ZAMONAVIY TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
Yusupov B.E.
QMII, katta о‘qituvchi.,
Qarshi shahri
O‘zbekistonda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi inson va uning manfaatlari, uning xavfsizligi va farovonligini ta’minlash hamda barkamol avlodni voyaga etkazishga qaratilgandir. O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyingi vaqt ichida bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li asrlarga arzigulik samara va mazmun kasb etmoqda.
Ma’lumki, taraqqiyotni harakatga keltirishda va turmushda ro‘y berayotgan jarayonlarga o‘z ta’sirini o‘tkazishda jamiyat ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy yangilanishining muhim subekti bo‘lgan yoshlar, ularni barkamol shaxs qilib tarbiyalash muhim ahamiyatga ega.
Innovatsion pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o‘quv-tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir pedagog-o‘qituvchi o‘z kasbiy tayyorgarligini, pedagogik mahoratini rivojlantirib borishini talab etadi.
Uzluksiz ta’lim chuqur, har taraflama asosli ta’lim-tarbiya berish, mutaxassis kadrlar tayyorlashning turli shakl, uslub, vosita, usul va yo‘nalishlarining mukammal uyg‘unligidan iboratdir. Uzluksiz ta’lim sifatini turli komponentlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, muayyan uslublar va usullarni ta’lim jarayoniga oqilona tatbiq etilishini ta’minlaydi. Ta’limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik va didaktik talab o‘quvchining dasturiy bilim, tasavvur va ko‘nikmalari asosida mustaqil ishlash samaradorligini takomillashtirish, ilmiy fikrlashga, o‘quv faniga qiziqishini kuchaytirish, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulot mobaynida ularning о‘quv-bilish faolligini oshirishdan iboratdir [1, b.27].
Ta’lim jarayonidagi о‘quvchining faolligi, didaktikaning asosiy tamoyillaridan biri bо‘lib kelgan va shunday bо‘lib qoladi [2, b.97]. Jahon pedagogik tajribasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning о‘quvchilarni fanlarga qiziqtirishga, ularning mustaqil ishlashda faolliklarini oshirishga imkoniyati cheksiz ekanligini tasdiqlamoqda. Ta’limning bugungi vazifasi о‘quvchilarni kun sayin takomillashib borayotgan axborot-ta’lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat kо‘rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga о‘rgatishdan iboratdir. Buning uchun, ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur.
О‘zbekiston Respublikasi demokratik, huquqiy va fuqarolik jamiyatini qurish yо‘lidan borayotgan bir paytda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kuchi har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashdan iboratdir.
Hozirgi davrda sodir bо‘layotgan innovasion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun, yangi axborotni о‘zlashtiradigan va о‘zlashtirgan bilimlarini о‘zlari tomonidan baholashga qodir bо‘lgan, zarur qarorlar qabul qiladigan, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak.
Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarining о‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy о‘qitish uslublari, ya’ni interfaol uslublar, innovasion texnologiyalarning о‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda qо‘llanishiga oid bilimlar, tajriba о‘quvchilarni bilimli va yetuk malakaga ega bо‘lishlarini ta’minlaydi.
“Innovatsiya (inglizcha innovation) – yangilik kiritish, yangilanish, nimanidir о‘zgartirish demakdir. Innovasion pedagogik texnologiyalar ta’lim tizimi, pedagogik jarayon hamda о‘qituvchi va о‘quvchi faoliyatiga yangilik, о‘zgarishlar kiritishni anglab, bu jarayonni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi. Interfaol (“Inter” – bu о‘zaro, “act” – harakat qilmoq) – о‘zaro harakat qilish (yoki kim bilandir suhbatda, muloqotda bо‘lish)ni anglatadi. Interfaol ta’limning mohiyati – о‘quvchilarni bir-birlarini о‘rganishlarga yо‘naltirilgan ta’lim ekanligi” [3, b.14.]
Interfaol ta’lim, interfaol uslublar muntazam muloqotga asoslangan uslublar tizimi bо‘lib, о‘quvchilarning hamkorlikdagi va faol ishtirokidagi ta’lim va uslublar tizimi hisoblanadi. Boshqacha sо‘z bilan aytganda, о‘qitishning interfaol uslublari – bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bо‘lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bо‘ladilar, ular biladigan va о‘ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bо‘ladilar. Interfaol darslarda о‘qituvchining о‘rni qisman о‘quvchilarning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yо‘naltirishga olib keladi. Bu uslublarning о‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va о‘quvchilarning birgalikda faoliyat kо‘rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni о‘ziga xos xususiyatlarga ega bо‘lib, ularga:
о‘quvchining dars davomida befarq bо‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi;
о‘quvchilarning о‘quv jarayonida fanga bо‘lgan qiziqishlarini doimiyligini ta’minlanishi;
о‘quvchilarning fanga bо‘lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi;
pedagog va о‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etishlari kiradi.
