Magnitli axborot tashuvchilar
Hozirgi vaqtda 360 Kbaytli (ko’proq DSG’DD) va keyingi paytlarda esa, 1,2 M baytli (DSG’HD) disketlardan ko’proq foydalaniladi .
Yumshoq disklar axborotlarni qurilmalararo almashinuvida, ularni saqlashda, fayl va xatoliklarni arxivlashtirishda foydalaniladi. Uning yumshoq disk deyilishiga sabab, sintetik yumshoq asosning ikki tomoniga magnit oksidi surtilgan.
Yumshoq disketlar bir tomonli hamda ikki tomonli bo’ladilar. Ularning bir-biridan farqi test imkoniyatiga qarab ajratiladi, yani ikki tomonli disketlarda ikki tomon testlash imkoniga ega.
Yuqori zichlikdagi disketlarda magnit elementlarini razmeri o’zgacha bo’lgani uchun ko’proq axborotni saqlash imkonini beradi.
5,25 dyumli disketga 360Kbt axborotni joylash mumkin. Keyingi paytlarda SONY firmasi tomonidan taklif etilgan 3,5 dyumli disketlar ishlatilmoqda. Bunday disketlarda yozilib qolishdan saqlanish uchun "ximoya" vazifasida plastik surgich ishlatilgan. Disket ikki chetidagi teshikchalar ochiq bo’lish holatida diskga yozilib qolishdan saqlanadi. 3,5 dyumli disketalarga 1,44 Mgb xajmdagi axborot saqlanadi. Ularda 1 dyumda 135 tagacha magnit yullari mavjud bo’lib, amalda ulardan 80 tasi ishlatiladi.
Har bir diskda 9 sektor bo’lib, bu sektorning har bir magnit yulida 512 bayt hajmdan iborat axborot saqlanadi.
Disketni asrashdagi bazi bir maslahatlar. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, magnitlanish barcha turdagi disketalar uchun xavflidir. Shuning uchun ularni magnitli maydon ta’siriga tushishidan saqlamoq kerak, chunki uning ta’sirida disketalardagi axborotlar o’chishi yoki saqlanish holatini buzilishi mumkin. Magnit maydonlari tarqatuvchilarga telefon apparatlari, magnitlanuvchi metallar, radio-televideniya apparaturalari va boshqalar kiradi.
Bulardan tashqari disketalarni mexanik shikastlanishdan, chang orqali ifloslanishdan va yuqori temperaturadan asralishi lozim. Disket konvertlariga sharikli ruchka yordamida yozish xam undagi axborotlarni normal holda saqlanishini buzilishiga olib keladi.
Ko’pincha kompyuter disk yurituvchisida disketlarni qoldirgan holda elektr manbaini o’chirilishi disketlarni tezroq ishdan chiqishiga olib keladi.
Adabiyotlar:
1.I.Karimov. «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda». Тoshkent «O’zbekiston» 1999 yil.
2.I.Karimov. «Milliy istiqlol mafkurasi» Тoshkent «O’zbekiston» 2000 yil
3.«Тa’lim taraqqiyoti» 4-maxsus soni. Тoshkent «Sharq»-1999 yil
4.A.Sattorov «Informatika va axborot texnologiyalari» Тoshkent –2002y.
5.N.Тayloqov «Informatika va xisoblash texnikasi asoslari» Тoshkent 2002.
6.www.Ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |