uning paydo bo'lishi . Shovqin axoli yashaydigan joylarda uning paydo
bo'lishi. Shovqin asosan samolyotlarning chiqargan kuchli tovushlaridan, temir yo'llari
transportlaming
gurullagan tovushlaridan, har xil mexanizmlarning ishqalanishi va bir -
biriga urilishidan - eng asosiysi transportlaming harakatlanishi natijasida paydo bo'ladi.
Shovqinning uzoq muddatli ta'siri natijasida inson organizmiga o'zining ta'sirini yetkazadi.
Shovqinning inson organizmiga ta'siri natijasida insonning eshitish qobiliyati pasayadi, nerv