* * *
Gimazutdinov Radik Galimovich,
TVChDPI Maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi
Muxitdinov Ilyos Elyor o‘g‘li,
TVChDPI “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda
jismoniy tarbiya va sport” talabasi
SPORT – YOSHLAR VA MILLAT RUHIYATIDA
Annotatsiya.
Maqolada yoshlarning bo‘sh vaqtlarini zararli mashg‘ulоtlar bilan o‘tkazishidan himoya
qilish, shuningdek, ularni sportga jalb qilish g‘alabaga eltuvchi yo‘l ekanligi ta’kidlangan.
Kalit so‘zlar:
sport, kelajak avlod, g‘alaba.
Аннотация.
В статье утверждается, что защита подростающего поколения от вредных
занятий и залог успеха – привлечение их занятию спорта.
Ключевые слова:
спорт, будущее поколение, победа.
Annotation.
The article argues that protecting the younger generation from harmful activities and
attracting them to sports is the key to success.
Key words:
sport, future generation, victory.
Bolalar sporti yurtboshimizning otalarcha g‘amxo‘rligi ostida quloch yoymoqda. Chunki O‘zbekiston
o‘zining baxtini farzandlari salomatligida ko‘radi. Mustaqil vatanimizning birinchi ordeni “Sog‘lom avlod
uchun”, deb atalishi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro jamg‘armasining tuzilishi, qolaversa, 2000-yilning
mamlakatimizda “Sog‘lom avlod yili”, deb e’lon qilingani buning yaqqol tasdig‘idir.
“Sog‘lom avlod deganda nimani tasavvur qilish kerak”, – degan savolni o‘rtaga tashlar ekan, davlat
rahbari bu savolga javobni shunday ifodalagandi: “Sog‘lom avlod deganda, shaxsan men, eng avvalo,
sog‘lom naslni, nafaqat jismonan baquvvat, shu bilan birga, ruhi, fikri sog‘lom, iymon-e’tiqodi butun, bilimli,
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
136
ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman. Buyuk davlatni faqat sog‘lom millat,
sog‘lom avlodgina qura oladi”. O‘ylab qaralsa, buning qat-qat hikmati ochilaveradi:
Birinchidan, sport bilan shug‘ullangan yigit-qizlar hisobiga millatimizda rostgo‘y, halol, g‘irromlikka
qarshi turuvchi, dushmanga qiron keltiruvchi yigit-qizlar ko‘payaveradi.
Ikkinchidan, bolalar va fuqarolarning bo‘sh vaqti bekor vaqtdan unumli vaqtga aylanadi.
Uchinchidan
,
sport bilan shug‘ullanish yoshlarimizning ko‘zi, qulog‘i orqali miyaga o‘rmalab kirmoqchi
bo‘lib gir aylanayotgan informatsion xurujlarga vaqt qoldirmaydi. Demak, sport, ayniqsa, yoshlarning
bo‘sh vaqtlarini zararli vaqtga aylanishidan himoya qiladi. Bu g‘alaba sport bo‘yicha olib borilayotgan
siyosatimizning navbatdagi tantanasi bo‘ldi.
Sport yigit-qizlarni baxtli bo‘lishga o‘rgatadi (demak, baxtli qiladi). Qanday qilib? U odamga o‘zi
sevgan sohasida muttasil mashq qilib, chiniqib, qiynalib, aniq maqsadga erishishni o‘rgatadi. Chunki
qiynalmagan odam baxtni his qila olmaydi. Chunki baxt – qozonilgan g‘alabadan keyin yuradi. Demak,
baxtning formulasini maqsad-mashq-chiniqish-g‘alaba-baxt deb tuzsak bo‘ladi. Bu formulani fan, qishloq
xo‘jaligi, biznes, kompyuter texnologiyalari, jurnalistika – istagan sohaga qo‘llash mumkin. Oddiy bir misol
sport haqida gap chiqib, mas’ul lavozimda ishlayotgan bir yurtdoshimiz shunday dedi:
“Sportda gap ko‘p. 6-sinfgacha juda yomon o‘qiydigan, bebosh bola bo‘lganman. 6-sinfdan boshlab
erkin kurash seksiyasiga qatnasha boshladim. Trenerimiz juda qattiqqo‘l edi. Mashg‘ulotni boshlashdan oldin
har birimizning kundaligimizni tekshirardi. Bir-ikki marta “2”, “3” baho olib kelgan edim, mashg‘ulotdan
chiqarib yubordi. Menga esa kurash juda yoqar edi. Shu-shu bo‘ldi-yu, 7-sinfdan boshlab “4” va “5”ga
o‘qiy boshladim. Sport meni mas’uliyatga o‘rgatdi. Maktabni a’lo baholar bilan bitirib, shu yili institutga
kirib, uni qizil diplom bilan bitirdim. Ha, sport bilan shug‘ullanish odamni o‘z kuchini to‘g‘ri baholashga,
to‘g‘ri ishlatishga o‘rgatsa, sportni tomosha qilish odamni xudbinlikdan davolaydi. Odam boshqa bir odam
uchun muxlislik qila boshlaydi. Uni “biz”, “biznikilar”, deb o‘ylashga, jamoada fikrlashga o‘rgatadi. Men
shaxsan buning guvohi bo‘lganman.
Bir sohada matonat ko‘rsatgan kishi uni hamma sohada qo‘llaydi. Matonatli odamlari qancha ko‘p
bo‘lsa, ularni ko‘rayotgan millatda ham matonatga moyillik (o‘zi bilmagan holda) orta boradi. Chunki sport
o‘z muxlislariga g‘alaba ruhini, g‘alaba uchun kurash ruhini yuqtiradi. Demak, sport bu – faqat muskulning
emas, balki g‘oya, fikrning massaji hamdir.
Sportchi tanishlaringiz bor. Ularning xarakterlarini bir umumlashtirib ko‘ring-a. Ular optimist. Xarakteri,
gapi, so‘zi tanti. Qiyinchiliklarga munosabati boshqacha, g‘oliblarnikiday, fikrlari olg‘a ko‘tarilgan qadamdek
shaxdam. Ular muammolardan nolishmaydi, aksincha, ularni hal qiladilar. Chunki shunga qodir ruh, qudrat,
irodani ular sportdan olishgan. Biroz qaysarlik qilsalar, ranjimang. Bu ulardagi mustaqil fikr, qarashning
ochiq, sodda, halol ifodasi. Sportchilar “Ha” dedimi, shu ishni oxiriga еtkazadi. “Yo‘q” dedimi, shu ishni
qilmaydi. Sportchiga kurashda hech kim yordam bermaydi. U o‘z haqqi, solimini o‘z qo‘llari bilan kuchanib,
tortishib oladi. O‘z baxtini o‘zi yaratadi.
Dunyoning ko‘zi, qulog‘i “O‘zbek”, “kurash” degan so‘zlarga o‘rgandi. Albatta, biz sport bilan
boshqalarni tan oldirish uchun emas, avvalo, o‘zimiz uchun, o‘zimizni kuchli, irodali, sog‘lom qilish uchun
shug‘ullanamiz. Asta-sekin o‘zbek sporti ham kengaya boradi. O‘zbek azaldan bolalarini adolatli, jasur, epchil,
chaqqon qilib kamol toptirish, mardlik ruhida tarbiyalashda o‘yinlardan, milliy sport turlaridan foydalanib
kelgan. To‘p o‘yin, chillak, quloqcho‘zma, tupalak, varrak uchirish va hokazolar shular jumlasidandir.
Yevropa texnokratlashgan hayotdan zerika boshladi. Uning Sharqdagi insoniy turmush tarziga, san’at,
musiqa, falsafasi, an’analariga qiziqishi orta bormoqda. Darvoqe, jahon o‘zbek kurashini nega sevib qoldi?
Chunki kurash boshqa kurash turlaridan insoniy tushunchalarga qurilganligi bilan inson zotiga issiqroq,
yaqinroq turadi. O‘zbek kurashida ikki inson, ikki polvon bellashadi. Boshqa yakka kurashlarda harakatlar
uchun ochko berilsa, kurashda ular “mardlik”, “halol”, “chala”, deb baholanadi. Birida baholar raqamlar
bilan berilsa, kurashda ma’naviy-axloqiy tushunchalar bilan baholanadi: halol, chala va hokazo. Agar
biz o‘zimizga o‘zimiz sodiq bo‘lib mahkam tursak, ko‘p o‘tmay Yevropa O‘zbekning insonparvar sport
an’analarini o‘rganishga ruju qo‘yadi.
Yapon do‘stlarimiz ham o‘z farzandlarining kiberludomaniyaga berilib, harakatsizlikdan sog‘liklarini
yo‘qotayotganligini ko‘rib, chora qidira boshladilar. Yosh yaponlar sog‘ligini saqlab qolish davosini qidirib-
Do'stlaringiz bilan baham: |