Zamonaviy migratsiya nazariyalari mavzusida Toshkent-2021 y



Download 141 Kb.
bet6/6
Sana22.03.2022
Hajmi141 Kb.
#505848
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Demografiya

Mehnat migratsiyasi deganda, odatda mehnatga qobiliyatli aholining ishlab chiqarishni rivojlantirish va joylashtirishdagi o'zgarishlar bilan bog'liq makoniy ko'chib yurishi tushuniladi.
Halqaro Mehnat Tashkilotining tasnifi bo'yicha mehnat migratsiyasi quyidagi turlarga ajratiladi:
shartnoma asosida ishlovchilar. Bu holda migrantlarni qabul qiluvchi davlat tomonidan ularning mazkur mamlakatda bo'lish muddatlari aniq belgilab qo'yiladi. Migratsiyaning mazkur turi asosan ish kuchini mavsumiy (masalan, qishloq xo'jaligi, qurilish) ishlarga jalb qilish bilan bogiiqdir;
malakali kadrlar migratsiyasi. Migratsiyaning bu turiga yuqori malakali mutaxassislar yoki ishchilami imtiyozli tartibda (yuqori ish haqi, boshqa imtiyozlar hisobiga) ishga taklif qilinishi misol bo'la oladi;
noqonuniy migratsiya. Bu noqonuniy ravishda boshqa mamlakatlarda mehnat faoliyati bilan shug'ullanishdir;
qochoqlar. Migratsiyaning bu toifasiga hayoti xavf ostida qolishi oqibatida boshqa joylarga ko'chishga majbur bo'lganlar kiradi;
ko'chmanchilar. Ular doimiy yashash uchun boshqa joyga ko'chib borganlardir.
Mehnat migratsiyasi hudud, ish kuchi malakasi, davomiyligi bo'yicha hamda qonun jihatidan tasniflanadi.
Hudud bo'yicha ichki va tashqi mehnat migratsiyasi bir-biridan farqlanadi. Ichki mehnat migratsiyasi bir mamlakat miqyosida, mintaqalar, tuman va shaharlar o'rtasida bo'ladi. «Tashqi mehnat migratsiyasi» deyilganda ish kuchining bir davlatdan boshqa davlatga ko'chib o'tishi tushuniladi. U quyidagi xususiyatlarga ega:
• rivojlanayotgan mamlakatlardan rivojlangan mamlakatlarga mehnat migratsiyasi;

Mehnat migratsiyasi tasnifi.



• rivojlangan mamlakatlar o'rtasida mehnat migratsiyasi;


• rivojlanayotgan mamlakatlar o'rtasida m ehnat m igratsiyasi. Ish kuchlari malaka bo'yicha yuqori malakali hamda past malakali ish kuchlari migratsiyasiga bo'linadi. Mehnat migratsiyasi davomiyligiga qarab:
• doimiy yoki uzoq muddatga mo'ljallangan (boshqa mamlakatga doimiy ko'chib ketish yoki qishloq joylaridan shaharga doimiy yashashga ko'chib ketish);
• vaqtinchalik (masalan, shartnoma asosida boshqa mamlakatga muayyan davrga ishlash uchun borish);
• mavsumiy (masalan, qishloq xo'jaligi ishlariga jalb etish);
• tebranuvchan (ish kuchining bir hududdan ikkinchisiga, masalan qishloq joylaridan shaharlarga muntazam qatnab ishlashi).
Mehnat migratsiyasi qonuniy, ya’ni mamlakatda amal qilayotgan qonunchilik, xalqaro huquq me’yorlari, davlatlararo huquqiy bitimlar asosida hamda noqonuniy bo'lishi mumkin.
Bugungi globallashuv sharoitida mehnat migratsiyasi ommaviy tus olgan. Masalan, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati mamlakatlarida ekspertlar xulosalariga ko'ra, mehnat migrantlari ish bilan band bo'lgan aholining taxminan 4,0-5,0 foizini tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda noqonuniy, ya’ni ro'yxatga olinmasdan mehnat faoliyatini olib borayotgan migrantlar ham ko'pchilikni tashkil etadi.
O'zbekiston Respublikasida tashqi mehnat migratsiyasi bo'yicha faol davlat siyosati amalga oshirilib kelinmoqda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 noyabrdagi 505-son qaroriga muvofiq mamlakat fuqarolarining xorijiy davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish tamoyillari belgilab berilgan. Unga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakat qonun hujjatlariga muvofiq hukumatlararo, idoralararo shartnoma va bitimlar asosida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqish huquqiga ega. Xususiy mehnat shartnomalari bo'yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarda ishlash uchun faqat O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo'yicha chiqish mumkin.
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi mamlakatda ish kuchining tashqi migratsiyasini tartibga solish va boshqarish bo'yicha vakolatli davlat tuzilmasi hisoblanib, uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• mehnat migratsiyasi sohasidagi xalqaro hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
• O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda va xorij fuqarolarini O'zbekiston Respublikasida ishga joylashtirish uchun kvotalar ajratish va ruxsatnomalar berish masalalari bo'yicha xorijiy davlatlaming vakolatli organlari bilan hamkorlik qilish;
• O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini ro‘yobga chiqarishda ishga joylashtirish, xorijda ishga joylashtirishga nomzodlar bilan dastlabki ko‘nikuv tadbirlarini o'tkazish yo‘li bilan ularga ko'maklashish;
• O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijlardagi va xorijlik fuqarolarning O'zbekiston Respublikasidagi m ehnat faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
• fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish bo'yicha xo'jalik hisobidagi mintaqaviy byurolar, shuningdek, xorijga ketayotgan fuqarolarni oldindan ko'niktirish va o'qitish markazi faoliyatini muvofiqlashtirish;
• xorijiy ish kuchlarini yollovchi xorij firmalari (korxonalar, muassasalar, kompaniyalar) bilan hamkorlikni rivojlantirish;
• O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorij mamlakatlariga jo'natish uchun nomzodlami tanlab olish bo'yicha idoralararo komissiyaning qaroriga muvofiq ruxsatnomalar berish yoki mavjud ruxsatnomalarning amal qilish muddatini uzaytirish;
• yuridik shaxslarga xorijiy ish kuchlarini jalb etish uchun ruxsatnomalar berish yoki mavjud ruxsatnomalar amal qilish muddatini uzaytirish.
Shu bilan bir qatorda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo'yicha agentlik mamlakat fuqarolarining xorijda ishga joylashtirish uchun kvotalar ajratish masalalarini hal etadi. Bu to'g'risida tegishli mamlakatlar migratsiya xizmatlari bilan shartnoma va bitimlar tuzadi hamda ularning bajarilishini muvofiqlashtirib boradi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari takliflariga muvofiq tashqi m ehnat migratsiyasi jarayonlarini tahlil etadi, aholi mehnat migratsiyasini rivojlantirishning uzoq muddatli va o'rta muddatli prognozlarini hisobga olgan holda xorijiy fuqarolarga mamlakat hududida mehnat faoliyatiga tasdiqnomalar beradi. Shuningdek, agentlik Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza keyin ishga joylashtirilishini tashkil etadi. Shu bilan birga, u xorijiy mamlakatlarning mehnat bozorini o'rganadi, chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirishni xohlovchi fuqarolar to'g'risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi. Shunday qilib, fuqarolarning chet ellardagi mehnat faoliyatida ularning huquqiy, ijtimoiy, sog'liqni saqlash masalalari qonuniy ta’minlanishi O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan bir qatorda mintaqalardagi fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo'yicha xo'jalik hisobidagi byurolar zimmasidadir.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

  1. Demografiya: O'quv qo‘llanma «Mehnat iqtisodiyoti» magistratura mutaxassisligi talabalariga mo'Ijallangan. Q.X.Abdurahmonov, X.X.Abduramanov; O’zR Oliy va o'rta-maxsus ta’lim vazirligi. - Т.: Noshir, 2011. 296-b.

  2. Tojiyeva Z.N. O’zbekiston aholisi: o’sishi va joylanishi. Monopoliya Т.: Fan va texnologiya, 2010. 113 b.

  3. Введение в демографию. Учебное пособие. — М.: ТЕИ С , 2002. — с .344.

  4. www.stat.uz

Download 141 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish