Zamonaviy lug’atshunoslik (roman- german tillari asosida tuzilgan bir va ko’p tilli lug’atlar taxlili)


Frazeologik lug’atlar tipologiyasi



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/34
Sana27.02.2021
Hajmi0,56 Mb.
#60087
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34
Bog'liq
zamonaviy lugatshunoslik taxlili roman - german tillari asosida tuzilgan bir va kop tilli lugatlar tahlili asosida

Frazeologik lug’atlar tipologiyasi. 

Leksik  lug’atlarning  umumtipologiyasidan  kelib  chiqqan  holda  frazeologik  lug’atlar 

tipologiyasida quyidagi faktorlarni ehtiborda tutish lozim

2

: 



1. 

Lug’atning  sosiolingvistik  xamda  psixolingvistik  parametrlari:  lug’atning  ko’zda  tutgan 

maqsadi, 

o’quvchilarning 

qanday 

kategoriyasiga 

mo’ljallanganligi, 

ularning 

sotsiopsixologik xususiyatlari qay darajada xisobga olinganligi. 

                                                 

1

  Фразеографиянинг  босқичларини  тўла  таҳлили  билан  М.Э.Умархўжаевнинг  “Основы  фрозографии” 



монографияси. Т., 1983, 41-62-бетларда танишиш мумкин.  

2

 П.Н.Денисов. Типлогия учебных словарей. В.к.н.: Проблемы учебной лекцикографии. М., 1977 с 42.  




 

- 34 - 


2. 

Lug’ataing lingvistik parametrlari: unda frazeologik sistemaning qay darajada aks etganligi 

(aspekt, kompleks yoki universal lug’at). 

3. 


Lug’atning  semiotik  parametrlari:  frazaning,  lug’at  maqolasining  strukturasi  (definitsiya, 

sinonimlar, antonimlar, illyustratsiyalar, lug’atning ma’lumot berish parametrlari). 

Frazeologik  lug’at  tiplari  yuqorida  ko’rsatilgan  koordinatlar  hamda  sistem  aloqalarning 

o’zaro bog’liqligi asosida quyidagi parametrlar bilan belgilanadi: 

a) lug’atning maqsadi, ya’ni kim uchun tuzilganligi 

b) qamrab olingan material xajmi 

v) kiritilgan materialning xarakteri 

g) qamrab olingan tillar soni 

d)  materialning joylashuvi, ya’ni kimga qaratilganligi 

1. Tuzilish maqsadiga ko’ra lug’atlar quyidagicha ajratiladi: 

a) ona tilida gapiruvchi barcha uchun mo’ljallangan umumiy lug’atlar 

b) chet tilida gapiruvchilar uchun tuzilgan umumiy lug’atlar 

v) maxsus lug’atlar — ona tili o’rganuvchi talabalar uchun, chet tili o’rganuvchi talabalar 

uchun tuzilgan o’quv lug’atlari 

2. Lug’atda qamrab olingan material xajmi bo’yicha: 

a) 100 birikmadan tortib 1000 tagacha birikmalar kiritilgan kichik xajmli lug’atlar 

b) 1000 dan 5000 gacha. birikmalar kiritilgan lug’atlar 

v) 5000 dan 35000 gacha birikmalar kiritilgan lug’atlar 

3. Lug’atga kiritilgan frazeologik materialning xarakteriga ko’ra: 

a) differentsiatsiyalangan turli turg’un birikmalar kiritilgan frazeologik lug’atlar 

b) V.V.Vinogradov klassifikatsiyasi bo’yicha barcha frazeologizmlar kiritilgan lug’atlar 

v) faqat so’z birikmasi strukturasiga ega bo’lgan frazeologizmlar kiritilgan lug’atlar 

g) maqol va matallar to’plamlari 

d) hikmatli so’zlar lug’atlari 

4. Qamrab olingan tillar soniga ko’ra: 

a) bir tilli frazeologik lug’atlar 

b) ikki tilli frazeologik lug’atlar 

v) ko’p tilli frazeologik lug’atlar 

5. Frazeologik materialning joylashuvi, ya’ni kimga qaratilganligiga ko’ra: 

a) alfavit tartibida tuzilgan frazeologik lug’atlar 

b) ideografik (tematik) tartibda tuzilgan frazeologik lug’atlar 

Alfavit  tartibida  lug’at  maqolalari  iboraning  birinchi  komponenti  asosida,  asos  so’z 

bo’yicha, asos so’z konstant elementa bo’yicha joylashtiriladi. 



 

- 35 - 


Ideografik  frazeologik  lug’atlar  tuzish  bo’yicha  hozircha  tajribalarimiz  juda  kam.  Bu 

borada  ilmiy ish  olib  borayotgan Dmitriy Dobrovolg’skiyning  "Kognitive Aspekte der  Idiom  - 

Semantik.  Studien  zum  Thesaurus  deutscher  Idiome"  (Tubingen,  1995)  monografiyasini  tilga 

olib o’tish lozim. 

Yuqoridagi tasniflardan tashqari frazeologiyaning turli aspektlari asosida tuzilgan lug’atlar 

xam mavjud — frazeologik: sinonimlar, antonimlar, dialektizmlar va boshqa aspektlar bo’yicha 

tuzilgan lug’atlar chop etilgan. 

Xullas,  frazeologik  lug’at  tuzish  jarayonida  tuzuvchilar  bir  qator  masalalarni  hal  etishlari 

zarur. Izohli frazeologik lug’at tuzishda eng jiddiy va nozik masalalardan biri izoh berish turlari 

bo’lsa,  ikki  tilli  lug’at  tuzishda  tarjima  qilish  masalasi  birinchi  o’rinda  turadigan  muammodir. 

Bu  ikki  masala  til  o’rganishda  katta  ahamiyatga  ega  ekanligini  xisobga  olib,  quyida  bu  haqda 

alohida to’xtalib o’tish lozim topildi. 

Leksikografiya  hamda  frazeografiya  an’analaridan  kelib  chiqqan  holda  lug’atlarda 

quyidagi definitsiya turlaridan foydalaniladi: 

a)  analitik definitsiya (izoh), ya’ni berilgan frazeologik ma’noni izohlab ochib berish 

b) sinonimik leksemalar vositasidagi definitsiya (izoh) 

v) kombinatsiyalashgan tarjima vositasida definitsiya (izoh) 

g) sharxlash orkali definitsiya (izoh) 

Analitik  definitsiya  imkon  darajasida  qisqa,  lo’nda  qilib  frazeologizmning  asosiy 

xususiyatlarini ochib berishi kerak. Masalan, sich die Finger verbrennen = 1. schaden erleiden 

2. scharf kritisiert, abgelehnt werden 

mit einem Affen nach Hause kommen = 1. betrunken nach Hause 

kommen 

dami  ichida  qolmoq  =  biror  so’z  ayta  olmay  qolmoq;  ter  to’kmoq  =  mashaqqatli  jismoniy 

mehnat qilmoq va b. 

Bir  so’z  yordamida  izoh  berish.  Ba’zi  frazeologizmlarning  ma’nolari  tilda  mavjud  bo’lgan 

sinonim so’zlar yordamida ham izohlanishi mumkin.  Lekin ta’kidlash lozimki, alohida olingan 

ma’noni so’z frazeologik ma’noni to’la izoxlashi mushkul. Shunga qaramasdan iboraning asosiy 

ma’nosini ochishda ba’zan ushbu usuldan ham foydalanish mumkin. Masalan,  

Die Augen schlieBen — sterben  

In den Hafen der Ehe einlanden — heiraten  

Kein Aas — niemand  

Blaue Junge — junger Matrose  

qo’ling o’rgilsin - ajoyib  

bir yostiqqa bosh qo’ymok - uylanmoq  



 

- 36 - 


yaxshi ko’rmoq-sevmoq  


Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish