Zamonaviy sharoitda iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirishda


V. BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOT BO‘YICHA HISOBOTNI



Download 421,28 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/20
Sana12.06.2022
Hajmi421,28 Kb.
#659967
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Молия вазирлиги тизими - ўзбекча

V. BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOT BO‘YICHA HISOBOTNI 
HIMOYA QILISH VA UNING NATIJALARINI BAHOLASH MEZONI 
 
Bitiruv oldi malakaviy amaliyot yakunlangach, kafedra majlisi qarori bilan 
tasdiqlangan grafik asosida talabalar bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo‘yicha 
kafedraga hisobot topshiradilar.
Kafedra majlisi qarori bilan tuzilgan komissiya talabalarning hisobotlari 
himoyasini qabul qiladi. Komissiya tarkibiga kafedraning yetakchi pedagog-
xodimlari kiradi. Komissiya tarkibi va ish grafigi 
(komissiyaning bir kunlik ish 
kunida 3 nafar talabadan kam bo‘lmagan miqdorda) 
kafedra majlisi qarori bilan 
tasdiqlanadi.
Hisobotlarni qabul qilish fakultet o‘quv auditoriyalarida, dekanat bilan 
kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Hisobotlar himoyasi zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanilgan 
holda 
taqdimot (prezentatsiya) 
ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Talabalar tomonidan tayyorlangan bitiruv oldi malakaviy amaliyot hisoboti 5 
baholik tizim asosida baholanadi. 
Bitiruv oldi malakaviy amaliyot hisobotni himoya qilishda talabalar 
quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi: 

amaliyot dasturi; 

amaliyot o‘tish joyidan tavsifnoma o‘z aksini topgan amaliyot kundaligi; 

amaliyot o‘tishning ishchi kalendar rejasi; 

amaliyot dasturiga muvofiq tayyorlangan hisobot. 
Bitiruv oldi malakaviy amaliyot hisobotining tuzilishi: 

 
kirish; 

asosiy qism (mavzularning mazmuni aks etgan matn); 

xulosalar; 

ilovalar. 
Hisobotda bitiruv oldi malakaviy amaliyot o‘tashining barcha asosiy 
bosqichlari, ish turlari bayon etilishi lozim. Hisobotda talaba kelgusida amaliyot 
o‘tash va uni tashkil etish ishlarini yaxshilashga oid o‘z mulohazalarini ham bayon 
etishi mumkin.


18 
Hisobot standart hajmdagi A4 formatdagi oq qog‘ozda (210-297mm) talaba 
tomonidan qo‘lyozma ko‘rinishida yoki Microsoft Word dasturida kompyuterda 
yozilishi mumkin. Varaq beti o‘lchami: chap tomondan 3 sm, qolgan tomonlaridan 
2 sm qoldiriladi, qatorlar soni 28-29 ta. Uning betlari ketma-ket sonlar bilan 
raqamlanib, kirish qismi 3-betdan boshlanadi. Hisobotda jadval va rasmlarni 
kompyuter vositasida bosib chiqarishda 14 kegel o‘lchamli “Times New Roman” 
shriftidan foydalangan holda, Misrosoft Word dasturida shakllantiriladi.
Hisobot hajmi titul (1-ilova), mundarija va ilovalardan tashqari 30 varaqdan 
kam bo‘lmasligi lozim. 
Hisobot kafedraga amaliyot tugagan sanadan so‘ng 3 ish kuni ichida 
topshiriladi. Kafedra tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari (ayrim hollarda 
kafedra mudiri tomonidan biriktirilgan pedagog-xodim) hisobotni tekshiradi, o‘z 
mulohazalarini bayon etadi va taqriz yozadi.
Taqrizda talabaning bitiruv oldi malakaviy amaliyoti o‘tashi va uning 
amaliyot natijalari bo‘yicha tayyorlagan hisobotining yutuq va kamchiliklari, 
shuningdek, amaliyot rahbarining ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish 
bo‘yicha ko‘rsatmalari o‘z aksini topishi lozim. Taqriz oxirida amaliyot rahbari 
hisobotni himoyaga tavsiya etish yoki tavsiya etmaslik to‘g‘risida ma’lumot 
berishi lozim. Agar taqrizda “Himoyaga tavsiya etilmaydi” deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, 
hisobot talaba tomonidan taqrizda ko‘rsatilgan kamchiliklar asosida qayta 
ishlanadi, to‘ldiriladi va qayta taqrizga beriladi. Ijobiy xulosaga ega hisobotni 
kafedrada tuzilgan komissiya huzurida himoya qilish mumkin bo‘ladi.
Talaba hisobotni komissiya oldida himoya qilgunga qadar taqrizda 
ko‘rsatilgan barcha kamchiliklarni bartaraf etishi darkor. 
“Moliya” ta’lim yo‘nalishi talabalarining bitiruv oldi malakaviy amaliyotni 
tashkil etish jarayoni, hisoboti himoyasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 
“Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning 
reyting tizimi to‘g‘risida”gi Nizom hamda “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining 
malakaviy amaliyoti haqida”gi Nizom talablari asosida tashkil etiladi.
Talabalarning bitiruv oldi malakaviy amaliyot hisobotining tayyorgarlik 
darajasi hamda himoyasini baholash 5 baholi baholash mezonlari asosida 
baholanadi. (2-jadval): 

Download 421,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish