Marmar
“G‘ozg‘on” marmar koni Navoiy viloyatida “Navoiy” temir yo‘l
stansiyasidan shimolga 60 km masofada joylashgan. Marmar mayda
bo‘lakchali, rangdor: sarg‘ish-oq, bitta plitada rang kul rangdan asta sekin
qora ranggacha o‘zgarib boradi. Yaxshi silliqlanadi. “G‘ozg‘onmarmar”
AJ da qayta ishlanadi. Ishlab chiqarish hajmi yiliga 30 ming kv.m ni
tashkil etadi. Qalinligi 10- 40 mm, eni 400 mm gacha, uzunligi 1200 mm
154
gacha o‘lchamlarda chiqarilishi mumkin. Vagon me'yori 1200 kv.m,
qalinligi 15 mm.
“Nurota” marmar koni Navoiy viloyatida “Navoiy” temir yo‘l
stantsiyasidan shimolga 75 km masofada joylashgan. Marmar rangi oq,
yirik kristallangan. Yaxshi silliqlanadi. “Nurota” xususiy korxonasida
qayta ishlanadi. Ishlab chiqarish hajmi yiliga 30 ming kv. m ni tashkil
etadi. Qalinligi 10-40 mm, eni 400 mm gacha, uzunligi 1200 mm gacha
o‘lchamlarda chiqarilishi mumkin. Vagon me'yori 1200 kv.m, qalinligi
15 mm.
“Zarband” marmar koni Samarqand shahridan 100 km, Samarqand
viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahridan 45 km masofada joylashgan.
Marmar rangi kul rang qoramtir yo‘l-yo‘l chiziq-chiziq dog‘lari bor,
o‘rtacha
donali,
og‘ir
strukturali.
Yaxshi
silliqlanadi.
“Qashqadaryomarmar” MCHJ da qayta ishlanadi. Ishlab chiqarish hajmi
yiliga 40 ming kv. m ni tashkil etadi. Qalinligi 10-40 mm, eni 400 mm
gacha, uzunligi 1200 mm gacha o‘lchamlarda chiqarilishi mumkin.
Vagon me'yori 1200 kv.m, qalinligi 15 mm.
“Sovuq buloq” marmar koni Qashqadaryo viloyatida Kitob
shahridan 20 km masofada joylashgan.
Marmarning rangi qora-kul rang, o‘rta donali, og‘ir strukturali, yo‘l-
yo‘l teksturali.
“Qashqadaryomarmar” MCHJ da qayta ishlanadi. Ishlab chiqarish hajmi
yiliga 40 ming kv. m ni tashkil etadi. Qalinligi 10-40 mm, eni 400 mm
gacha, uzunligi 1200 mm gacha o‘lchamlarda chiqarilishi mumkin.
Vagon me'yori 1200 kv.m, qalinligi 15 mm.
“Tomchi ota” marmar koni Qashqadaryo viloyatida Kitob shahridan
25 km masofada joylashgan.
Marmarning rangi qora-kul rang, o‘rta donali, og‘ir strukturali, dog‘li
teksturali.
“Oqsoqota” marmar koni Toshkent viloyatida G‘azalkent shahridan
janubi-sharqqa 17 km masofada joylashgan. Marmar mayda blokli, oq
sarg‘ish tusda, chig‘anoqsimon bezakli, yirik kristalli. Yaxshi silliqlanadi.
“G‘azalkent” OAJ, “KAST” QKda qayta ishlanadi. Ishlab chiqarish
hajmi yiliga 10 ming kv. m ni tashkil etadi. Qalinligi 10-40 mm, eni 400
mm gacha, uzunligi 1200 mm gacha o‘lchamlarda chiqarilishi mumkin.
Vagon me'yori 1200 kv.m, qalinligi 15 mm.
155
Do'stlaringiz bilan baham: |