ZAMONAVIY O‘QUV–DIDAKTIK VOSITALAR INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA O‘QITISH JARAYONI O‘RTASIDAGI ALOQALARNI TAKOMILLASHTIRISH OMILI SIFATIDA
Allabergenova G.B.
Urganch davlat universiteti, o‘qituvchi, allabergenovag@mail.ru
Abdrimova F.K.
Urganch davlat universiteti, o’qituvchi
Allaberganova N.M.
Urganch davlat universiteti, o‘qituvchi, abisan_1990@mail.ru
XXI asr “Axborot texnologiyalari“ asrida ilm–fanning rivojlanishi va taraqqiy etishi natijasida zamonaviy o‘quv–texnik vositalardan foydalanish zamon talabi sanalmoqda. Har bir sohaga axborot texnologiyalari kirib kelishi sohaning jadal rivojlanishiga turtki bo‘lmoqda. Zamonaviy o‘quv texnik vositalardan foydalanib dars jarayonini tashkil qilish har bir fan sohasida darsni to‘g‘ri tashkil qilishning asosi sanalmoqda. Shular jumlasidan, bugungi kunda ta'lim sohasida fan va texnikaning so‘nggi yutuqlari asosida ishlab chiqilgan audio, video, telekommunikatsiya va informatsion texnika va texnologiyalarning qo‘llanilishi katta ahamiyat kasb etmoqda. Ilm–fan sohasida maxsus fanlarni o‘qitishning zamonaviy o‘quv-didaktik materiallari, multimedia va media vositalar hamda elektron resurslardan samarali foydalanish orqali ta'lim sifatini oshirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Axborotlashgan jamiyatda inson axborotlarni qayta ishlashda zamonaviy vositalar bilan ishlashga o‘zini tayyorlashi kеrak. Bu shuni ko‘rsatadiki inson axborotlarga murojaat etishda ma'lum darajadagi axborot madaniyatiga ega bo‘lishi kеrak. Axborot madaniyati–axborotlar bilan maqsadga intilib ishlashni bilish va axborotlarni olish uchun, qayta ishlash, kompyutеrli axborot tеxnologiyalarni, zamonaviy tеxnik vositalarni va usullarni qo‘llashni anglatadi. Faqat yuqori darajadagi axborot madaniyatiga ega bo‘lgan kishilargina tabiiy, ijtimoiy va ekologik rеsurslarni aniq hisobini qila oladilar. Bu esa barcha tarmoq yo‘nalishlaridagi boshqaruv masalalarini tеzlik bilan hal etish imkonini bеradi va rеspublikani ravnaq topishida muhim o‘rin egallaydi.
Axborot tеxnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi shundayki, rеspublikada jahon axborot makonining infratuzilmalari va milliy axborot-hisoblash tarmog‘i intеgratsiyasiga mos kеluvchi milliy tizimni yaratish iqtisodiyot, boshqarish, fan va ta'lim samaradorligining muhim omili bo‘lmoqda. Bu muammolar ancha murakkab va ayni paytda rеspublikamiz uchun dolzarbdir. Hozirda olib borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o‘zgarishlarni amalga oshirish natijalari rеspublikada axborotlashtirish bilan bog‘liq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham bog‘liqdir.
Zamonaviy o‘quv jarayonining axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali tashkil etilishi natijasida elektron o‘quv qo‘llanmalar, virtual stendlar orqali murakkab texnologiyalarni qisqa vaqtda mukammal o‘zlashtirib, masofadan turib o‘qitishga imkoniyat yaratiladi. O‘quv jarayonida olib boriladigan mashg‘ulotlarda biz faqat og‘zaki usul, tushuntirish bilan kifoyalanmasdan, barcha turdagi o‘quv axborotlaridan foydalanamiz. Bular sonli va yozma, ovozli va tasviriy, xajmiy va harakatli, elektron va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, biz har bir didaktik vositaning imkoniyatlarini bilib olsak, ularning har biridan qaysi vazifani qanday amalga oshirishda foydalanish samaraliroq ekanini bilib olish mumkin. Buning uchun avvalo didaktik vositalarning tasnifi bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘quv mashg‘ulotlarida o‘quvchilarga beriladigan, namoyish qilinadigan, bajarib ko‘rsatiladigan va shunga o‘xshash barcha turdagi o‘quv axborotlarini biz didaktik materiallar deymiz. Ularni qachon va qaysi maqsadda qo‘llashimizga qarab alohida guruxlarga ajratib chiqamiz. Ushbu materiallarni qo‘llash va tayyorlashda didaktik vositalardan foydalanamiz. Shundan kelib chiqqan holda biz mashg‘ulot davomida bir necha turdagi didaktik materiallarni qo‘llaymiz, buning uchun tegishli didaktik vositalardan foydalanamiz. Bular esa birgalikda shu mashg‘ulot uchun tuzilgan didaktik vositalar majmuasi hisoblanadi
Didaktik vositalar bizga tanish, hayotimizda uchraydigan, hatto har birimiz foydalanib yurgan vositalar bo‘lishi mumkin. Ularning barchasi ham aynan ta'lim berish uchun ishlab chiqarilgan vosita bo‘lishi shart emas. Misol tariqasida, televideniyani olsak, u turmushimizda dam olish uchun qo‘llaniladigan maishiy texnik vositasi bo‘lib, aholi orasida targ‘ibot ishlarini olib borishda ommaviy axborot vositasi sifatida qaraladi. Lekin undan ta'limda ham keng foydalanish mumkin. Masalan, masofadan turib o‘qitishda uni didaktik vosita sifatida qo‘llashimiz mumkin.
