Zamonaviy moliya



Download 199,88 Kb.
bet13/29
Sana13.06.2022
Hajmi199,88 Kb.
#660801
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
Zamonaviy moliya

moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarsiz moliyaviy tizimni tasavvur etib
bo‘lmaydi. Ularsiz moliyaviy tizim “bo‘sh”ligicha qolaveradi. Moliyaviy oqimlar
bo‘lmasa, moliyaviy tizimga ham hojat yo‘q. Bunday vaziyatda u “bir tiyinga
qimmat” narsaga aylanadi-qoladi. Shu bois, 4.2-rasmda (navbatdagi betga qarang)
moliyaviy tizimning asosiy ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa (oqim)lar
ko‘rsatilgan. Ular moliyaviy oqimlar harakatini, eng umumiy tarzda, aks ettiradi.
Unga ko‘ra moliyaviy mablag‘lar moliyaviy tizim tuzilmalarining turli elementlari
orqali moliyaviy mablag‘lari ortiq bo‘lgan kompaniyalardan (chizmada chap
tomondagi to‘g‘ri to‘rtburchak) mablag‘ defitsiti kuzatilayotgan kompaniyalarga
oqib o‘tadi (chizmada o‘ng tomondagi to‘g‘ri to‘rtburchak). Masalan, a’zolari o‘z
joriy daromadlarining bir qismini undan kelajakda pensiya ta’minoti sifatida
foydalanish maqsadida to‘plagan (jamg‘argan) bir oila erkin moliyaviy
mablag‘larga egalik qiladi. Yangi uy sotib olmoqchi bo‘lgan boshqa oila esa,
shunday mablag‘ga muhtojlik (ehtiyoj) sezadi32.
Investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliya-viy resurslarda
ehtiyojlaridan daromadlari ko‘proq firmalarni ortiq mablag‘ga ega bo‘lgan
sub’ektlar deb ataydilar; kelgusidagi sarmoyalar uchun resursi yetishmaydigan
firmalar resurslari defitsit bo‘lgan sub’ektlar deb ataladi
Ko‘rinib turibdiki, ayrim moliyaviy oqimlar bir iqtisodiy sub’ektlardan
(ortiq mablag‘larga ega) boshqa (defitsit) sub’-ektlarga moliyaviy vositachilar
orqali yo‘naltirilgan, masalan, banklar orqali (chizmadagi moliyaviy oqimlar
harakatining pastki yo‘nalishi), bo‘ladi. Ayni paytda boshqa moliyaviy oqimlar
ushbu vositachilar xizma-tidan foydalanmagan holda ham, ya’ni moliyaviy
bozorlar orqali ko‘chib o‘tadilar (chizmadagi yuqori yo‘nalish).
Moliyaviy oqimlarning (flow of funds) yuqorigi yo‘nalish bo‘yicha joyini
o‘zgartirishi prinsipini yaxshiroq tushunish uchun quyidagicha faraz qilaylik:
qaysidir bir uy xo‘jaligi (erkin mablag‘ga ega bo‘lgan iqtisodiy sub’ekt) biror-bir
firma (defitsit iqtisodiy sub’ekt) chiqargan aksiya-larni sotib olmoqda. Alohida
hollarda, agar, masalan, firma dividendlarni reinvestitsiya qilish dasturiga ega
bo‘lgan, uy xo‘jaligi esa oldindan mazkur firma aksiyalariga ega bo‘lgan holda,
aksiyalarni sotib olish bevosita firmada amalga oshiriladi. Biroq, odatda moliyaviy
oqimlar harakatida uy xo‘jaligidan pulni oluvchi va uni aksiyalarning emitent33i
bo‘lgan firmaning hisobraqamiga o‘tkazuvchi dilerlar yoki brokerlar (qim-matli
qog‘ozlar savdosi bilan shug‘ullanuvchilar) qatnashadilar.
Moliyaviy tizimlar doira (chegara)sida ko‘chib yuruvchi (joylarini
o‘zgartiruvchi) oqimlarning ko‘p qismi umuman moliyaviy bozorlar orqali
o‘tmaydi va shunday qilib, 4.2-rasmda keltirilgan yuqorigi yo‘nalish izidan
bormaydi. Buning o‘rniga, chizmaning pastki qismida ko‘rsatil-ganidek, ular
moliyaviy vositachilarning yordami bilan bevosita erkin moliyaviy mablag‘larga
ega bo‘lgan iqtisodiy sub’ektlardan resurslar defitsitligini boshidan kechirayotgan
iqtisodiy sub’ektlarga o‘tadilar.

  1. Moliyaviy tizim yordamida resurslarning vaqt (zamon) va makonda aylanib yurishi

Turli mamlakatlar moliyaviy institut (muassasa)lari bir-biridan
farqlanishining bir qator sabablari mavjud. Ular qatoriga har xil o‘lchamlar,
texnologiyalarning murakkablik yoki oddiylik darajasi, shuning-dek, davlatlarning
siyosiy, madaniy va tarixiy rivojlanishidagi farqlar kiradi. Bundan tashqari,
moliyaviy institut (muassasa)lar vaqtning o‘tishi bilan bir holatdan boshqa holatga
o‘tib turadi. Ularning bajaradigan funksiyalari, muassasaning nomi o‘zgarmasdan
oldingiday qolishiga qara-masdan, juda kuchli o‘zgarishi mumkin. AQShdagi
zamonaviy banklar ushbu mamlakatda 1928 yoki 1958 yillarda bo‘lgan banklardan
katta farq qiladi va shuningdek, Germaniya yoki Buyuk Britaniyada banklar deb
nomlanadigan institutlardan ham juda ko‘p farqlanadi. Sho‘rolar davrida
O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan banklar bilan undagi hozirgi banklar o‘rtasida ham
juda katta farqlar mavjud. Mazkur bo‘limda biz turli mamlakatlarning moliyaviy
institut (muassasa)lari nimaga va qanday bir-biridan farq qilishini hamda vaqt
o‘tishi bilan o‘zgarishini Sizlarning yaxshiroq tushunishingizga imkon beradigan
ko‘p narsani o‘z ichiga olgan konseptual tuzilma (yondoshuv)ni ishlab chiqishga
harakat qilamiz.
Foydalanilayotgan yondoshuvning asosi shuki, mo‘ljal sifatida moliya-viy

Download 199,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish