Polivinilatsetat
- shaffof, rangeiz, amorf polimer. Yumshash
temperaturasi 30-50°, zichligi 1190 kg/m3. Ketonlar, murakkab efirlar,
aromatik uglevodorodlar va metanolda yaxshi eriydi. Suv, alifatik
uglevodorodlar, benzin, mineral, moylar va glikollarda erimaydi.
168
Sanoatda polivinilatsetat vinilatsetatni eritmada, emulsiyada yoki
suspenziyada radikal polimerlash usuli bilan olinadi. Yelimlar, taxta,
qog‘oz va matoga shimdiriluvchi tarkiblar tayyorlashda, emulsiyali
bo‘yoklar olishda, betonning sifatini oshirishda qo‘llanadi
Etilen
, eten, S2N4 - eng oddiy to‘yinmagan uglevodorod, olefinlar
gomologik qatorining boshlang‘ich aʼzosi; kuchsiz hidli, rangsiz, zaharli,
yonuvchan gaz. Suyuqlanish temperaturasi - 169,5°, qaynash
temperaturasi 103,8°; zichligi 566 kg/m3. Etilen birikish reaksiyalariga
juda shiddatli kirishadi. Etilen - organik birikmalarni sintezlashda muhim
boshlang‘ich mahsulotlardan biri. Etilenni
polimerlash asosida sanoatda
polietilen olinadi. Etil spirti, etilenglikol, etilenoksid, etilenpropilen
kauchuklar va boshqalar olishda qo‘llanadi. Tibbiyotda jarrohlik
operatsiyalarida umumiy narkoz sifatida ham ishlatiladi. Neftni qayta
ishlash orqali va tabiiy gazdan ko‘p miqdorda arzon etilen olinadi.
Atsetat tola
, atsetat ipak – atse-tilsellyulozadan olinadigan sun’iy tola.
Atsetat tola 140 – 150° gacha temperaturaga bardosh beradi, bundan
yuqori temperaturada deformatsiyaga uchrab, shaklini o‘zgartiradi.
Atsetat tola qovushqoqligi, yumshoqligi, chiroyli-ligi, kimyoviy
pishiqligi va quyosh nuri ta’siriga chidamliligi sababli sanoatda tobora
ko‘p ishlatilmoqda. Tarkibidagi gidroksil va atsetil guruhlarning nisbiy
miqdori bilan farqlanuvchi Atsetat tolalar to‘qimachilik sanoatida ko‘plab
ishlatiladi. Mas, triatsetat tola asosan texnikada qo‘llaniladi, uning elektr
tokini o‘tkazmaslik xususiyati barcha sun’iy va tabiiy tolalarnikidan
ustun turadi. O‘zbekistonda paxta tolasining chiqindisi – momiq asosida
Atsetat tola lar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Absorbsiya
(lot. absorbtio – yutilish, absorbeo – yutayapman so‘zidan)
–
eritma yoki gaz aralashmasidagi modda (absorbat) larning qattiq jism
yoki suyuqlik (absorbent)larga hajmiy yutilishi. Gazlarning suyuqliklarga
Absorbsiyalanishidan neftni qayta ishlash, koks-benzol va boshqa sanoat
sohalarida foydalaniladi. Gazlarning bug’ va suyuqliklarda erish
darajasining turliligiga asoslangan holda absorbsiyadan texnikada
gazlarni tozalash va ajratishda hamda ularni bug‘ gaz aralashmalaridan
ajratishda foydalaniladi. Absorbsiyaga qarama-qarshi jarayon desorbsiya
deyiladi, u eritma yutgan gazni ajratib olish va absorbentni regeneratsiya
qilishda qo‘llaniladi.
169
Do'stlaringiz bilan baham: |