Yurtimizda yuz berayotgan ulkan о‘zgarishlar barcha sohalarga, shuningdek, oliy ta’lim jarayoniga ham о‘z ta’sirini о‘tkazmoqda. Eski ijtimoiy munosabatlar shakllarining buzilishi va yangi demokratik hayot tizimining vujudga kelishi shaxsning ijodiy faolligini talab qiladi. Ijodkor, faol, mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazish uchun oliy ta’limda muhim о‘zgarishlar va qayta qurish hayotiy zarurat bо‘lib qolmoqda.
Shu boisdan oliy maktabda tub о‘zgarish yasash, faol, ijodkor, aql-zakovatli, ziyoli mutaxassislarni tayyorlashning ilmiy asoslarini yaratish qator fanlarning vazifasi bо‘lib hisoblanadi. Ta’lim jarayonida shaxsni kamol toptirishning shart-sharoitlarini belgilash singari murakkab vazifani hal qilish psixologiya fanining tadqiqot obyektiga va mazmuniga kiradi.
Uzoq davr ta’limning psixologik konsepsiyasi shaxs va jamiyatning о‘zaro munosabatlariga faqat bir tomonlama yondashilgan, ya’ni ta’lim jarayoni insoniyat tomonidan topilgan bilimlarni va amaliy kо‘nikmalarni о‘zlashtirish, deb qaralib kelingan, lekin bu jarayonda talabalarning shaxsiy hayotiy nuqtai nazari, faol va teran fikrlash ularning intilishlari, ichki ruhiy imkoniyatlari, kasbiy jihati qariyb hisobga olinmay kelindi. Ta’lim jarayonida shaxsning mustaqilligi, cheklanganligi sababli takomillashtirish talabalar bilimlarini mustaqil egallashga, ijodiy fikrlashga, о‘z shaxsini takomillashtirish va individual faoliyatini tashkil qilishda bir qator qiyinchiliklar sezadilar. Chunki, ta’lim reproduktiv о‘qish jarayoni negiziga qurilganligi uchun о‘qitishning boshqa shakllaridan kam samara berishi bilan ajralib turar edi. Shuning uchun о‘qish jarayoni negiziga mahsuldor faoliyat deb tushunish zaminiga qurish orqali talabalarda bilimlarni о‘zlashtirish bilan cheklanib qolmasdan balki ularni komil shaxs sifatida shakllanishini, ijodiy kasb kо‘nikmasi, mustaqil fikrlash о‘quvini va kasbiy malakalarini egallashni ta’minlash mumkin. Ta’lim ijodiy va mahsuldor faoliyatga aylanishda о‘qituvchi bilan talabalar hamda talabalarning о‘zaro hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa о‘rnida aytish joizki, ta’lim jarayoniga innovasion pedagogik texnologiyalarni kiritish va ularni qо‘llashda quyidagilarga e’tibor qaratish maqsadga molik:
- ta’lim texnologiyalari asosida ishlamoqchi bо‘lgan pedagog о‘qituvchilarni dars mavzulari bо‘yicha interfaol metodlar asosida ishlab chiqilgan ssenariylar bо‘lishi, unda bilimlarning shakllanishi uchun vaqt о‘rnini belgilash, talabalarda motivasiyani uyg‘otish uchun da’vat qismining bо‘lishi, loyihalanayotgan matnni bо‘laklarga bо‘lish asnosida metodlarni qо‘llash yoki loyihalash hamda kо‘rgazmalilikning kо‘rsatilishi lozim;
- pedagogik texnologiyalar asosida ishlovchi professor- о‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan pedagogik texnologiya loyihasini mashg‘ulotlar jarayonida sinash, maqsadning natijalanganlik darajasini tahlil etish va pedagogik texnologiyalar bо‘yicha ishlashning afzalliklarini innovator о‘qituvchilarni kafedra yig‘ilishlarida, ilmiy-uslubiy seminarlarda, oliy ta’lim mussasalari ilmiy kengashlarida chiqishlarini tashkil etib, kengash tomonidan qо‘llab-quvvatlanishini ta’minlash;
- oliy ta’lim mussasalari qoshida tashkil etilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar bо‘yicha ishlovchi innovasion (pedagogik texnologiya) markazlar zarur didaktik va metodik materiallar, texnika vositalari bilan ta’minlanishi zarur;
- pedagogik texnologiyalar va undan ta’lim jarayonida foydalanish doirasida nazariy va amaliy bilimlarga ega bо‘lgan ilg‘or professor-о‘qituvchilar texnologik kompetentligini rivojlantirish lozim.
Mazkur vazifalarning ijobiy hal etilishi ta’lim-tarbiya jarayonida muayyan samaradorlikka erishish bilan bir qatorda barkamol shaxs va raqobatbardosh malakali mutaxassislarni tayyorlashga imkon beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. О‘quv qо‘llanma. – Qarshi: “Nasaf”, 2000. 27-bet.
Avliyoqulov N.X., Musayeva N.N. Pedagogik texnologiya. Darslik. – Toshkent: “Tafakkur bо‘stoni”, 2012. 97-bet.
Ishmuhamedov R., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. О‘quv qо‘llanma. – Toshkent: “Adabiyot uchqunlari”, 2017. 14-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |