Zamonaviy qurilish materiallari va konstruksiyalari


 Qo‘shimchalarning alohida klassifikatsiya



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/95
Sana08.06.2022
Hajmi12,93 Mb.
#644269
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   95
Bog'liq
Qo`shimcha adabiyot. (2)

4.2 Qo‘shimchalarning alohida klassifikatsiya
guruhlarining ta’riflari 
Plasiklovchi 
qo‘shimchalar 
– 
beton 
qorishmalarining 
harakatlanuvchanligi yoki joylashuvchanligini oshiruvchi sirt-faol 
xossalarga ega moddalar. Temir-beton konstruksiyalar texnologiyasida 
qo‘shimchalarning plastiklovchi samaralaridan foydalanish maxsulotlarni 
qoliplashni osonlashtiradi yoki xarakatlanuvchanligini saqlagan xolda 
suv miqdorini kamaytirish va shuning xisobiga betonning g‘ovakligini 
pasaytirish, zichligi, mustahkamligini oshirish va boshqa xossalarini 
yaxshilash imkonini beradi. 
Stabillovchi qo‘shimchalar
– beton qorishmasini qatlamlanishini 
pasaytirishga yordam beruvchi moddalar.
Suv ushlab turuvchi qo‘shimchalar
– beton qorishmasidan suv 
ajralib chiqishini pasaytiruvchi moddalar.
Havo jalb qiluvchi qo‘shimchalar 
– beton qorishmasiga 
aralashtirish vaqtida betonda bir xil tarqalgan mayda dispers havoni jalb 
qiluvchi sirt-faol moddalar. 
Ko‘pik hosil qiluvchi qo‘shimchalar
– zarur xajm ortishiga va 
turg‘un texnik ko‘pik olishva beton qorishmasi komponentlari bilan 
aralashtirilganda yacheykali yoki serg‘ovak strukturani hosil qilish 
imkonini beruvchi sirt-faol moddalar. 
G‘ovak hosil qiluvchi qo‘shimchalar
– beton tanasida havo yoki 
gazsimon maqsadli g‘ovaklarni hosil qilish imkonini beruvchi moddalar. 
Beton qotishini boshqaruvchi
– beton mustahkamligini ortishi 
kinetikasini 
zarur 
yo‘nalishda 
o‘zgartiruvchi 
(tezlatuvchi 
yoki 
sekinlatuvchi) moddalar. Qotishni tezlashtiruvchi qo‘shimchalarni 
qo‘shish qisqa vaqtlarda zarur mustahkamlikka erishish, ba’zi xollarda 
yuqori so‘ngi mustahkamlikka erishish imkonini beradi.
Beton mustahkamligini oshiruvchi qo‘shimchalar
- beton zichligini 
ortirib, uning suv o‘tkazmaslik va sovuq ta’siriga chidamligini, ma’lum 
xollarda turli agressiv muxit ta’sirida kimyoviy chidamligini oshirish 
imkonini beruvchi (suv sarfini kamaytiruvchi) qo‘shimchalar. 
Armaturaning himoya xossalarini oshiruvchi
ag – ressiv muhitlarda 
armaturaning korroziyaga chidamligini oshiruvchi (ingibitorlar va 
armatura korroziyasini pasaytiruvchi) moddalar.


28 
Tishlashish vaqtini boshqaruvchi
– beton qorishmasi strukturasi 
hosil bo‘lishini tezlashtiruvchi yoki sekinlashtiruvchi moddalar. 
Sovuq ta’siriga qarshi qo‘shimchalar
– suvning muzdash haroratini 
pasaytiruvchi va betonni salbiy haroratda qotishini ta’minlovchi 
moddalar.
Gidrofoblovchi qo‘shimchalar
– g‘ovaklar va kapillyarlar devoriga 
gidrofob (suv itarish) xossalarini beruvchi moddalar. 
Yuqorida keltirilgan qo‘shimchalarning hamma turlari odatda beton 
qorishmasiga suv bilan birgalikda (eritmalar, suspenziyalar yoki 
emulsiyalar ko‘rinishida) beton qorishmasini tayyorlash vaqtida 
qo‘shiladi. Yuqori qovushqoqlikka ega ba’zi qo‘shimchalar biror bir 
quruq komponent bilan aralashtirib beton qorgichga solinadi. 
Kimyoviy qo‘shimchalarning beton qorishmasi va qotgan betonga 
ta’sirini sementlarning gidratatsiyasi, struktura hosil bo‘lishi va sement 
toshini qotishi, shuningdek sement toshini to‘ldirgichlar va armatura 
bilan yopishishi jarayonlari xaqidagi zamonaviy tushunchalari asosida 
ko‘rib chiqish zarur. 
Beton 
va 
temirbeton 
ishlab 
chiqarishda 
foydalaniladigan 
qo‘shimchalar orasida plastiklovchi qo‘shimchalar foydalanish xajmiga 
ko‘ra birinchi o‘rinda turadi. Bu esa ushbu turdagi qo‘shimchalarning 
yuqori samaraga ega ekanligi va armatura va betonga salbiy ta’sir 
ko‘rsatmasligi, shuningdek narxining arzonligi va hammabopligi bilan 
ifodalanadi. 
Temirbeton konstruksiyalarini ishlab chiqarishda kam sement sarfi 
va suv-sement nisbatining past xolida yaxshi joylanuvchi beton 
qorishmasidan foydalanishga xarakat qilinadi. Bu zarur beton 
mustahkamligi ko‘rsatkichlarini olish imkonini beruvchi arzon va yaxshi 
joylashuvchan beton qorishmalaridan foydalanish bilan bog‘liq. Bu 
masalalarni to‘laligicha xal qilish uchun faqatgina beton qorishmasining 
reologik (yun. rheos — oqish, oqim va… logiya) xossalarini boshqarish 
imkonini beradigan kimyoviy qo‘shimchalardan foydalanibgina amalga 
oshirish mumkin. 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish