7.4. Issiqlik izolyatsiyalovchi suvoq
Har bir suvoq issiqlikning singib o‘tishiga ma’lum darajada
qarshilik ko‘rsatib, suvoq qatlamining qalinligiga
va
issiqlik
o‘tkazuvchanligiga
bog‘liq
bo‘ladi.
Biroq
suvoqning
issiqlik
73
izolyatsiyalovchi ta’siri umumiy issiqlik izolyatsiyasiga nisbatan ancha
pastdir. Issiqlik o‘tkazuvchanlikning hisobiy qiymatlari ohak-sementli
suvoq uchun 0,87 Vt/(m
.
K) ni va sementli suvoq uchun 1,4 Vt/(m
.
K) ni
tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun suvoqdagi oddiy
to‘ldirgichni yengil to‘ldirgich (keramzit, shishgan slanes, pemza, perlit,
vermikulit, havo polistroli) bilan qisman yoki to‘la almashtirish kerak.
Issiqlik izolyatsiyasi.
Issiqlik izolyatsiyasiga bo‘lgan yuqori
talablardan tashqi devorlarga nisbatan ham yuqori talablar kelib chiqadi.
Tashqi devorlarning issiqlik uzatish koeffitsienti 0,3 dan 0,6 Vt/(m
.
K)
gacha bo‘lishi kerak.
8. ZAMONAVIY PARDOZBOP QOPLAMA MATERIALLARI
8.1 Qoplama materiallar
Hozirgi vaqtda bino va inshootlar qurilishi shiddat bilan ,,ho‘l“
usuldagi qurilishdan ,,quruq” usulga o‘tib bormoqda. Zamonaviy binolar
qurilishini qoplama materiallar, ya’ni yog‘och qipiqli plitalar, sement
qipiqli plitalar, gipsakarton listlari yoki shular kabi materiallarsiz
tasavvur qilib bo‘lmaydi. An’anaviy yog‘och taxtalar ekologik toza,
chidamli va mustahkam bo‘lishiga qaramasdan, bir kamchiligi uning
o‘lchamlari kichkina. Markaziy Osiyoda yog‘och ozligi sababli undan
foydalanish ma’lum sabablarga ko‘ra chegaralangan.
O‘zbekistondagi qurilish materiallari bozorida qoplama listlar
paydo bo‘lishi bilan tez ommalashib ketdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh va g‘arbiy Yevropada pardozlash
ishlari olib borishda 90% qoplama materiallardan foydalaniladi. Bu
tendensiyaning rivojlanishi O‘zbekistonda ham sezilmoqda, lekin
mahalliy qurilish materiallari bozorida suvga chidamli qoplama
materiallarining turlari ozligi tufayli, ularni ishlab chiqarish va
foydalanish sur’atining o‘sishi hozircha pastligicha qolmoqda.
An’anaviy qurilish materiallarini ilmiy asosda sifatli ishlab
chiqarish, ularni yaratish texnologiyalarini zamon talablariga moslash,
arzon, tejamkor, sifatli ashyolar va texnologiyalar ishlab chiqish,
yangidan-yangi va puxta materiallar olish, ularning tejamkor
texnologiyalarini yaratish, binolar va inshootlarni ta’mirlash va
rekonstruksiya qilish usullarini mukammallashtirish hamda bu jarayonda
ashyolardan samarali foydalanish kabi vazifalar muhim masalalari
safidan o‘rin egallaydi.
74
Do'stlaringiz bilan baham: |