3
KIRISH
Zamonaviy sharoitda iqtisodiyot va ijtimoiy
sohani rivojlantirishda
moliyaning ahamiyati oshib bormoqda, shu bilan bir qatorda, O‘zbekiston
Respublikasida makroiqtisodiy o‘sishni, davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash,
aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, ustuvor
davlat dasturlarini amalga
oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash,
xo‘jalik yurituvchi subyektlarni davlat tomonidan iqtisodiy usullar yordamida
qo‘llab-quvvatlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirishda moliya tizimining
ahamiyati ortib bormoqda. Shu bilan birga, oliy ta’lim tizimi oldida malakali
kadrlar
tayyorlash, jumladan, bo‘lajak mutaxassislar oldiga turli statistik
ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikma va
malakaga ega bo‘lish borasida yangi talablar qo‘yilmoqda. Talabalar o‘quv
fanlarining mazmunini nafaqat ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar davomida
o‘zlashtirishlari, balki bitiruvoldi amaliyotni o‘tash davrida ham tegishli bilim va
ko‘nikmaga ega bo‘lishlari hamda zaruriy malaka orttirishlari talab etiladi.
Bitiruv oldi malakaviy amaliyot dasturi 5230600 - “Moliya” ta’lim
yo‘nalishi talabalari uchun amaliyot jarayonini uslubiy jihatdan ta’minlash,
amaliyot
samaradorligini oshirish, ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yetarlicha amaliy
ko‘nikmalarga ega bo‘lish, amaliy ma’lumotlarni tahlil qilish asosida bitiruv
malakaviy ishlarining sifatli bajarilishini (rektor buyrug‘iga muvofiq bitiruv
malakaviy ishini bajarayotgan talabalar uchun) ta’minlash maqsadida tayyorlandi.
Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-sonli
Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli
Farmoni, 2019-yil 8-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son
Farmoni, 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim
sifatini oshirish
va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol
ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-
sonli Qarori, 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar
tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining ishtirokini
yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarori,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 1998-yil 30-
oktyabrdagi 305-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi “Oliy
ta’lim muassasalari talabalarining malaka amaliyoti to‘g‘risida”gi
Nizom
talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan.
Dasturda bitiruv oldi malakaviy amaliyotning umumiy qoidalari, maqsadlari
va vazifalari, institutdan va amaliyot joyidan tayinlangan
amaliyot rahbarining
huquq va majburiyatlari, amaliyot bo‘yicha hisobotni tayyorlash, uni
rasmiylashtirish va himoya qilish tartibi bayon etilgan.