qonunlar ustivorligi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish
va uning rivojlanishini ta’minlash uchun muayyan tartibda qonunlarni
ishlab chiqarish, ularga amal qilish lozim. Dunyodagi barcha rivojlangan
mamlakatlarda bozor iqtisodiyotiga asoslangan xo’jalik yuritish tegishli
xuquqiy normalar va qoidalar asosida amalga oshiriladi. Bozor
iqtisodiyotining rejali iqtisodiyotdan asosiy farqlaridan biri shunda.
Bozor iqtisodiyoti muayyan qonun qoidalar doirasida amal qiladi. Shu
bois xo’jalik yurutuvchi sub’ektlarning hatti-harakatini tartibga solib
turuvchi qonunlarning sifatli, barqaror bo’lishi, ularni amalga
oshirishning puxta mexanizimining mavjudligi – “iqtisodiy islohotlar
yo’lidan muvofaqqiyatli olg’a borishning zarur shartidir”
7
.
Demak, iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan amalga oshirish
9
И. Каримов. Ўзбекистон буюк келажак сари. Т.; “Ўзбекистон”. 1999,103бет
107
qonunlarining ustivorligiga suyanadi, ya’ni qonun oldida hamma
barobar, barcha iqtisodiy munosabatlar qonun bilan tartibga solinib
turiladi. “Qonun ustivorligini ta’minlash, -deb yozadi I. Karimov, –
shaxs, oila, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini
kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish,
fuqorolarni qonunga bo’ysinish va hurmat ruhida tarbiyalash – bu
rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinnakkam demokratik,
huquqiy davlat va erkin fuqorolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi,
balki uning vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi ”10.
To’rtinchi tamoyil – kuchli ijtimoiy siyosat. Bozor munosabatlarini
shakllantirib borish bilan birga aholini ijtimoiy ximoyalash yuzasidan
oldindan ta’sirchan choralar ko’rilishi lozim. Bunday chora-tadbirlar
bozor munosabatlarini shakllantirib va rivojlantirib borish uchun kafolat
bo’lib xizmat qiladi. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida uning
sub’ektlarining faol faoliyat yuritishi hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Shuning uchun ham bozor tomon harakat qilgan sari ijtimoiy siyosatning
ustivor jihatlari, aholini ijtimoiy himoya qilish choralari o’zgarib,
takomillashtirib boriladi. “Islohotlarining turliy bosqichlariga ijtimoiy
siyosatning o’ziga hos qoidalari mos keladi”11.
Bozor munosabatlarini vujudga keltirishning dstlabki bosqichida
umumiy ish haqini oshirish(pulning qadrsizlanishiga qarab) aholini eng
kam daromadli tabaqalariga amaliy yordam ko’rsatish, hayotiy zarur
oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish darajasi pasayishiga yo’l
qo’ymaslik, ishsizlikning keskin ko’payib ketishining oldini olish,
vaqtincha ish bilan ta’minlanmagan kishilarga ijtimoiy yordam berish va
boshqa ijtimoiy himoya choralari ko’riladi va amalga oshiriladi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish keyinchalik takomillashtirilib, o’zgarib
borayotgan sharoitga moslashtirib olib borildi. Endi ijtimoiy himoya
chora – tadbirlari butun aholiga emas, balki adresli tarzda, faqat shunday
himoyaga muxtoj bo’lganlarga nisbatan qo’llaniladi. Ijtimoiy himoya
tizimi “bir tekschilik va tayyorga ayyorlik kayfiyatlarini tugatishga
qaratilgan bo’lishi kerak”. Bunda mehnatga layoqatli kishilarning
pisixologiyasini o’zgartirish zarur. Ular ijtimoiy himoyalanishning
passiv ob’ektidan o’z taqdirining faol egalariga, o’zlarining ijtimoiy
farovonligi uchun mas’ul bo’lgan shaxslarga aylanishi lozim.
Mamlakatda aholini ijtimoiy himoya qilishning barcha yo’nalishlari,
10
И. Каримов. Ўзбекистон овози. 2001-йил, 30-август.
6
И. Каримов. Ўзбекистон буюк келажак сари. Т.; “Ўзбекистон” 1999, 131 бет
108
shu jumladan, bandlikni taminlash bo’yicha kerakli choralar samarali
qo’llanib kelinmoqda. I.Karimov takidlab o’tganlaridek, “Samarali
ijtimoiy siyosatni iqtisodiyotni barqarorlashtirish, tarkibiy o’zgarishlar,
bozor munosabatlarini bosqichma – bosqich joriy etish chora-tadbirlari
bilan uyg’unlashtirib amalga oshirib borgan taqdirdagina ijtimoiy
sohaga yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etish mumkin ”12.
Beshinchi tamoil – bozor iqtisodiyotiga bosqichmabosqich o’tish.
Bir markazdan boshqariladigan rejali iqtisodiyot bilan bozor iqtisodiyoti
bir – biri bilan chiqisha olmaydigan, bir – biriga qarama – qarshi
iqtisodiyot hisoblanadi. Rejali iqtisodiyot zaminida bozor iqtisodiyoti
kelib chiqmaydi. Shu bois markazlashtirilgan xo’jalik yuritish usulidan
“bozor iqtisodiyotiga o’tish – bu mavjud xo’jalik yuritish usulini
yangilash yokitakomillashtirish emas, balki tamoman yangicha xo’jalik
yuritishtizimini joriy etishdir. Bu bir sifat holatidan ikkinchisiga
o’tishdir”
13
.
Demak, bozor iqtisodiyotiga o’tish iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy,
ma’naviy va barcha boshqa saholarda tubdan yangi sifat o’zgarishlarni
keltirib chiqarishni taqozo etadi. Shu bilan birga kishilarning tafakkurini,
odat tusiga aylangan qoidalarni o’zgartirish, ularda bozor ko’nikmalarini
hosil qilish, yangi sharoitda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash zarur.
Bunday qiyin, murakkab vazifalarni bajarish muayyan vaqtni talab etadi.
Bular bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich, evalyutsion yo’li bilan
o’tish to’g’risidagi Prezident I.Karimov g’oyalarining naqadar to’g’ri
ekanligini ko’rsatadi.
Xulosa qilib shuni ta’kitlab o’tish kerakki, mashhur besh tamoyil
ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti tomon yildan-yilga ilgarilab
borgan sari o’zini amalda oqlab, naqadar to’g’ri va puxta ekanini
isbotlabgina qolmay, balki hozirgi kunda “dunyoda avj olib borayotgan
moliyaviy va iqtisodiy inqiroz sharoitida o’zining dolzarbligi va
hayotiligini yana bir bor ko’rsatmoqda”
14
.
6
И. Каримов. Ўзбекистон буюк келажак сари. Т.; “Ўзбекистон” 1999, 141 бет
6
И. Каримов. Ўзбекистон буюк келажак сари. Т.; “Ўзбекистон” 1999, 119 бет
13
И. Каримов Ўзбекистон буюк келажак сари. Т.: “Ўзбекистон”, 1999, 119бет
14
И. Каримов. Жахон молиявий – иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг
йўллари ва чоралари. Т.: “Ўзбекистон”, 2009, 13 бет
109
Do'stlaringiz bilan baham: |