Biz hozirgi kunda amalda aniq cheklashlar qo‘yilmagan ta'lim oluvchiga bilim olish uslubini tanlash imkoniyatini beruvchi dasturlar to‘plamini o‘zida aks ettirgan elektron kitoblardan ko‘proq foydalanilamiz.
Zamonaviy o‘quv-didaktik vositalar asosida o‘qitish, ta’lim berish o‘quvchilarning bilim olish imkoniyatlarini oshirish, ularning mustaqil ishlash qobiliyatlari va amaliy ko‘nikmalarini o‘rganish darajalarini rivojlantirishda ijobiy samara beradi. O‘z navbatida elektron darslik ham, bosma darslik ham o‘quv va uslubiy qo‘llanma kabi an'anaviy o‘quv nashrlariga qo‘yilgan didaktik talablarga javob berishi kerak. Shundagina ko‘zlangan maqsadga erishiladi.
Zamonaviy darslik ham bir qancha sifatlarga ega bo‘lishi kerak:
o‘quvchilarni faol bo‘lish va tanqidiy fikrlashga undashi;
faqat nazariy ma’lumot berish bilan cheklanib qolmasligi;
amaliy mashg‘ulotlar,loyihalar mashqlar va topshiriqlarning berilishi;
o‘quvchi o‘z bilimini o‘zi baholashi yoki sinab ko‘rishi uchun testlar mavjud bo‘lishi;
mustaqil ta’lim olishga imkon yaratish va eng asosiysi o‘quv materiali aniq maqsad va vazifalarga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
Zamonaviy axborot texnologiyalari an’anaviy o‘quv jarayonini takomillashtirish omili bo‘lib, ta’lim mazmunini rivojlantirishga yordam beradi. Jumladan, kompyuter va telekommunikatsiya vositalari orqali quyidagi didaktik maqsadlarga erishishimiz mumkin:
ta’lim mazmunini tashkiliy jihatlarni takomillashtirish;
ta’lim mazmunini tarkibiy qismlari aloqalarini mustahkamlash;
har xil turdagi ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatlarining kengayishi;
o‘qitishning modul tizimini rivojlantirish;
o‘quv kursini muayyan mavzu va bo‘limlar yaxlitligi sifatida namoyon bo‘lishi;
darsni didaktik harakatlar tizimi sifatida takomillashtirish;
o‘quv materialini bosqichma-bosqich o‘rganishga erishish;
o‘quv materiali mazmunini ta’lim oluvchilar xususiyatlariga moslashtirish imkoniyatlari;
adiovizual vositalar yordamida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o‘rtasidagi pedagogik muloqot mazmunini takomillashtirish va h.k.
Ta’lim mazmunini tashkiliy jihatdan takomillashtirish masalasi birinchi navbatda o‘quv materiali hajmining keskin o‘sishi va tezkor suratlar bilan yangilanishi muammosini hal qilishga zamin yaratadi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari ta’lim mazmuni tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘liq jihatlari va aloqalarini rivojlantirish orqali o‘quvchiga xohlagan o‘quv materiali fragmentidan alohida yoki boshqa elementlar bilan bog‘liq tarzda foydalanish uchun qulay imkoniyatlar tug‘diradi. Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini qo‘llash muammosi shu texnologiyalarni maqsadga muvofiq tanlash masalasi bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu muammoni yechimi innovatsion texnologiyalar va o‘qitish jarayoni o‘rtasidagi aloqalarni tartibga solish, ya’ni ta’lim tizimining texnologik va pedagogik bo‘linmalari o‘rtasidagi munosabatlarga qaratilgan. Texnologiyalarni to‘g‘ri tanlash muammosi ularning haddan tashqari ko‘pligi va rang-barangligi bilan ham e’tiborlidir.
Adabiyotlar: Abduqadirov, Abduqaxxor Abduvakilevich. Masofali o‘qitish nazariyasi va amaliyoti. monografiya /A.A.Abduqadirov, A.X.Pardaev; M.Sodikova. - T.:Uzbekiston respublikasi fanlar Akademiyasi "FAN" nashriyoti, 2009.–145 Гордиевских В.М., Петухов Д.В. Технические средства обучения: Учеб. пособие. -- Шадринск: ШГПИ, 2006. -152 с. Кравченя, Э.М. Технические средства обучения и методика их применения: методическое пособие для студентов заочной формы обучения специальности 1-08 01 01 «Профессиональное обучение (по направлениям)» / Э.М. Кравченя. – Минск: БНТУ, 2011. – 55 с.
Do'stlaringiz bilan baham: |