Zamonaviy moliya



Download 199,88 Kb.
bet1/41
Sana18.02.2022
Hajmi199,88 Kb.
#450513
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Moliya 1


ORALIQ VA YAKUNIY IMTIHON SAVOLLARI NA’MUNASI



  1. Moliyaning mazmun-mohiyati

Zamonaviy moliya” – o‘ziga xos ilmiy-amaliy fan. Unda, afsuski,
hanuzgacha amaliyotimizda yetarli darajada e’tibor berib kelinmayotgan hamda
qadriga yetilmayotgan vaqt va noaniqlik sharoitida defitsit pul mablag‘larining
taqsimlanish masalalari o‘rganiladi. Bu o‘rinda, “vaqt” va “noaniqlik sharoitida”
deb nomlangan so‘z va so‘zlar birikmasiga jiddiy e’tibor berishingizni so‘raymiz.
Zamonaviy moliya ilmida bular shunchaki so‘zlar yoki so‘z birikmalari emas.
Ajablanarlisi shundaki, aynan ular shu ilmning taqdiri va qadr-qimmatini belgilab
beradi. Aslida faqat shugina emas, balki har birimizning taqdirimiz va qadrqimmatimizni belgilab berishda ham vaqt va noaniqlik sharoiti hal qiluvchi
ahamiyatga ega.
Shu bois quyidagi savollarga e’tibor bering: faoliyatimiz davomida vaqt va
noaniqlik sharoitini hisobga olayapmizmi? Ularning hisobga olinish yoki hisobga
olinmaslik darajalari qanday? Tegishli qarorlar, shu jumladan, moliyaviy qarorlar
qabul qilayotganimizda ham bu omillarga qay darajada e’tibor berayapmiz? E’tibor
berayapmizmi o‘zi? Yoki ...? Ular diqqat-markazimizda turibdimi? Yuqoridagi
holatlarda aynan shu omil-larning yetarli darajada hisobga olinmayotganligi
qanday natijalarga olib kelmoqda? Ularning oqibati nima bo‘lmoqda? Natijada
“barmoq tishlab”, o‘yga tolib qolmayapmizmi? Kech bo‘lganligini, “poyezd ketib
qolgan”ligini sezib, afsus-nadomat chekmayapmizmi? Ayrim hollarda “oyog‘i
kuygan tovuq”dek bezovta bo‘lmayapmizmi? Boshimizni har toshga
urmayapmizmi? Hech narsani o‘zgartira olmasa-da, o‘z-o‘zimizga “Qani endi ...?”
degan savolni qayta-qayta bermayapmizmi? Jumladan, ana shunday holatlarga
tushmaslik uchun ham (tushishni istamasligimiz – aniq) zamonaviy moliya
“sir”laridan ogoh bo‘lmoq lozim.
Bizni yuqoridagi vaziyatlardan qutqarishga ko‘mak beruvchi “Zamonaviy
moliya” (fani) quyidagi uch analitik “ustun” ustida vujudga keladi:
 vaqt omili (davrlar o‘rtasidagi muqobil variantlar tahlili)ni hisobga olgan
holda pul mablag‘laridan foydalanishni optimal-lashtirish
(oqilonalashtirish);
 aktivlar qiymatini baholash;
 portfel nazariyasini ham o‘z ichiga oluvchi riskiy boshqaruv.
Yuqorida qayd etilganlarni, o‘ziga xos tarzda, “Zamonaviy moliya”ning
mustahkam poydevori deb ham atash mumkin. Bu har bir asosiy element
(“ustun”)larning yadrosi qator tub (fundamental) qonunlar va prinsip-lardan
iboratdirki, ular yuqoridagilarning har birida qo‘llaniladi.



  1. Moliyani o‘rganishning obyektiv zarurligi

Zamonaviy moliya” (fani)ni o‘rganishga astoydil kirishmoqchimiz? Uning
Siz uchun naqadar zarur ekanligini his etishni istaysizmi? Unda, hech
bo‘lmaganda, quyidagi hayotiy misol va savollarga bir e’tibor bering:
• Siz pul to‘plash (jamg‘arish)ni boshladingiz va ularni bankda (gi hisob
varag‘ida) saqlamoqdasiz. O‘z mablag‘ingizni biror bir o‘zaro fond1ga
qo‘yishingiz (joylashtirishingiz) to‘g‘ri bo‘ladimi? Agar to‘g‘ri bo‘lsa, aynan qaysi
fondga qo‘yish (joylashtirish) kerak?
• Sizga avtomobil kerak bo‘lib qoldi. Uni sotib olish kerakmi yoki shunchaki
ijaraga olgan yaxshi (ma’qul)mi?.
• o‘quv yurtida o‘qib yurganingizda Siz mardikorlik (masalan, to‘yxona yoki
restoranlarda ofitsiantlik) qilib pul topgansiz va o‘qishni tugatgach restoran
ochishga ahd (qaror) qildingiz. Sizning shunday qilishingizga bu arziydimi?
Umuman, bu to‘g‘ri bo‘ladimi? Buning uchun qancha mablag‘ talab etiladi? Siz bu
mablag‘ni qayerdan olishingiz mumkin?
• O‘zbekistonda televizor ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyaning moliyaviy
direktori Sizdan maslahat so‘ramoqda. U firmasining faoliyat sohasini kengaytirish
arziydimi (maqsadga muvofiqmi) yoki yo‘qmi, shuningdek, telekommunikatsiya
sohasida biznes bilan shug‘ullanmoqchiligi borasida Sizning fikringizni bilmoqchi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi biznes tashkil etish uchun firma keyingi bir
necha yil ichida qariyb 300 mln. so‘m sarflashi, keyingi yillarda ko‘riladigan
iqtisodiy samara esa har yili olinadigan 100 mln. so‘mlik foydada mujassam. Siz
unga nima(lar)ni maslahat berasiz?
• Siz Jahon banki mutaxassislari guruhida ishlaysiz. Guruhning vazifasi
O‘zbekistonning qarz so‘rab qilgan murojaatini tahlil qilishdan iborat. Mablag‘ni
ulkan loyiha, ya’ni gidro yoki issiqlik elektrostansiya qurilishiga sarflash ko‘zda
tutilgan. Bunday vaziyatda Siz nimalarga asoslanib maslahat berasiz?
Bu savollarning haqqoniy yoki asoslangan javoblarini “Zamonaviy
moliya”ni o‘rganmasdan ham topaolaman, deb o‘ylamang.
“Zamonaviy moliya” (fani)2ni o‘rganish uchun eng kamida beshta o‘ta
muhim sabab bor.
 o‘z pul mablag‘laridan samarali foydalanish;
 biznes dunyosida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish;
 qiziqarli va daromadli karera qilish;
 mamlakat iqtisodiy siyosatiga ta’sir qiladigan ongli fuqarolik qarorlari qabul
qilish imkoniyatiga ega bo‘lish;
 dunyoqarashni kengaytirish uchun o‘rganiladi.

  1. Uy xo‘jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar

Odatda, tarkibi va hajmi (o‘lchami) turlicha bo‘lgan oilalar uy xo‘jaliklari
deb ataladi. Bunda qutbning bir tomonida (bir tarafida) bir necha avlod
vakillaridan tashkil topgan, bir uyda yashaydigan va ma’lum iqtisodiy resurslarga
birgalikda egalik qiladigan katta oilalar tursa, qutbning ikkinchi tomonida (qaramaqarshi tarafida) bir o‘zi yashaydigan va an’anaviy oila tushunchasiga mos
kelmaydigan yakka inson turadi. Ammo “Zamonaviy moliya”da bunday oila ham
uy xo‘jaligi hisoblanadi.
Amaliyotda uy xo‘jaliklari tomonidan, odatda, to‘rt xil moliyaviy qarorlar
qabul qilinishiga to‘g‘ri keladi. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

Download 199,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish