Тugmachalar majmuasi
Kompyuterga foydalanuvchi tomonidan axborotlarni kiritish tugmalar majmuasi orqali amalga oshiriladi. IBM PCG’XT da maxsus vazifalarni amalga oshiruvchi tugmachalar (klavish) 10 dona, ular tugmachalar majmuasining yuqori qismida joylashgan bulib, [F1-F10] belan belgilanadi.
Bulardan tashqari tugmachalar quyidagi vazifalarni bajaradi:
-rus shriftidan lotin shriftga o’tish uchun va aksincha, ikkita Shift tugmachalari bir vaqtda bosiladi (agar kompyuter xotirasiga Rk.com fayli yuklangan bo’lsa);
-katta xarflarini kiritishda ish tartibini barkarorlashtirish uchun [Caps Lock] tugmachasi bosiladi;
- satrdagi ma’lumotni kiritish tugallanganligini bayon uchun [Enter] yoki [Return] tugmachasi bosiladi;
-kursorda turgan simvolni yuqotish uchun [Del] tugmachasi bosiladi;
-bir simvolni o’rniga ikkinchisini o’rnatish uchun [Ins] tugmachasi bosiladi;
-kursordan chap tomonda turgan belgini yo’qotish uchun [Backspace] tugmachasi bosiladi;
-kursorni boshqarish uchun - [], [], [], [],[Home],[End], [PgDp], [PgDn] tugmachalari bosiladi;
-raqamlarni qulayroq kiritish uchun [Numlock] tugmachasi bosiladi;
-kompyuterda bajarilayotgan biror harakatdan voz kechish uchun [Esc] tugmachasi bosiladi; Ba’zi bir tugmachalar vazifalarini o’zgartirish uchun [Ctrl],xamda [Alt] tugmachalari ishlatiladi.
Biz yuqorida IBM PC kompyuterining qurilmalari hamda bu qurilmalarni foydalanuvchi tomonidan boshqarish uchun DOS amallar tizimi to’g’risida to’xtalib o’tdik. Bulardan tashqari kompyuterda yangi ishlayotganlar uchun quyidagi amallarni bajarishni o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Bosh xarflarni ekranga chiqarish uchun tugmachalar majmuasidan biror tugmacha bilan [Shift] tugmasi birga bosilib bajariladi. Misol uchun bosma "d" xarfini kiritishda, "D" va [Shift] tugmachalar birgalikda bosiladi, shundan keyin "d" xarfi kompyuterga kiradi, ya’ni ko’zguda paydo bo’ladi.
[Caps Lock] tugmachasi bosib quyilsa, barcha alfavitdagi xarflar katta xarflar ko’rinishida ko’zguda paydo bo’ladi.
Foydalanuvchi dasturni yoki buyruqni bajarishni to’xtatishi lozim bo’lsa, [Ctrl-Break] tugmachalari bir vaqtda bosiladi.
Maxsus tugmachalar borki, ularning bir yoki ikkitasini bir vaqtda bosish natijasida ayrim amallar bajariladi:
-bir vaqtda [Ctrl], [Alt] va [Del] tugmachalari bosilishi, DOS amallar tizimini qayta yuklash imkoniyatini beradi;
-ko’zgu oynasidagi belgilar nusxasini chop etish qurilmasida chop etish uchun [Shift-Prtscr] tugmachalari bosiladi;
-ko’zguga chiqarilayotgan axborotlarni chop etish qurilmasida nusxalashtirishni ulash yoki uzish uchun [Ctrl-Prtscr] tugmachalar bosiladi;
-bajariladigan dasturni to’xtatish uchun [Ctrl-Pause] tugmachalar bosiladi, dasturni davom ettirish uchun esa tugmachalar majmuasidan ixtiyoriy tugmacha bosiladi. DOS buyruqlari va dasturlari uchun yuqoridagi vazifalarni [Ctrl-S] tugmachalar bosish evaziga bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |